Ilyosov Zafar Ilyos o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarni tuxum va go‘shtiga innoprovet probiotigining ta’sirini veterinariya sanitariya jihatdan baholash”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onklogiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi, 16.00.04 - Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V163
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor, Ibragimov Furkat Burievich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Quldoshev G‘ulom Mamayusupovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar ratsioniga “Innoprovet” probiotigini qo‘shib oziqlantirish sharoitida tuxum va go‘shtining morfologik o‘zgarishlari hamda veterinariya-sanitariya ekspertizasi ko‘rsatkich darajalarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Innoprovet” probiotigi berilgan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar qonida gemoglobin miqdorini nazorat guruhiga nisbatan 15 g/l (13,4 %) ga, eritrotsitlar sonini 0,53 mln/mkl (22,6 %) ga, glyukozani 0,60 mmol/l (11,4 %) ga, umumiy oqsil miqdorini 3 g/l (6,5 %) ga, umumiy kalsiy miqdori 0,10 mmol/l (2,6 %) ga, magniy miqdorini 0,10 mmol/l (9 %) ga ko‘payishi aniqlangan.
Ilk bor “Innoprovet” probiotigi berilgan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda tuxum mahsuldorligi, tuxum shakli, qobiq mustahkamligi, oqsil va sariqlik indeksi kabi morfologik ko‘rsatkichlar, shuningdek, organoleptik sifatlari va navlarga ajratilishiga ta’siri aniqlangan.
“Innoprovet” probiotigi qo‘llanilgan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda go‘sht mahsuldorligi va tana go‘shtining morfologik bo‘linishi, shuningdek, go‘shtning organoleptik, fizik-kimyoviy va biokimyoviy ko‘rsatkichlari ilk bor kompleks tarzda o‘rganildi hamda ushbu probiotikning go‘sht sifatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan.
“Innoprovet” probiotigi bilan oziqlantirilgan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarning tuxum va go‘sht mahsuldorligini oshirish bo‘yicha veterinariya-sanitariya talablarga mos, ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarni tuxum va go‘shtiga innoprovet probiotigining ta’sirini veterinariya sanitariya jihatdan baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
““Innoprovet” probiotigi bilan oziqlantirilgan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarning tuxum va go‘sht mahsuldorligi hamda sifatini oshirish bo‘yicha” tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 02 oktyabrdagi № 02/23-678-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada, tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda “Innoprovet” probiotigini ratsionga kiritish orqali tuxum va go‘sht mahsulotlarining biologik xavfsizligi, oziqaviy qiymati, veterinariya-sanitariya holati va saqlanish barqarorligini baholash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, “Innoprovet” probiotigi qo‘llangan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlardan olingan tuxum va go‘sht namunalari organoleptik, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va mikrobiologik usullarda tekshirilib, ularni iste’molga yaroqlilik me’zonlariga muvofiq baholashga xizmat qiluvchi veterinariya sanitariya ekspertizasi usuli takomillashtirildi.
Mazkur tavsiyalar va baholash usullari Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanining “YaNGI HAYoT ChICKEN PARRANDA” MChJ parrandachilik xo‘jaligi, Namangan viloyati, Pop tumanining “Aktiv Chorkesar Layt” MChJ parrandachilik xo‘jaligi, Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Qorasuv parranda fayz” MChJ parrandachilik xo‘jaliklariga amaliyotga joriy etildi (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 02 oktyabr № 02/23-678-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu usullarni qo‘llash orqali tuxum va go‘sht mahsulotlarining xavfsizligi, biologik to‘liqligi va saqlanish barqarorligini aniqlash, mahsulotlar pH ko‘rsatkichi, oqsil, yog‘, namlik kabi me’zonlar asosida iste’molga yaroqlilik bahosini berish, parrandachilik xo‘jaliklarida ekologik xavfsiz va yuqori sifatli mahsulot etishtirish texnologiyasini shakllantirish, veterinariya-sanitariya normalariga javob beruvchi monitoring tizimlarini amaliyotga joriy etish.

Yangiliklarga obuna bo‘lish