Safarbaev Bobur Baxtiyorovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarning psixologik xususiyatlari va koping-strategiyalari”, 19.00.04-Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1381
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc. 06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Shoxrux Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yurak-qon tomir kasalliklarida bemorlarning psixologik xususiyatlarini va ularning himoya-engish xulq-atvor strategiyalarini hisobga olgan holda psixokorreksion chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemorlarning psixoemotsional holatini yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga ta’siri natijasida gipertoniya kasalligida reaktiv va shaxsiy xavotirning, yurak ishemik kasalligida esa shaxsiy xavotirning yuqori darajasi klinik ko‘rinishni og‘irlashtiruvchi omillar ekanligiga asoslanib gipertoniya kasalligida emotsional va xavotirli tip, yurak ishemik kasalligida emotsional va rasmiyatchi tip xarakter aksentuatsiyalari bilan bog‘liq premorbid shaxs xususiyatlarining kuchli namoyon bo‘lishi dalillangan;
yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra gipertoniya kasalligi va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixologik himoya mexanizmlari yuqori zo‘riqishdaligi tufayli koping-strategiyaning barcha turlari bo‘yicha chegara holatidagi shaxs potensialllarining klinik holatga bog‘liq o‘rta darajada moslashuvchanligi isbotlangan;
yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning shaxs aksentuatsiya tipiga ko‘ra kasallikni rivojlanish va kechish jarayonida psixologik himoya mexanizmlari va koping-strategiyalarning o‘zaro mos turi bo‘yicha musbat bog‘liklik mavjudligiga asoslanib, bemorlarda ayollar va erkaklar orasidagi jins xususiyatlari klinik belgilar bo‘yicha natijalar farqlanmasligi asoslangan;
yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonining samaradorligi kognitiv-bixeviorial psixoterapiya va musiqa terapiyasini bazis davo bilan birgalikda terapevtik maqsadda qo‘llanilishiga ko‘ra klinik belgilarning og‘irligini konstruktiv-intellektual koping resurslar asosida kamaytirib, kasallikka adekvat moslashishni individual rakursda faollashtirish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarning psixologik xususiyatlari va koping-strategiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bemorlarning psixoemotsional holatini yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga ta’siri natijasida gipertoniya kasalligida reaktiv va shaxsiy xavotirning, yurak ishemik kasalligida esa shaxsiy xavotirning yuqori darajasi klinik ko‘rinishni og‘irlashtiruvchi omillar ekanligiga asoslanib gipertoniya kasalligida emotsional va xavotirli tip, yurak ishemik kasalligida emotsional va rasmiyatchi tip xarakter aksentuatsiyalari bilan bog‘liq premorbid shaxs xususiyatlarining kuchli namoyon bo‘lishi bo‘yicha taklfilar “Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarda koping-strategiyasini aniqlash uchun moslashtirilgan so‘rovnoma” ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 20-apreldagi №8n-r/367-son ma’lumotnomasi) va Urganch tuman tibbiyot birlashmasining 29-aprel` 2022-yildagi 234-12-173-TB/2022-sonli buyrug‘iga, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) Buxoro viloyati mintaqaviy filialining 27-aprel` 2022-yildagi 35/1-sonli buyrug‘iga bilan amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi №10/38-sonli xulosasi). Natijada yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning psixoemotsional buzilishlarini, xarakter aksentuatsiyalarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklarida psixoemotsional buzilishlarni va shaxs xarakter xususiyatlarini erta aniqlash yurak-qon tomir tizimi kasalliklari asoratlarni oldini olish imkonini berdi va psixoemotsional holatini barvaqt tashxisot natijasida takroriy ko‘rik va statsionar davoga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishdi. Iqtisodiy samaradorligi: gipertoniya kasalligi va yurak ishemik kasalligida bemorlarning shaxs xarakter xususiyatlari va xamotir darajasi e’tiborga olinmasa, stressni kamaytirish, xavotirni boshqarish va turmush tarzini yaxshilash kabi psixologik yondashuvlar samarasiz bo‘lib, davolash jarayonini uzoqlashtirib, bemorning hayot sifatini pasaytiradi. Yurak-qon tomir kasalliklarida shaxs xarakteri va psixologik omillarni erta aniqlash va davolash har bir bemor uchun byudjet hisobidan 4856050 so‘mni tejalishiga olib keldi. Xulosa: o‘rtacha davolanish davomiyligi 10 kun bo‘lib, 1 kun davolanish narxi 485605 so‘mni (bir kunlik statsionardagi yatoq narxi 165605 so‘m, kundalik tekshiruvlar uchun o‘rtacha 168 ming so‘m, davo muolajalari uchun 104 ming so‘m va shifokor ko‘rik narxi 48 ming so‘m) tashkil qilib, har bir bemor uchun byudjet hisobidan 4856050 so‘mni tejalishiga olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra gipertoniya kasalligi va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixologik himoya mexanizmlari yuqori zo‘riqishdaligi tufayli koping-strategiyaning barcha turlari bo‘yicha chegara holatidagi shaxs potensialllarining klinik holatga bog‘liq o‘rta darajada moslashuvchanligi bo‘yicha takliflar “Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarda koping-strategiyasini aniqlash uchun moslashtirilgan so‘rovnoma” ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 20-apreldagi №8n-r/367-son ma’lumotnomasi) va Urganch tuman tibbiyot birlashmasining 29-aprel` 2022-yildagi 234-12-173-TB/2022-sonli buyrug‘iga, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) Buxoro viloyati mintaqaviy filialining 27-aprel` 2022-yildagi 35/1-sonli buyrug‘iga bilan amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi №10/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda stress, yuqori darajada xavotirning bo‘lishi, psixologik himoya mexanizmlarining zaifligi va koping-strategiyalarining chegara holatidagi shaxs potensialllarining o‘rta darajada moslashuvchanlikda bo‘lishi yurak-qon tomir kasalliklarining og‘irroq kechishida ahamiyatli ekanligini ko‘rsatgan. Bemorni psixologik himoya mexanizmlari va koping-strategiyalarini tanlab qilingan takomillashtirilgan davo choralari xavotir darajasini pasayishiga olib keldi. Buning natijasida bemorlarning turmush sifati, jamiyatga moslashuvi va kundalik faoliyati yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari psixoemotsional holat buzilishlari bilan birga kechgan bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa instrumental tekshiruvlar va laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 1296000 so‘m, byudjetdan tashqari 240000 so‘m miqdordagi harajatni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yurak-qon tomir kasalliklarida stress va emotsional zo‘riqishni engishda bemorlarning psixologik himoya mexanizmlari va koping-strategiyalarini aniqlash hisobidan har bir nafar bemordan 1536000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning shaxs aksentuatsiya tipiga ko‘ra kasallikni rivojlanish va kechish jarayonida psixologik himoya mexanizmlari va koping-strategiyalarning o‘zaro mos turi bo‘yicha musbat bog‘liklik mavjudligiga asoslanib, bemorlarda ayollar va erkaklar orasidagi jins xususiyatlari klinik belgilar bo‘yicha natijalar farqlanmasligi bo‘yicha takliflar “Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarda koping-strategiyasini aniqlash uchun moslashtirilgan so‘rovnoma” nomli elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yaratilgan (№DGU 16556) va Urganch tuman tibbiyot birlashmasining 29-aprel` 2022-yildagi 234-12-173-TB/2022-sonli buyrug‘iga, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) Buxoro viloyati mintaqaviy filialining 27-aprel` 2022-yildagi 35/1-sonli buyrug‘iga bilan amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi №10/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda jinsdan qat’i nazar psixokorreksiya va psixoterapiyani samarali tashkil etish, moslashuvchan koping-strategiyalarni rivojlantirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va statsionar davoga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan harajatlarini 307200 so‘mga iqtisod qilishiga erishilgan. Xulosa: yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni erta tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator harajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 259200 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 48000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonining samaradorligi kognitiv-bixeviorial psixoterapiya va musiqa terapiyasini bazis davo bilan birgalikda terapevtik maqsadda qo‘llanilishiga ko‘ra klinik belgilarning og‘irligini konstruktiv-intellektual koping resurslar asosida kamaytirib, kasallikka adekvat moslashishni individual rakursda faollashtirish bo‘yicha takliflar “Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarda koping-strategiyasini aniqlash uchun moslashtirilgan so‘rovnoma” ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 20-apreldagi №8n-r/367-son ma’lumotnomasi) va Urganch tuman tibbiyot birlashmasining 29-aprel` 2022-yildagi 234-12-173-TB/2022-sonli buyrug‘iga, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) Buxoro viloyati mintaqaviy filialining 27-aprel` 2022-yildagi 35/1-sonli buyrug‘iga bilan amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi №10/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kognitiv-bixevioral psixoterapiya yordamida bemorlarning xavotir va stress darajasi pasayishi ta’minlangan, musiqa terapiyasi psixologik zo‘riqishni kamaytirib, bemorlarning umumiy holatini yaxshilashga olib kelgan. Davolashni optimallashtirishga yordam beruvchi kompleks terapiya davo fonida yurak-qon tomir yukini kamayishi, psixoemotsional buzilishlarni ijobiy tomonga o‘zgarganligi bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda muvofiq koping-strategiyalar va psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirib, davolashni optimallashtirishga yordam beruvchi psixokorrektiv davo choralarini qo‘llash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionarda davolanish davomiyligi kamayishi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan harajatlar 971210 so‘mga (statsionarda bir kun davolanish narxidan kelib chiqilgan) iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda shaxs xususiyatlari va psixologik ximoya mexanizmlarini erta aniqlash va davolashni birga olib borish natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar harajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 623210 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 348000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.