Xazratkulov Maxsud Alikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Aralash tarkibli pishitilgan iplar asosida resurstejamkor kostyumbop matolar loyihalash”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № -
Ilmiy rahbar: Atanafasov Muhiddin , texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.20.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent. Abdullaev Ulug‘bek To‘lanboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: aralash tarkibli pishitilgan iplar asosida resurstejamkor kostyumbop matolar loyihalash va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trikotaj uchun mo‘ljallangan iplarni pishitish asosida kostyumbop mato sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan arqoq ipi paxta/polester tarkibli kamharajat sarja o‘rilishli to‘qima tarkibi ishlab chiqilgan;
trikotaj uchun mo‘ljallangan yakka iplarni pishitish miqdorini 300 br/m dan 500 br/m gacha berish orqali ipning uzish kuchi bo‘yicha notekisligi kamaytirilgan va buram berishning optimal varianti qo‘shib-pishitish asosida ishlab chiqilgan;
muayyan mustahkamlik asosida kostyumbop to‘qima loyihalangan va tanda, arqoq bo‘yicha uzish kuchini ifodalovchi empirik matematik tenglama iplardagi buramlar soniga bog‘liqligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
loyihalangan kostyumbop to‘qimaning fizik-mexanik xossalarini ifodalovchi regression tenglamalar ipning pishitilganligi, tanda ipining tarangligi va o‘rta holatga bog‘liqligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tarkibli tolalardan kostyumbop mato olish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan turli tarkibli tolalardan kostyumbop mato ishlab chiqarish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Jizzax industrial to‘qima” MChJ (Jizzax shahri) korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 22 dekabrdagi 02/06-2943-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida olingan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 2,6% dan 4,1% gacha, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 28,7% dan 38,8% gacha, ishqalanishga chidamliligi 26,7% dan 36,7% gacha, g‘ijimlanmasligi esa 2,8% dan 27,4% gacha oshirishga erishilgan;
taklif etilayotgan kostyumbop matoga mo‘ljallangan 20,0x2 teksli ip ishlab chiqarish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Sagdiana Teks Prom Invest” (Buxoro shahri) korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 22 dekabrdagi 02/06-2943-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida olingan iplarning sifat ko‘rsatkichlari 400 br/m berib pishitilgan iplarning ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo‘lsak, iplarni 500 va 600 br/m pishitib olingan iplarning notekisligi, variatsiya koeffisienti, tukdorligi va tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 3,1% dan 48,1% gacha oshirishga erishilgan.