Muxamedov G‘ayrat Aminovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida cho‘l ekotizimini saqlab qolishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish (qizilqum misolida)”, 11.00.05 –Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6305.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Botir Dadajonovich, gidrogeologiya minerologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/2025.27.12.T.01.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Juliev Muhiddin Komilovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Ungalov Akmal Navruzovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida cho‘l ekotizimlari holatini integral baholash hamda ularni saqlab qolish va cho‘llanish jarayonlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy asoslarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilqum cho‘lining ekotizimlari misolida er, suv va biologik resurslarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini texnogen va iqlim omillari bilan integral holda baholash imkonini beruvchi integral resurs kinetikasi modeli takomillashtirilgan;
cho‘llanish jarayonining geografik, iqlim ko‘rsatgichlari, tabiiy holatini inobatga olgan holda Qizilqum ekotizimlarining asosiy tasnifi ishlab chiqilgan;
Qizilqum hududida suv resurslardan samarali foydalanishda yog‘in suvlarini yig‘ib chorvachilik va tabiiy ekotizimni saqlab qolishda konstruktiv texnologiya takomillashtirilgan;
cho‘llanishning oldini olishda Qizilqum cho‘lining tabiiy geografik holati, tog‘-kon sanoatini ta’sirini inobatga olgan holda ko‘kalamzorlashtirish texnologiyasi ilmiy asoslangan va konseptual sxemasi takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida cho‘l ekotizimini saqlab qolishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qizilqum ekotizimlarining asosiy tasnifi va cho‘llanishning oldini olishga qaratilgan ekologizatsiyalashtirish texnologiyasining konseptual sxemasi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurash agentligiga joriy etilgan (Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 03-03/1-03/3-1364-son ma’lumotnomasi). Natijada strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hududning meliorativ holati va ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadida mintaqalararo va tarmoqlararo tashqi ta’sirlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
cho‘llarning ekotizimlari misolida er, suv va biologik resurslarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini texnogen va iqlim omillari bilan integral holda baholash imkonini beruvchi integral resurs kinetikasi modeli takomillashtirilib, Qizilqum cho‘lida joriy etilgan. (Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 03-03/1-03/3-1364-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l hududidagi resurslarni samarali boshqarish da cho‘llanish xavfini bashorat qilish, resurs kritik nuqtaga yaqinlashayotganini aniqlash, sohada investisiya yoki chora kerakligini belgilash, hududni barqaror boshqarish ssenariylarini solishtirish imkoniyati yaratilgan;
Qizilqum hududida suv resurslardan samarali foydalanishda yog‘in suvlarini yig‘ib chorvachilik va tabiiy ekotizimni saqlab qolishda konstruktiv texnologiya ishlab chiqilgan va joriy etilgan. (Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 03-03/1-03/3-1364-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l hududida yog‘ingarchilik miqdorini hisobga olish orqali cho‘ldagi ekotizimni yaxshilash va chorvachilikni rivojlantirish texnologiyalari yaratilgan.