Sirliboev Jamshid Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli seleksiyaga mansub golshtin zotli sigirlar avlodlarining xo‘jalik foydali belgilari va ayrim biologik xususiyatlari”, 06.02.01 - Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1081
Ilmiy rahbar: Donaev Xusnuddin Abdualimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.08/2025.27.12.Qx.02.03.
Rasmiy opponentlar: Urimbetov Axmet Abdirazakovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Parmanova Dilnoza Mavlanovna, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Golshtin zotli turli seleksiyadagi sigirlar qizlarining sut mahsuldorligini asosiy seleksiya belgilari va seleksiya ko‘rsatkichlarni aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor respublikamiz sharoitida chetdan olib kelingan Golshtin zotli turli seleksiyaga mansub sigirlar qizlarini asosiy seleksiya belgilari o‘rganilib, baholangan va zot takomillashtirilgan, ilmiy asoslari hamda amaliy usullari ishlab chiqilgan;
golshtin zotli turli seleksiyadagi sigirlar qizlarining I-laktasiyasida 1 boshga o‘rtacha sut mahsuldorligiga AQSh seleksiyasidagi sigirlar 5621,67 kg sut ishlab chiqarilib tengqurlari Avstriya seleksiyasi sigirlariga nisbatan 305 kunlik laktasiya davrida 6,54% (P˃0,999), Germaniya seleksiyasiga nisbatan esa 5,4%-ga (P˃0,999) yuqori ekanligi isbotlangan;
II-laktasiyasida AQSh seleksiyasiga tegishli sigirlar 5749,7 kg sut ishlab chiqarilib, Avstriya seleksiyasi sigirlariga nisbatan 7,23 % (P˃0,999), Germaniya seleksiyasiga nisbatan esa 4,7%-ga (P˃0,999) yuqori ekanligi aniqlangan;
sigirlarning III-laktasiyasida o‘rtacha 1 boshgirdan sog‘ib olingan sut AQSh seleksiyasiga mansub sigirlardan 5910,6 kg sut sog‘ib olinib, Avstriya seleksiyasiga mansub sigirlarga nisbatan laktasiya davomida 8,1 % (P˃0,999), Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin sigirlaridan esa 5,1%-ga (P˃0,999) ortiq bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Golshtin zotli turli seleksiyadagi sigirlarning ekstereri, sut mahsuldorligi va pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Xontemir” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qumitasining 2025-yil 27.11 dagi 02/23-3806-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sigirlar qizlari turli laktatsiya davrining III-laktatsiyasida o‘rtacha 1 boshdan sog‘ib olingan sut miqdori AQSh seleksiyasiga mansub sigirlarda 5910,6 kg ni tashkil etib, Avstriya seleksiyasiga mansub sigirlarga nisbatan 8,1% (P˃0,999), Germaniya seleksiyasiga mansub sigirlardan esa 5,1%-ga (P˃0,999) yuqori bo‘lishiga erishilgan.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Abdulla” fermer xo‘jaligida Golshtin zotli AQSh, Germaniya va Avstriya seleksiyasiga mansub sigirlarda joriy etilgan (Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qumitasining 2025-yil 27.11 dagi 02/23-3806-sonli ma’lumotnoma). Natijada AQSh seleksiyasiga mansub sigirlar qizlarida III-laktatsiyada o‘rtacha bir boshdan 9640651,67 so‘m sof foyda olinib tengqurlari Avstriya seleksiyasiga mansub sigirlarga nisbatan 2631200 so‘m yoki 27,3 %-ga, Germaniya seleksiyasidagi sigirlarga nisbatan 1628131so‘mga yoki 16,9 %-ga yuqori bo‘lishiga erishildi.
Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, “Shukur davlat” qoramolchilik bo‘yicha naslchilik fermer xo‘jaligida Golshtin zotli turli seleksiyadagi sigirlar avlodlarining II-laktatsiyasida joriy qilingan. (Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qumitasining 2025-yil 27.11 dagi 02/23-3806-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Golshtin zotli turli seleksiyadagi sigirlar qizlarining II-laktatsiyasida o‘rtacha 1 boshdan ishlab chiqarilgan sut miqdori AQSh seleksiyasiga mansub sigirlarda 5559,1 kg ni tashkil etib, Avstriya seleksiyasidagi sigirlarga nisbatan 6,1 % (P˃0,999), Germaniya seleksiyasidagi sigirlarga nisbatan esa 3,5%-ga (P˃0,999) oshirilishiga erishilgan.