Gafurova Dilnoza Saloxiddinovnaning falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “STEAM texnologiyasi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped5996
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Saidova Dilobar Ikrambaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01.
Rasmiy opponentlar: Berdalieva Gulasal Abduqunduzovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,  Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi STEAM texnologiyasi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi
STEAM texnologiyasi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari tarbiyalanuvchilarda fikrlash va fikrini ifoda etish intervalini qisqartiruvchi konstruktiv topshiriqlarni erkin o‘yin faoliyati mazmuniga funksional tarzda transformatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning STEAM yondashuvi imkoniyatlari ekosintez o‘yinlarni rolli va ta’lim jarayonini modellashtirishga yoʻnaltirilgan didaktik-o‘quv topshiriqlarga konstruktiv qo‘llash asosida kengaytirilgan;
bolalarda kreativlikni STEAM texnologiyasi vositasida rivojlantirish modeli metakognitiv monitoringda intellektual dinamikani vertikal sintez darajalarga ko‘ra fiziologik va pedagogik ta’sir integratsiyasida adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
STEAM texnologiyasi asosida bolalarda kreativlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti siklli eksperimentlar, Cognitive Incubation, Transdisciplinary Inquiry metodlari orqali bolalarning harakat traektoriyasini o‘quv faoliyatidagi muammoli zonalarni simulyativ davriy modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. STEAM texnologiyasi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
STEAM texnologiyasi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari tarbiyalanuvchilarda fikrlash va fikrini ifoda etish intervalini qisqartiruvchi konstruktiv topshiriqlarni erkin o‘yin faoliyati mazmuniga funksional tarzda transformatsiyalashga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 27-iyuldagi 2-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2023/2-2/13 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarni kreativ va mantiqiy fikrlash kompetensiyasi rivojlanishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning STEAM yondashuvi imkoniyatlari ekosintez o‘yinlarni rolli va ta’lim jarayonini modellashtirishga yoʻnaltirilgan didaktik-o‘quv topshiriqlarga konstruktiv qo‘llash bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №288487 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda kuzatish va tahlil qilish, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash, konstruktiv fikr yuritish, ijodiy echimlar taklif qilish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
bolalarda kreativlikni STEAM texnologiyasi vositasida rivojlantirish modeli metakognitiv monitoringda intellektual dinamikani vertikal sintez darajalarga ko‘ra fiziologik va pedagogik ta’sir integratsiyasida adaptivlashtirishga oid metodik tavsiyalar (“Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 27-iyuldagi 2-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2023/2-2/13 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish, o‘z fikrini nazorat qilish va boshqarish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
STEAM texnologiyasi asosida bolalarda kreativlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti siklli eksperimentlar, Cognitive Incubation, Transdisciplinary Inquiry metodlari orqali bolalarning harakat traektoriyasini o‘quv faoliyatidagi muammoli zonalarni simulyativ davriy modifikatsiyalashga oid taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 27-iyuldagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligininig 2025-yil 5-maydagi 03-33-1280-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda kreativlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish