Rejametova Nilufar Ilhamovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha musiqa ta’limida an’ana va  novatsiyalar uzviyligini ta’minlashning pedagogik strategiyalari” (“Pedagogicheskie strategii preemstvennosti tradisiy i novatsiy v doshkol`nom muzikal`nom obrazovanii”), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped823
Ilmiy maslahatchi: Jamoldinova Odinaxon Rasulovna – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01. raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuza Alievna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, Mustafoev Shomurod Normo‘minovich   pedagogika fanlari doktori (DSc) professor,   Abdullaeva Nafisa Shavkatovna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.  
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha musiqa ta’limi va tarbiyasida anʼanalar va  novatsiyalar uzviyligining pedagogik strategiyalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqa bilan tanishtirish metodikasi 3-5 yoshda urma-zarbli, 6-7 yoshda chertma, mezrobli cholg‘ulardan foydalanish kompetensiyalarini tovush balandligini tembr jihatdan ritmik senzitivlikka ko‘ra farqlash ko‘nikmasi orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
musiqiy ta’limda an’ana va novasiya uzviyligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari tarbiyalanuvchilarning ohangni farqlashidagi audiopersepsiv, multimodal jihatlarga ko‘ra kommunikativ-ijodiy ko‘nikmalarning milliy cholg‘ulardagi ritm intonasiyasini rezonansli ta’siri orqali sinkretik idrokda namoyon bo‘lishi asosida aniqlashtirilgan;
o‘zbek cholg‘ulari ansambli ijrochiligi san’ati bilan tanishtirish metodikasi ohangdagi bir vaqtda ijro etilayotgan notalar muvofiqligiga ko‘ra sensor akkordlar mobilligini ufar ritmlar asosida idrok etishning folklor qo‘shiqlaridagi ornamental ritmlarga temp-dinamik va aksentli belgilovchilarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarning musiqiy rivojlanishini pedagogik shart-sharoitlari musiqa ohangini farqlashdagi individual farqlarga ko‘ra ton, tembr va dinamik diapazonning hissiy-idrokiy darajasini jamoaviy ijro, musiqiy muloqotdagi tasvir va impravizasiya bilan obrazli multimodallik orqali uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirilgan;
bolalarni musiqa bilan tanishtirish metodikasi musiqiy etyudlarda ohang–harakat birligini hissiy rezonans intensivligi asosida idrok etishga ko‘ra notalarning markaziy ton atrofidagi garmonik-melodik bog‘liqligini urma-zarbli harakatlar orqali audiomotor muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha musiqa ta’limida an’analar va novatsiyalar uzviyligining pedagogik strategiyalarini takomillashtirishga doir ilmiy natijalar asosida:  
maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqa bilan tanishtirish metodikasi 3-5 yoshda urma-zarbli, 6-7 yoshda chertma, mezrobli cholg‘ulardan foydalanish kompetensiyalarini tovush balandligini tembr jihatdan ritmik senzitivlikka ko‘ra farqlash ko‘nikmasi orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar "Maktabgacha ta’lim tashkilotlari musiqa rahbarlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish" o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 03-33-528-son ma’lumotnomasi).  Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqa bilan tanishtirish metodikasi takomillashtirilgan;
musiqiy ta’limda an’ana va novasiya uzviyligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari tarbiyalanuvchilarni musiqa ohangini farqlashining audiopersepsiv, multimodal jihatlariga ko‘ra kommunikativ-ijodiy ko‘nikmalarning 3-5 yoshda urma-zarbli, 6-7 yoshda chertma, mezrobli cholg‘ulardagi ritmni emosional-intonasion rezonansi (musiqaga ovoz, harakat, musiqiy obraz birligi) orqali namoyon bo‘lishi asosida aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlardan IL-402104274 “Bolalarning ijodiy rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda qo‘llanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 15-apreldagi 403/03-son ma’lumotnomasi). Natijada musiqiy ta’limda an’ana va novasiya uzviyligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan;
o‘zbek cholg‘ulari ansambli ijrochiligi san’ati bilan tanishtirish metodikasi ohangdagi bir vaqtda ijro etilayotgan notalar muvofiqligiga ko‘ra sensor akkordlar mobilligini ufar ritmlar asosida idrok etishning folklor qo‘shiqlaridagi ornamental ritmlarga temp-dinamik va aksentli belgilovchilarni kiritish orqali takomillashtirilganligiga oid metodik tavsiyalar "Maktabgacha ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi" darsligi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-maydagi M-05-3542/04-son ma’lumotnomasi). Maktabgacha musiqa ta’limi o‘quv jarayoniga Matatalab, Musisogrammes, Questgame ta’lim texnologiyalarini tatbiq etilishi orqali ta’lim sifati oshirilgan;
tarbiyalanuvchilarning musiqiy rivojlanishini pedagogik shart-sharoitlari musiqa ohangini farqlashdagi individual farqlarga ko‘ra ton, tembr va dinamik diapazonning hissiy-idrokiy darajasini jamoaviy ijro, musiqiy muloqotdagi tasvir va impravizasiya bilan obrazli multimodallik orqali uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirilganligiga oid tavsiyalar "Maktabgacha ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi" darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yill 28-apreldagi 9/3.4-son ma’lumotnomasi). Natijada musiqa rahbarlarining bolalar cholg‘u ansamblida faoliyatni tashkil etishga oid kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga hamda tarbiyalanuvchilarda musiqa qobiliyatlari va bilim darajasini aniq tahlil qilish va ularga mos ravishda ta’limni tashkil etishga erishilgan;
bolalarni musiqa bilan tanishtirish metodikasi musiqiy etyudlarda ohang-harakat birligini hissiy rezonans intensivligi asosida idrok etishga ko‘ra notalarning markaziy ton atrofidagi garmonik-melodik bog‘liqligini urma-zarbli harakatlar orqali audiomotor muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi uzlyuksiz milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi 03-4729-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa pedagogikasining eng yangi yutuqlarini targ‘ib qilishga, musiqa ta’limida tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning shakllanishida uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish