Ahmadov Xushdil Sna’tovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vodorod olish uchun quyosh termokimyoviy reaktorining issiqlik ko‘rsatgichlari” 05.05.06 - «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» hamda 05.05.11 - «Vodorod energetikasi texnologiyalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T2681. 
Ilmiy rahbarlar: Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor.Li Xin, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti, DSc.05/2025.28.11.FM/T.01.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Raximov Rustam Xakimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat texnika Universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh energiyasidan foydalanib vodorod olish uchun quyosh-termokimyoviy reaktori konstruksiyasini ishlab chiqish, unda kechadigan issiqlik va massa almashinuv jarayonlarni modellashtirish asosida texnik ko‘rsatgichlarini optimallashtirish, reaktorning laborator nusxasini barpo etish hamda tajribaviy tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor vodorod olish uchun quyosh termokimyoviy reaktorining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan, mazkur reaktorning maqbul geometrik o‘lchamlari va unda ishlatilishi lozim bo‘lgan materiallar ularning issiqlik-texnikaviy ko‘rsatgichlari (“405” markali) zanglamas po‘latdan tayyorlangan diametri 220mm va uzunligi 140mm bo‘lgan silindirik korpus, diametri 200mm va qalinligi 6 mm bo‘lgan kvars shaffof shisha hamda uning atrofida sovutish maqsadida suv aylanishi uchun 20mm bo‘lgan kanal, issiqlik himoya qatlami sifatida qalinligi 100-120mm bo‘lgan silindrik shakldagi alyumin oksidi (Al2O3) qavati, nur kiruvchi konussimon qismining kichik diametri 50 mm va katta diametri 152mm bo‘lishi) aniqlangan (FAP 02072) 31.08.2022.;
quyosh termokimyoviy reaktori ish rejimini yaxshilash uchun unda yuz beruvchi issiqlik va massa almashish qonuniyatlari asosida chekli elementlar usulida g‘ovakli seriy oksidining turli shaklida hajm bo‘yicha harorat taqsimoti, issiqlik yo‘qotishlarini eng minimal qiymatga tushurish uchun izolyasiya qatlami sirt harorati o‘zgarishi hamda termokimyoviy jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
quyosh termokimyoviy reaktorining issiqlik-texnikaviy ko‘rsatgichlari turli temperatura oraliqlari uchun reaktor tashqi devorining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti qiymati 300-650 K harorat oralig‘ida 91,5-64,8 W/(m∙K) gacha va 650-1400K harorat oralig‘ida 64,8-85 W/(m∙K) gacha, konvektiv issiqlik berish koeffisienti esa 686,5-962,3 W/(m2∙K) gacha o‘zgarishi tajribaviy va hisobiy tadqiqotlar orqali asoslangan (SAP 02481) 23.11.2023;
reaktorda termokimyoviy jarayonni ta’minlash uchun asos material seriy oksidini quvvati 2 kW bo‘lgan quyosh konsentratori uchun materialning turli g‘ovaklik ko‘rsatgichlari, harorat taqsimoti tadqiqotlarida diametri 50 mm, qalinligi 20mm bo‘lgan silindrsimon g‘ovakligi 0.7 bo‘lgan seriy oksidi hajmi bo‘ylab harorat endotermik jarayon uchun deyarli tekis taqsimlanishi aniqlangan;
quyosh termokimyoviy reaktori orqali vodorod ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini belgilovchi normallashtirilgan vodorod narxi Respublikamiz iqlimi sharoiti uchun 1,5 dan 4,5 AQSh.doll./kg gachani tashkil etishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh termokimyoviy usul bilan vodorod olish reaktorini ishlab chiqish va tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
SAP 02481 “Quyosh termokimyoviy reaktori” asosida ishlab chiqilgan quyosh termokimyoviy reaktorining issiqlik ko‘rsatgichlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari “Buxoro NQIZ” MChJda vodorod ishlab chiqarish jarayonida tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 05.12.2024 yilgi №04-13-10189 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan vodorod 132 kg/yil CO2 issiqxona gazlarini saqlab qolish imkonini bergan;
quyosh termokimyoviy reaktorining issiqlik samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan AL-482105516-sonli “Termokimyoviy usulda suvni parchalanish orqali “yashil vodorod” olish uchun quyosh qurilmasini (1600 °C) ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan berilgan 2/1255-2510-sonli ma’lumotnoma). Natijada rux oksidini to‘g‘ridan to‘g‘ri parchalashda ikki bosqichli oksidlanish–qaytarilish reaksiyasida temperatura taqsimotini hamda rux oksidini parchalashda Gibbs energiyasini temperaturaga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish