Madirimova Latofat Ollaberganovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giperaktiv sindrom rivojlangan bog‘cha yoshidagi bolalarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlar strukturasi va psixokorreksiyasi», 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3982.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: giperaktivlik sindromi rivojlangan bog‘cha yoshidagi bolalarda kognitiv hamda psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash va samarali korreksiya qilishga yo‘naltirilgan tibbiy-psixologik yordam chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘cha yoshidagi bolalarda giperaktivlik va impulsivlik darajalarining ortib borishi shaxs psixologiyasida kognitiv hamda hissiy-irodaviy sohalarni qamrab oluvchi murakkab psixologik o‘zgarishlarni shakllantirishi hamda psixometrik tahlillar asosida ushbu o‘zgarishlarning dezadaptatsion reaksiyalar va salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi kuzatiladigan bolalarda psixoemotsional buzilishlar hissiy-irodaviy holatning beqarorligi, tashvishlanish darajasining oshishi va impulsiv xulq-atvorning kuchayishi bilan birgalikda namoyon bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘liq holda bolalarning yoshga xos psixik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim neyropsixologik omil ekanligi aniqlangan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarda giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi hamda uning klinik turlarini differensial baholashga xamda ushbu holatlar fonida shakllanadigan kognitiv va psixoemotsional buzilishlar strukturasini aniqlashga yo‘naltirilgan mahalliy psixodiagnostik so‘rovnoma (SADHD I, II, III) ishlab chiqilgan;
giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi rivojlangan bolalarda kognitiv hamda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishga yo‘naltirilgan maxsus moslashtirilgan tibbiy-psixologik yondashuv mezoni ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Giperaktiv sindrom rivojlangan bog‘cha yoshidagi bolalarda  kognitiv va psixoemotsional buzilishlar strukturasini aniqlash va psixokorreksiya o‘tkazish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bog‘cha yoshidagi bolalarda giperaktivlik va impulsivlik darajalarining ortib borishi har bir bolaning psixologiyasidagi kognitiv hamda hissiy-irodaviy komponentlarni qamrab olgan murakkab psixologik o‘zgarishlar rivojlanishiga olib kelib, natijada dezadaptatsion reaksiyalar shakllanishi va xulq-atvorda salbiy namoyonlar yuzaga chiqishini aniqlashga xizmat qiluvchi psixometrik so‘rovnomalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 apreldagi №201-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan «Giperaktivlik va diqqat sustligi sindromi rivojlangan bolalar skrining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshqarmasining 2024 yil 25 noyabrdagi 1442-12-180-MMTM/2024-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 yanvardagi №63-I-sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi Bolalar bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 22 fevraldagi №5-I-&-2-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ushbu jarayon Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/44-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Giperaktivlik va diqqat etishmovchiligini bog‘cha yoshidagi bolalarda erta davrlarda skrining psixodiagnostika qilinishi bolalardagi rivojlanuvchi sindrom va u bilan bog‘liq kognitiv va psixoemotsional o‘zgarishlarni erta korreksiya qilish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromini bog‘cha sharoitida erta davrlarda aniqlash poliklinikalar va statsionarlarda murojaatlar sonini kamayishiga yordam berdi, shu bilan bir qatorda xar bir uch kunlik davomiylikda murojaatlarning kamayib borishi fonida, har bir bola uchun byudjet hisobidan 360000 so‘mni tejalishiga yordam berdi. Xulosa: bog‘cha yoshidagi bolalarda giperaktivlik va impulsivlik darajasining oshishi kognitiv hamda hissiy-irodaviy sohalarda murakkab psixologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi ilmiy asosda tasdiqlandi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi rivojlangan bolalarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan maxsus dasturlar asosida shakllantirilgan tibbiy-psixologik yondashuv algoritmi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 apreldagi №201-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan «Giperaktivlik va diqqat sustligi sindromi rivojlangan bolalar skrining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshqarmasining 2024 yil 25 noyabrdagi 1442-12-180-MMTM/2024-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 yanvardagi №63-I-sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi Bolalar bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 22 fevraldagi №5-I-&-2-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ushbu jarayon Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/44-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi rivojlangan bolalarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan maxsus dasturlar asosida takomillashtirilgan tibbiy-psixologik korreksiya usullari bolalarda erta davrlarda sindrom oqibatida rivojlanuvchi psixomotor turdagi va kognitiv jarayonlar bilan bog‘liq muammolarning o‘z vaqtida aniqlanib korreksiya qilish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilinayotgan maxsus takomillashtirilgan tibbiy-psixologik korreksiya usulini qo‘llash orqali har bir bolada 4120000 so‘mni tejab qolinishga erishildi. Bolalarda GVDES va uning fonida rivojlangan kognitiv va psixoemotsional buzilishlarni PSM ni 8 marta qo‘llash orqali har bir boladan  820000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: kompleks psixometrik tekshiruvlar giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi bo‘lgan bolalarda psixoemotsional buzilishlar, xususan, hissiy-irodaviy holat, tashvishlanish darajasi va impulsivlik indekslari-o‘zaro bog‘liq neyropsixologik mexanizm sifatida shakllanishini ko‘rsatdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: maktabgacha yoshdagi bolalarda giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi rivojlangan bolalarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlar strukturasini baholashga va korreksiyalash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 apreldagi №201-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan «Giperaktivlik va diqqat sustligi sindromi rivojlangan bolalar skrining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshqarmasining 2024 yil 25 noyabrdagi 1442-12-180-MMTM/2024-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 yanvardagi №63-I-sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi Bolalar bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 22 fevraldagi №5-I-&-2-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ushbu jarayon Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/44-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromini erta bosqichlarda skrining psixodiagnostika qilish bolalarda ushbu sindrom bilan bog‘liq ruhiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni erta korreksiya qilish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda GVDESni aniqlash ambulator yoki statsionar sharoitda o‘tkazilganda xarajatlar o‘rtacha 150000 so‘mni tashkil qiladi. GVDESni maktabgacha yoshdagi bolalarda erta bosqichda skrining orqali aniqlash va faqat zarur hollarda keyingi ambulator-statsionar tekshiruvlarga yo‘naltirish har bir bola hisobiga byudjet mablag‘laridan 120000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: maktabgacha yoshdagi bolalarda giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromini aniqlash, uning klinik turlarini farqlash va mazkur holatlar bilan bog‘liq kognitiv hamda psixoemotsional buzilishlarni baholashga mahalliy psixodiagnostik so‘rovnoma - SADHD (I, II, III) takomillashtirilishi, bolalarda GVDESni erta aniqlash va uning klinik xususiyatlarini to‘g‘ri baholash imkonini beruvchi amaliy va ilmiy ahamiyat kasb etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi rivojlangan bolalarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarni maxsus tibbiy-psixologik algoritm dasturlari asosida korreksiya qilish, bolalarda giperaktivlik darajasining pasayishiga, kognitiv faollik va emotsional barqarorlik o‘sishiga, adaptatsion va xulq-atvor sferasi bilan bog‘liq harakatlar yaxshilanishi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 apreldagi №201-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan «Giperaktivlik va diqqat sustligi sindromi rivojlangan bolalar skrining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshqarmasining 2024 yil 25 noyabrdagi 1442-12-180-MMTM/2024-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 yanvardagi №63-I-sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi Bolalar bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 22 fevraldagi №5-I-&-2-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ushbu jarayon Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/44-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: bog‘cha yoshidagi bolalarda giperaktivlik va diqqat etishmovchiligi sindromi strukutrasiga baho berish va sindrom natijasida rivojlanuvchi psixoemotsional va kognitiv buzilishlar darajasini erta davrlarda skrining qilish orqali bolalardagi ruhiy o‘zgarishlarni maxsus takomillashtirilgan tibbiy-psixologik algoritm orqali korreksiya o‘tkazish va amaliyotga tadbiq qilish orqali bolalar ruhiy-adaptiv xususiyatlarining yaxshilanishiga va bolalarda sindrom bilan bog‘liq kognitiv va ruhiy qo‘zg‘aluvchanlik bilan bog‘liq muammolarning amalda echim topishiga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: bog‘cha yoshidagi bolalarda GVDES ida va uning oqibatida rivojlanuvchi kognitiv va psixoemotsional buzilishlarnini erta davrlarda skrining psixodiagnostika va psixokorreksiya usullarining takomillashtirilgan holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq qilinishi iqtsodiy harajatlar sarfini 63% gacha pasayishini ko‘rsatdi. Xulosa: GVDES bo‘lgan bolalarda kognitiv hamda psixoemotsional buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan maxsus moslashtirilgan tibbiy-psixologik korreksiya algoritmi ishlab chiqilishi va amaliyotda qo‘llanilishi, olib borilgan psixokorreksion ishlarning ham amaliy, ham iqtsodiy samaradorligi ilmiy jihatdan tasdiqlanib, mazkur algoritm GVDESni korreksiya qilishda yuqori klinik va psixologik natijalar berishi aniqlandi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish