Boymaxmatova Dilnoza Do‘smat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida diskursiv yondashuv metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped.7016.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Asilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Mahbubaxon Yusubjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ona tili ta’limida diskursiv yondashuvni qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning diskursiv yondashuvga asoslangan muloqot ko‘nikmasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari nutq shakllari, nutqiy vaziyat, nutqning kommunikativ sifatlari, lingvistik va diskursiv kompetensiyalar integratsiyasi asosida dalillangan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarning og‘zaki va yοzma nutqini rivοjlantirishga oid diskursiv, konstruktiv, kompetensiyaviy, kommunikativ, integrativ, bixevioristik yondashuvlar qiyosiy tahlil asosida farqlangan hamda diskursiv yondashuvning motivatsion, kognitiv, kreativ hamda testologik bosqichlari aniqlangan;
o‘quvchilarning diskursiv yondashuvga asoslangan muloqotga tayyorlovchi interaktiv-kommunikativ faoliyatni intensifikatsiyalovchi topshiriqlar majmuyi adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, imloviy savodxonlik, so‘z boyligini oshirish va mustaqil ishlay olish kabi muloqot ko‘nikmalarni kompleks shakllantirishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda diskursiv yondashuvga asoslangan metodik ta’minot “Ko‘p rakursli tahlil”, “Men ijodkorman”, “Syujetli rasm”, “Intervyu” kabi interaktiv metodlar hamda interaktiv to‘garaklar, bahs-munozara, geymifikatsiya, loyihalashtirish texnologiyalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida diskursiv yondashuv metodikasi mavzusi tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilarning diskursiv yondashuvga asoslangan muloqot ko‘nikmasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari nutq shakllari, nutqiy vaziyat, nutqning kommunikativ sifatlari, lingvistik va diskursiv kompetensiyalar integratsiyasiga oid tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021 – 2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-aprel 01/4-1610-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili ta’limi jarayonida nutqiy kompetensiyani rivojlantirilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarning og‘zaki va yοzma nutqini rivοjlantirishga oid diskursiv, konstruktiv, kompetensiyaviy, kommunikativ, integrativ, bixevioristik yondashuvlar qiyosiy tahlili hamda diskursiv yondashuvning motivatsion, kognitiv, kreativ hamda testologik bosqichlariga oid ilmiy ilmiy-amaliy tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy lohiyasida tadqiqotdagi o‘quvchilarning diskursiv yondashuvga asoslangan muloqotini o‘stiruvchi tοpshiriqlar tizimini ishlab chiqish va fikrni og‘zaki hamda yοzma bayοn qilish ko‘nikmasini rivοjlantirishga aloqador ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-aprel 01/4-1611-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ona tili ta’limida diskursiv yοndashuv metοdikasiga doir muloqot ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning diskursiv yondashuvga asoslangan muloqotga tayyorlovchi interaktiv-kommunikativ faoliyatni intensifikatsiyalovchi topshiriqlar majmuyi adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, imloviy savodxonlik, so‘z boyligini oshirish va mustaqil ishlay olish kabi muloqot ko‘nikmalarni kompleks shakllantirishga oid ilmiy ilmiy-amaliy tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasida tadqiqotda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 23-aprel 01/4-1612-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
ona tili darslari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda diskursiv yondashuvga asoslangan metodik ta’minot “Ko‘p rakursli tahlil”, “Dialog tuzamiz”, “Syujetli rasm”, “Hikoyadan xulosa” kabi interaktiv metodlar hamda interaktiv to‘garaklar haqidagi xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Qadriyatlar beshigi” ko‘rsatuvida ma’lumot sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 29-aprel 01-30/278-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni zamonaviy yondashuvlar asosida boyishiga erishilgan.