Erejepova Aysulıu Asenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Turkiy tillarda zargarlik leksikasining lingvomadaniy xususiyatlari (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman tillari misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4855.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh.,ilmiy darajasi va unvoni: Xudayarova Muhabbat Tajimuratovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori, professor; Aytbaev Dilshodxuja Temirbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman tillaridagi zargarlik buyumlari nomlarining leksik-semantik, morfologik, struktur va lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman tillaridagi zargarlik leksikasi qiyosiy-lingvistik, lingvomadaniy va struktur-semantik nuqtayi nazardan izchil tahlil etilib, zargarlik buyumlari nomlarining tarixiy shakllanish manbalari, semantik taraqqiyoti hamda nomlashdagi umumiylik va o‘ziga xosliklar asosida guruhlanishi tizimli yondashuvda asoslangan;
zargarlik leksikasining qiyosiy tahlili orqali turkiy tillarda qadimiy birliklarning saqlanish darajasi, fonetik va morfologik o‘zgarishlari, shuningdek madaniy almashuvlar ta’siri tizimli asosda tahlil qilinib, tadqiqotda turli davrlarda shakllangan zargarlik nomlarining semantik modeli, ularning zamonaviy til tizimidagi o‘rni va faol ishlatilishi ham alohida dalillangan;
zargarlik atamalarining morfologik tuzilishi, so‘z yasash usullari, affiksal va kompozision modellar qiyosiy asosda tahlil qilinib, har bir til uchun xos bo‘lgan so‘z yasovchi modellar tizimlashtirilib, taqinchoq nomlarida ko‘p uchraydigan affiksal modellarning semantik mazmuni, ularning nomlashdagi roli va vazifaviy imkoniyatlari aniqlangan;
turkiy tillardagi zargarlik buyumlari nomlari madaniy ramz, semiotik birlik va konseptual tushuncha sifatida izchil tahlil qilinib, tadqiqotda bu atamalar nafaqat nomlovchi birliklar, balki xalqning tarixiy merosi, urf-odatlari, diniy tasavvurlari va milliy qarashlari bilan bog‘liq lingvomadaniy kodlar sifatida qaralib, ularning ichki semantik tuzilishi konseptual model asosida tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman tillaridagi zargarlik leksikaning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman tillaridagi zargarlik leksikasi qiyosiy-lingvistik, lingvomadaniy va struktur-semantik nuqtayi nazardan izchil tahlil etilib, zargarlik buyumlari nomlarining tarixiy shakllanish manbalari, semantik taraqqiyoti hamda nomlashdagi umumiylik va o‘ziga xosliklar asosida guruhlanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyhasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 13-maydagi 274/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ish doirasida olingan nazariy xulosalar orqali loyiha materiallari yanada boyitilgan, zargarlik leksikasining tilshunoslik nuqtayi nazaridan chuqurroq yoritilishiga erishilgan;
zargarlik leksikasining qiyosiy tahlili orqali turkiy tillarda qadimiy birliklarning saqlanish darajasi, fonetik va morfologik o‘zgarishlari, shuningdek madaniy almashuvlar ta’siri tizimli asosda tahlil qilinib, tadqiqotda turli davrlarda shakllangan zargarlik nomlarining semantik modeli, ularning zamonaviy til tizimidagi o‘rni va faol ishlatilishiga doir xulosalardan Madanіy meros agentlіgі I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat san’at muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi muzeyida foydalanilgan (I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat san’at muzeyining 2025-yil 13-maydagi 01/7-175-son ma’lumotnomasi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi muzeyining 2025-yil 12-maydagi 01-02/03-97-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarga tayyorlangan ekskursiya matnlarining boyishi, saviyasining oshishi ta’minlangan;
zargarlik atamalarining morfologik tuzilishi, so‘z yasash usullari, affiksal va kompozision modellar qiyosiy asosda tahlil qilinib, har bir til uchun xos bo‘lgan so‘z yasovchi modellar tizimlashtirilib, taqinchoq nomlarida ko‘p uchraydigan affiksal modellarning semantik mazmuni, ularning nomlashdagi roli va vazifaviy imkoniyatlari haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi telerodiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan 2025-yil 17-aprel kuni “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan” ko‘rsatuvi hamda 2025-yil 16-may kuni “Saz -sáwbet hám kewil ashar baǵdarlamalar” bosh tahririyati tomonidan tayyorlangan “Jaslar waqti” eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-maydagi 05-22/288- son ma’lumotnomasi). Natijada, zargarlik leksikasining turkiy tillarda tutgan o‘rnini, milliy-madaniy xususiyatlarini ommaga tushuntirish asnosida keng jamoatchilikning turkiy xalqlar madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga erishilgan;
turkiy tillardagi zargarlik buyumlari nomlari madaniy ramz, semiotik birlik va konseptual tushuncha sifatida izchil tahlil qilinib, tadqiqotda bu atamalar nafaqat nomlovchi birliklar, balki xalqning tarixiy merosi, urf-odatlari, diniy tasavvurlari va milliy qarashlari bilan bog‘liq lingvomadaniy kodlar sifatida qaralib, ularning ichki semantik tuzilishi konseptual modelga oid xulosalaridan Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar malakasini oshirishda, turli to‘garak, seminar va mahorat darslari o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 25-maydagi №50 son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh adiblar ijodida zargarlik leksikasining milliy-madaniy xususiyatlaridan o‘rinli foydalanish hamda ularni badiiy nutqda maqsadga muvofiq qo‘llash mahorati takomillashtirilgan.