Sadikov Rustam Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polietilen uchun oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T2784.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Rahmanqulov Alikul Amirkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen uchun mahalliy xom-ashyolar asosida oligomer antipirenlar olishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polietilen polimer materiallarning yong‘inbardoshligini oshirish maqsadida ammofos, pentaeritrit, formalin, alyuminiy va magniy gidroksidlari ishtirokida olingan AK-1, APE-2 va AKF-3 markali oligomer antipirenlarni sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oligomer antipirenlar va metall gidroksidlari bilan modifikatsiyalangan polietilen kompozisiyalarning optimal shartlari aniqlangan hamda ularning reologik, fizik-mexanik va yong‘in-texnik xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar ilmiy jihatdan asoslangan;
AK-1 markali oligomer antipirenlar va metall gidroksidlari bilan modifikatsiyalangan polietilen kompozisiyalarning kislorod indeksi (KI) 18,5% dan 40-44,0% gacha yaxshilandi hamda GOST 30244 talablariga muvofiq Yo1 (kuchsiz yonuvchan) guruhiga mansubligi aniqlangan;
antipiren tarkibidagi azot va fosfor birikmalari hamda alyuminiy gidroksidi yonish jarayonida himoya qatlamining hosil bo‘lishi, inert gazlar va suv bug‘ining ajralishiga sabab bo‘lib, ularning yong‘inbardoshlikka ta’sir mexanizmi ilmiy asoslantirilgan;
oligomer antipirenlar asosidagi yong‘inbardosh polimer kompozitlar iqtisodiy jihatdan baholandi va keng qo‘llanilayotgan xorijiy analoglarga nisbatan o‘rtacha 32,7% gacha yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Polietilen uchun oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
oligomer antipirenlar bilan modifikatsiyalangan polimer tarkiblari “SEVEN SYSTEMS” MChJ va “STATERM” MChJ korxonalarida olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 2 oktyabrdagi 5/4/38-3180-son ma’lumotnomasi). Natijada, polimer materiallari uchun polifunksional xususiyatga ega oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
AK-1 markali oligomer antipiren bilan modifikatsiyalangan polietilen kompozisiyalari “STATERM” MChJ korxonasida olovbardosh polimer materiallar olishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 2 oktyabrdagi 5/4/38-3180-son ma’lumotnomasi). Natijada, oligomer antipirenlarni olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda iqtisodiy samaradorlikni o‘rtacha 32,7% ga oshirish imkonini bergan.