Eshonqulov Elyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh energiyasida olingan Bi1.7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) nanotuzilmali o‘ta o‘tkazuvchan qatorning elektrofizik xossalariga morfologiya va tarkibining ta’siri”, 05.05.06– «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2111.
Ilmiy rahbar: Gulamova Dilbara Djuraevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.05/2025.28.11.FM/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Rustam Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyosh energiyasi asosida Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) qatorli YHO‘O‘ perekursorlarini sintez qilishda KQPning optik-energetik va texnologik parametrlarini optimallashtirish usullarini ishlab chiqish, mujassamlangan quyosh nurlanishining materiallar tuzilishi, barqarorligi va elektrofizik xossalariga ta’sirini kompleks tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mujassamlangan quyosh nurlanishi ta’sirida Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) qatoriga mansub birikmalar prekursorlarini sintez qilish jarayoni uchun fokal hududda zarur bo‘lgan quyosh nurlanishi oqim zichligini aniqlashga mo‘ljallangan matematik model ishlab chiqilgan;
KQP geliostat-konsentrator tizimida 150-270 W/cm2 quyosh nurlanish oqim zichligi rejimida Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) qatorining n=9 (Bi/Pb 2289), n=12 (Bi/Pb 221112), n=15 (Bi/Pb 221415) hamda n=20 (Bi/Pb 221920) tarkiblari uchun prekursorlarning peritektik mexanizm orqali hosil bo‘lishi aniqlangan;
KQPning mujassamlangan quyosh nurlanishi ta’sirida Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1) Cu(n)Oy (n=9-20) tarkibli prekursorlarni sintez qilish imkonini beruvchi suv bilan sovutiladigan eritish pechining tajriba-namuna konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
mujassamlangan quyosh nurlanishi ta’siri ostida eritmani yuqori tezlikda sovutish Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) gomologik qatoriga mansub YHO‘O‘ prekursorlarining amorf holatga o‘tishini ta’minlashi va zarrachalarning yuqori zichlikka ega 120-140 nm qatlamli tuzilma hosil qilishi hamda tarkibida Ca va Cu miqdorining ortishi amorflanish darajasini kamaytirishi aniqlangan;
ilk bor mujassamlangan quyosh nurlanishi ta’sirida olingan Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) tarkibli prekursorlar asosida kritik o‘tish harorati (Tc) 118 K dan 143 K gacha bo‘lgan o‘ta o‘tkazuvchan birikmalar sintez qilingan;
mujassamlangan quyosh nurlanishidan foydalanish asosida atmosfera bosimida uzoq muddat barqarorligini saqlovchi o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarni sintez qilishning amaliy imkoniyati aniqlangan;
KQP texnologiyasida YHO‘O‘ prekursorlarini sintez qilishning texnik-iqtisodiy va ekologik samaradorligi baholanib, solishtirma elektr energiya tejamkorligi (7,6 kWsoat/kg) hamda iqtisodiy samaradorligi (6840 so‘m/kg) belgilangan va 1 kg prekursor sintezida CO2 chiqindilarining kamayishi (3,32-6,06 kg), hamda qo‘shimcha mablag‘ tejamkorligi (1070,7-1947,9 so‘m/kg) ta’minlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh energiyasidan foydalanib yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan materiallarni sintez qilish va ularning elektrofizik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mujassamlangan quyosh nurlanishi ta’sirida eritmani o‘ta tez sovutish orqali Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) gomologik qatorining birikmalari amorf holatga o‘tishi va zarralar yuqori zichlikka ega qatlamli nanotuzilma hosil qilishi hamda tarkibdagi Ca va Cu miqdorining ortishi amorfizatsiya darajasini kamaytirishidan Yadro fizikasi institutining fundamental ilmiy tadqiqotlar dasturi doirasidagi “Shisha va kristall matrisalaridagi nano o‘lchamli kiritmalarni modifikatsiyalash va radiatsiyaviy induksiyalangan sintezi” mavzudagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FAning 2025-yil 9-sentyabrdagi 2/1255-2153-sonli ma’lu-motnomasi). Natijada Y va Gd kupratlaridan iborat YHO‘O‘ (n=3-8) tasmalarining yadroviy va ionlovchi nurlanishlar ta’sirida elementar hamda fazaviy tarkibini boshqarish orqali nanogeterostruktura hosil qilish metodologiyasi asoslangan;
mujassamlangan quyosh nurlanishi ta’sirida olingan Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) prekursorlari asosida sintez qilingan kritik harorati (Tc) 118-143 K oraliqda bo‘lgan o‘ta o‘tkazuvchan birikmalar S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining fundamental ilmiy tadqiqotlar dasturi doirasidagi “Tibbiyot va o‘lchov-nazorat texnikasi optik-elektron tizimlarini yaratishning fizikaviy asoslari” mavzudagi loyihasini bajarishda qo‘llanilgan (O‘zR FAning 2025-yil 10-sentyabrdagi 2/1255-2179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Bi1,7Pb0,3Sr2Ca(n-1)Cu(n)Oy (n=9-20) prekursorlaridan tayyorlangan keramik namunalarning haroratini tez o‘zgartirish orqali qarshilikning keskin sakrab o‘tishi asosida qisqa frontli o‘takuchlanish impulslarini generatsiya qiluvchi qurilma ishlab chiqilgan.