Xoldarov Komiljon Ixtiyorjon o‘g‘lining
Fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalar buxgalteriya hisobida xatoliklar va buzilishlarni tuzatish hamda ichki auditni takomillashtirish”  mavzusida, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” 
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5240.
 Ilmiy rahbar: Mamajonov Akromjon Turgunovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, professor, 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.I.03.03
Rasmiy opponentlar: 
Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, 
Abdiev Murat Juratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davalt texnika universiteti tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Korxonalari buxgalteriya hisobida xatoliklar va buzilishlarni tuzatish hamda ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratKorxonalari buxgalteriya hisobida xatoliklar va buzilishlarni tuzatish hamda ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari buxgalteriya hisobida xatolik va buzilishlarni kelib chiqish sababi, niyati, davomiyligi, ta’sir darajasi va audit aniqlash ehtimoli bo‘yicha baholash imkonini beruvchi kompleks tasniflash modeli ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarish jarayonida me’yorlardan og‘ish va mahsulot yo‘qotishlarini real vaqt rejimida aniqlash maqsadida signal indikatorlari asosida nazorat mexanizmi ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida mavsumiy va texnologik xususiyatlarni hisobga olgan holda 5911-“mahsulotlarni tabiiy yo‘qotish me’yorlari”, 5912-“mahsulotlarni texnologik yo‘qotish” va 5913-“mahsulotlarni me’yordan ortiq yo‘qotish” ishchi schyotlarini kiritish orqali korxonalarda moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish va ichki audit samaradorligini oshirish imkonini yaratishi asoslangan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari ichki audit jarayonida xatoliklarni erta aniqlash, baholash va ularning takrorlanishini oldini olish maqsadida audit samaradorligini aniqlash uslubiyoti hamda uch bosqichli audit monitoring modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Farg‘ona vodiysi sharoitida olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari buxgalteriya hisobida xatolik va buzilishlarni kelib chiqish sababi, niyati, davomiyligi, ta’sir darajasi va audit aniqlash ehtimoli bo‘yicha baholash imkonini beruvchi kompleks tasniflash modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston auditorlar palatasi” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2025-yil 12-dekabrdagi 47-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida xatolik va buzilishlarni baholash jarayoni sababi, niyati, davomiyligi, ta’sir darajasi va aniqlanish ehtimoli bo‘yicha bosqichma-bosqich tizimli tahlil qilinadigan mexanizm joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish