Radjabova Gulirux Muxamadrizovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumӣ ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «RITX2 geni rs6817105 polimorfizmining arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyasiyasini rivojlanishiga ta’siri», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3317.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Guzal Jaloliddinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan
kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna,professor, tibbiyot fanlari doktori; Rasulova Zulfiya Dadaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi:
o‘zbek populyasiyasidagi AG li bemorlarda yurak-qon tomir remodellanishi jarayonlari va buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini baholash, shuningdek, ularda PITX2 geni rs6817105 polimorfizmining BF rivojlanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat..
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
chap bo‘lmacha hajmi indeksining ortishi, siydik kislotasi, kreatinin, mikroal`buminuriya darajalarining ko‘tarilishi va kalava fil`tratsiyasi tezligining pasayishi AG li bemorlarda BF rivojlanishi va taraqqiy etishining klinik prediktorlari aniklangan;
AG li erkak bemorlar uchun BF surunkalashuvining ehtimol qilingan prediktorlari bo‘lib ko‘proq darajada yurakdagi morfofunksional o‘zgarishlar, AG li ayol bemorlarda esa tuzilmali qon tomir o‘zgarishlarining ifodalanganligi aniklangan;
o‘zbek populyasiyasida AG li bemorlarda PITX2 geni rs6817105 polimorf markeri S alleli va SS genotipining BF rivojlanishi xavfi bilan shartlanishi, shuningdek chap bo‘lmacha hajmi indeksining ortishi PITX2 geni rs6817105 polimorf markeri S alleli tashilishi bilan yuqori darajadagi ishonchlilikda shartlanishi qayd qilingan, va PITX2 geni rs6817105 polimorf markerining chap bo‘lmacha fibrozi jarayonidagi muhim roli aniklangan ;
BF ning doimiy shakli bo‘lgan AG li bemorlarda 6 oylik kombinatsiyali terapiya fonida spironolaktonga nisbatan eplerenon kiritilgan terapiya rejimining ancha ustunligi bilan yaxshi antigipertenziv va antiremodellovchi samaradorligi aniklangan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiqi bo‘yicha №29/25 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: chap bo‘lmacha hajmi indeksining ortishi, siydik kislotasi, kreatinin, mikroal`buminuriya darajalarining ko‘tarilishi va kalava fil`tratsiyasi tezligining pasayishi AG li bemorlarda BF rivojlanishi va taraqqiy etishining klinik prediktorlari aniklangan bo‘lib olingan natijalar spironolakton va eplerenon kiritilgan kombinatsiyali antigipertenziv terapiyaning qiyosiy samaradorligini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bor arterial gipertenziyali bemorlarda mineral kortikoid reseptorlar antagonistlarini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/25-sonli xulosasi) hamda ushbu tavsiyanoma 2025 yil 24 oktyabrdagi 135-sonli buyruq bilan RIKIATM ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga, 2025 yil 30 oktyabrdagi 01/502-sonli buyruq bilan RIKIATM ning Jizzax filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: AG li bemorlarda diagnoz qo‘yish sifati yaxshilanishi, BF rivojlanishi xavf omillarini erta aniqlash va o‘z vaqtida korreksiya qilish orqali asoratlarning, jumladan BF profilaktikasining samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, gospitalizatsiya, nogironlik va o‘lim darajalarini kamaytirish imkoniyatini berishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: BF rivojlanishiga xos prediktorlarni – chap bo‘lmacha hajmi indeksi, buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlari, siydik kislotasi, kreatinin va mikroal`buminuriya darajalarini aniqlashga qaratilgan maqsadli tekshiruvlar yordamida ortiqcha diagnostika xarajatlarini qisqartirish, shuningdek ushbu ko‘rsatkichlarni korreksiya qilish orqali yurak-qon tomir asoratlari (infarkt, insul`t) rivojlanishini kamaytirib, qimmat davolash va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlarini sezilarli darajada tejash imkonini berishi bilan belgilanadi; masalan, chap bo‘lmacha hajmi indeksi ortgan va buyrak funksiyasi yomonlashgan BF bor AG li bemorni to‘liq yuritish qiymati taxminan 5500000 so‘mni tashkil etsa, asoratlar rivojlangan taqdirda bitta bemorni davolash qiymati o‘rtacha 12500000 so‘mni tashkil qilishi, shu bois profilaktika orqali kamida 7000000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: AG li erkak bemorlar uchun BF surunkalashuvining ehtimol qilingan prediktorlari bo‘lib ko‘proq darajada yurakdagi morfofunksional o‘zgarishlar, AG li ayol bemorlarda esa tuzilmali qon tomir o‘zgarishlarining ifodalanganligi aniklangan bo‘lib olingan natijalar spironolakton va eplerenon kiritilgan kombinatsiyali antigipertenziv terapiyaning qiyosiy samaradorligini o‘rganish natijalaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bor arterial gipertenziyali bemorlarda mineralkortikoid reseptorlari antagonistlarini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/25-sonli xulosasi) hamda mazkur tavsiyanoma RIKIATM ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga 2025 yil 24 oktyabrdagi 135-son buyruq asosida, Jizzax filialiga esa 2025 yil 30 oktyabrdagi 01/502-son buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi:nishon a’zolarni himoya qilishga, kardiovaskulyar xavfni korreksiyalashga, gipolipidemik va antitrombotik terapiyani o‘z vaqtida qo‘llashga qaratilgan kompleks yondashuv BF ning paroksizmal shaklidan doimiy shakliga o‘tishini oldini olish, yurak va qon tomirlar patologik remodellanishi xavfini kamaytirish orqali AG li bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni qisqartirish, nogironlik va mehnat qobiliyatining yo‘qolishini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: BF bor AG li bemorlarni diagnostika qilish va davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, qimmat va uzoq reabilitatsiyani talab etuvchi yurak-qon tomir asoratlari, ayniqsa insul`t rivojlanishining kamayishi, shuningdek to‘g‘ri tanlangan antigipertenziv terapiya fonidagi kardio va vazoproteksiya orqali uzoq muddat davolash va gospitalizatsiya xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishda namoyon bo‘ladi; masalan, AG li bemorni bir yil davomida yuritish qiymati taxminan 5500000 so‘mni tashkil etsa, insul`t rivojlangan bemorni davolash qiymati o‘rtacha 12500000 so‘mga teng bo‘lishi, erta diagnostika va terapiya korreksiyasi insul`t xavfini 45% ga kamaytirishi, shu bilan kamida 7000000 so‘mlik davlat mablag‘ini tejash imkoni paydo bo‘lishi bu yo‘nalishda amaliy samaradorlikning yuqoriligini ko‘rsatadi; shuningdek, insul`t, infarkt kabi og‘ir asoratlarning oldini olish orqali yurak-qon tomir kasalliklari yukining pasayishi mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga sezilarli iqtisodiy engillik yaratish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek millatiga mansub populyasiyada AG li bemorlarda PITX2 geni rs6817105 polimorf markeri S alleli va SS genotipining BF rivojlanishi xavfi bilan shartlanishi, shuningdek chap bo‘lmacha indeksining ortishi PITX2 geni rs6817105 polimorf markeri S alleli tashilishi bilan yuqori darajadagi ishonchlilikda shartlanishi qayd qilingan, va PITX2 geni rs6817105 polimorf markerining chap bo‘lmacha fibrozi jarayonidagi muhim roli aniklangan bo‘lib olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bor arterial gipertenziyali bemorlarda mineralkortikoid reseptorlar antagonistlarini qo‘llash” uslubiy tavsiyanomasining (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/25-sonli xulosasi) amaliyotga joriy qilinishi va undagi tavsiyalarning RIKIATM Qoraqalpog‘iston hamda Jizzax filiallari faoliyatiga 2025 yilgi buyruqlar asosida tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: AG li barcha bemorlarda, ayniqsa oilaviy anamnezida BF mavjud bo‘lgan shaxslarda PITX2 geni rs6817105 polimorfizmiga genotiplash o‘tkazish orqali individual taktikani belgilash va S alleli va SS genotipli bemorlarda faol kuzatuv hamda profilaktik chora-tadbirlarni ertaroq boshlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida genetik baholash orqali BF rivojlanishi ehtimolini 50% ga kamaytirish, davolash xarajatlarini (bir bemorga yiliga 5500000 so‘mdan 4500000 so‘mgacha) pasaytirish va jamlanma tarzda bir bemorga kamida 1000000 so‘m tejamkorlikka erishish mumkinligi ushbu yondashuvning yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BF ning doimiy shakli bo‘lgan AG li bemorlarda 6 oylik kombinatsiyali terapiya fonida spironolaktonga nisbatan eplerenon kiritilgan terapiya rejimining ancha ustunligi bilan yaxshi antigipertenziv va antiremodellovchi samaradorligi aniklangan bo‘lib eplerenon qo‘llangan bemorlarda antigipertenziv ta’sirning barqarorligi, yurak remodellyasiyasi ko‘rsatkichlarining, xususan, chap bo‘lmacha hajmining indeksi va otish fraksiyasining sezilarli yaxshilanishi aniqlandi. Bu esa eplerenonning spironolaktonga nisbatan yurakning nishon a’zosi sifatidagi shikastlanish tezlanishini pasaytirishda ustunligini ko‘rsatdi.Olingan ilmiy natijalar asosida «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bor arterial gipertenziyali bemorlarda mineralokortikoid reseptorlar antagonistlarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/25-sonli xulosasi bilan tasdiqlandi. Ushbu tavsiyanoma 2025 yil 24 oktyabrdagi 135-son buyruq asosida RIKIATMning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali va 2025 yil 30 oktyabrdagi 01/502-son buyrug‘i bilan RIKIATMning Jizzax filiali amaliyotiga joriy etildi.Ijtimoiy samaradorligi: kombinatsiyali terapiya tarkibida eplerenonni qo‘llash bemorlarda hayot sifati yaxshilanishiga, yurak-qon tomir asoratlari xavfining pasayishiga va davolanishga moyillikning oshishiga xizmat qiladi. Morfofunksional ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi esa yurak shikastlanishi dinamikasini sekinlashtirish imkonini beradi.Iqtisodiy samaradorligi: 6 oylik kuzatuv davrida gospitalizatsiya xarajatlari tahlili eplerenonning ustunligini yanada tasdiqladi: eplerenon qabul qilgan bemorlarda 1 o‘rin-joy kunining o‘rtacha narxi 578285 so‘mni, spironolakton qabul qilgan guruhda esa 1485558 so‘mni tashkil qildi. Hisob-kitoblar asosida eplerenon kiritilgan terapiyaning umumiy iqtisodiy samaradorligi 61,1% ni tashkil etdi.Bundan tashqari, gospitalizatsiya tezlanishi spironolakton guruhida 15,7% ni tashkil etib, eplerenon guruhidan 7,85 marta yuqori ekani, eplerenon qo‘llanganlarda esa ushbu ko‘rsatkich atigi 2% bo‘lgani aniqlandi. Nojo‘ya holatlar bo‘yicha ham farqlar sezilarli bo‘lib, spironolakton guruhida 9,8% erkak bemorda ginekomastiya va ko‘krak bezi sohasida og‘riqlar kuzatilgan bo‘lsa, eplerenon guruhida bunday holat qayd etilmadi. Yuqoridagi barcha natijalar eplerenon kiritilgan kombinatsiyali terapiyaning klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanini ko‘rsatib, uni amaliyotga keng joriy etish imkonini beradi.