Olimov Alisher Kosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “3.25 A GeV/c impulsli 16Op-to‘qnashuvlarda hosil bo‘luvchi parchalar xarakteristikalarining yadro uyg‘onish darajalariga bog‘liqligi”, 01.04.08– « Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika ».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/FM447.
Ilmiy rahbar: Lutpullaev Sagdulla Lutfullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.05/2025.28.11.FM/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxanov Nosir Shakirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Igamov Sayram Bodombaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 3.25 A GeV/c impulsli kislorod yadrosining protonlar bilan to‘qnashuvlarida turli uyg‘onish darajalarida massa soni A = 2−4 bo‘lgan yadrolarning hosil bo‘lish qonuniyatlarini aniqlash hamda kislorod yadrosining 4He va 12C, proton-fragment va 15N, 2H hamda 14N va to‘rtta 4He yadrolariga difraksion parchalanish ko‘ndalang kesimlarini o‘lchashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
16O + p→12C + α + ptepki reaksiyasida kislorod yadrosi fragmentlarining va tepki proton kinematik xarakteristikalari korrelyasiyalarini o‘rganish asosida ilk bor kislorod yadrosining difraksion dissotsiatsiyalanish kanallari va parchalanuvchi yadro α-klasterining kvazielastik urib chiqarish mexanizmi topildi va ularning ko‘ndalang kesimlari mos ravishda 3.01+0.36 mbn va 1.12 ± 0.22 mbn ga tengligi aniqlandi;
16O + p→15N + pfr + ptepki va 16O + p →14N + d + ptepki reaksiyalarida fragmentlar va tepki protonning impuls va burchak taqsimotlarini tahlil qilish asosida kislorod yadrosining difraksion dissotsiatsiyalanish kanallari topildi va ularning ko‘ndalang kesimlari qiymatlari mos ravishda 1.90 ± 0.28 mbn va 0.76 ± 0.18 mbn ga teng ekanligi aniqlandi;
16O + p → 4α + ptepki reaksiyasida tepki protonning impuls va burchak taqsimotlarini tahlil qilish asosida kislorod yadrosining to‘rtta α-zarrachaga difraksion dissotsiatsiyalanish kanallari topildi va ularning ko‘ndalang kesimi 1.42 ± 0.25 mbn ga tengligi aniqlandi;
2H, 3H va 3He yadro fragmentlari kinematik xarakteristikalarining (p, pL, pt va θ) o‘rtacha qiymatlarining kislorod yadrosining qo‘zg‘alish darajasiga bog‘liq emasligi aniqlandi. Bu ularning hosil bo‘lishidagi turli mexanizmlarining ulushlari parchalanayotgan yadroning qo‘zg‘alish darajasiga bog‘liq emasligi bilan bog‘liq;
massa sonlari A ≤ 3 bo‘lgan engil fragmentlar va α-zarrachalarning turli kinematik xarakteristikalari orasidagi korrelyasion bog‘liqligni tahlil qilish asosida ularning hosil bo‘lish mexanizmlari o‘zaro bog‘liq emasligi aniqlandi;
massa sonlari A = 2−4 bo‘lgan engil fragmentlar va zaryadlangan pionlarning turli impuls xarakteristikalari korrelyasiyalarini o‘rganish natijasida ularning hosil bo‘lish mexanizmlari bir biriga bog‘liq emasligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida engil fragmentlarning hosil bo‘lishi va ularning turli kinematik xarakteristikalarining impulsi 3.25 A GeV/c bo‘lgan kislorod yadrosining protonlar bilan o‘zaro ta’sirida qo‘zg‘alish darajasi bilan bog‘liqligi va 16O + p → 4He + 12C + ptepki, 16O + p →15N + pfr + ptepki,16O + p →14N + d + ptepki, 16O+ p 4α+ ptepki reaksiyalarining difraksion kesimlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
yuqori energiyali kosmik protonlarning er atmosferasi kislorod yadrolari bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha ilmiy shartnomani bajarishda qo‘llanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligining “Fizika-texnika institute” MChJning 12.09.2025-yildagi ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishida kislorod yadrosining turli uyg‘onish energiyalarida engil fragmentlar hosil bo‘lishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan foydalanish kosmik nurlar tarkibidagi birlamchi protonlarning Er atmosferasidagi kislorod yadrolari bilan to‘qnashuvlarda impuls taqsimotlarini tiklash imkonini bergan.
Xitoy tabiiy fanlar milliy jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan № 11575103, № 12047571 hamda № 11947418 raqamli grantlarni bajarishda foydalanilgan (Tayyuan shahridagi Shansi universiteti Nazariy fizika institutining 21.10.2025-yildagi ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishida kislorod yadrosining difraksion dissotsiatsiya kanallarida engil fragmentlar hosil bo‘lish kesimlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan foydalanish yuqori energiyalarda og‘ir ionlarning to‘qnashuvlarida difraksion jarayonlarning engil fragmentlar hosil bo‘lishiga qo‘shgan hissasini baholash imkonini bergan.