Ibragimova Feruza Davletbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovuqlar eymeriozi va kolibakteriozining kimyoprofilaktikasida fensid sinergetik aralashmali preparatning samaradorligi”, 03.00.06-Zoologiya, 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V102
Ilmiy rahbar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Utkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Navruzov Nurali Itolmasovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huziridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning ayrim hududlaridagi broyler tovuqchilik xo‘jaliklarida eymerioz va kolibakteriozning assotsiativ kechishiga xos epizootologik xususiyatlarni aniqlash, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining xo‘jaliklar kesimida tarqalishini baholash hamda kasallikka qarshi kurashish uchun mahalliy xom ashyolar asosida biofaol o‘simlik moddalari tarkibli samarali kimyoprofilaktik uslub va vositalarni ishlab chiqish va parrandachilik amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parrandalarda aralash eymerioz va kolibakteriozning epizootologik xususiyatlari aniqlangan;
tovuqlar eymerioziga qarshi mahalliy xom ashyolardan tayyorlangan ferulen preparatining davolovchi dozasi jo‘ja va tovuqlar uchun 100 mg/kg, oldini oluvchi dozasi esa, 30 mg/kg ekanligi aniqlangan; 
tovuqlarning eymerioz va kolibakteriozi bilan aralash holda kechishini davolovchi hamda, oldini oluvchi ferulen asosli preparat ishlab chiqilgan;
fensid sinergetik preparatining parrandalar organizmi uchun O‘D100 foizi 2400 mg/kg, O‘D50 foizi 2146,4 mg/kg bo‘lib, preparatning o‘rtacha o‘tkir toksik xususiyati aniqlangan;
tovuqlar kolibakterioziga qarshi qo‘llanilgan fensid va fensid premiks preparatlarining faolligi E.coli qo‘zg‘atuvchisiga 1:10 konsentratsiyada bakterisid, 1:100 konsentratsiyada bakteriostatik ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
eksperimental eymerioz bilan kolibakteriozda fensid va fensid premiks preparati jo‘jalar qonining morfologik ko‘rsatkichlariga hamda, leykoformulasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovuqlar eymeriozi va kolibakteriozining kimyoprofilaktikasida fensid sinergetik aralashmali preparatlarning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida: 
Tovuqlar eymeriozi va kolibakterioz (enterobiozlar) bilan aralash kechishining samarali kimyoprofilaktikasida fensid sinergetik aralashmali hamda, fensid premiks preparatlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma chop etilib parrandachilik amaliyotiga tadbiq etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-noyabrdagi №02/23-818-son ma’lumotnomasi). Natijada fensid sinergetik aralashmani 288 mg/kg va fensid premiks preparatini 1000 mg/kg oziqa bilan 8-10 kun davomida berilganda tovuqlarni nafaqat kasalliklardan balki ularni sog‘lomlashtirish evaziga go‘sht chiqimi hamda sifatini yaxshilanishiga erishilgan. 
Tadqiqot ishlari natijalari asosida Pastdarg‘om tumanidagi “Darg‘om Parranda Fayz”, “Mironqul agrozooveservis ilmiy-amaliy markazi” MChJ va Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi “Chinor fermer xo‘jaligi”, “Jondor chinor chorva” MChJ parrandachilik xo‘jaliklarida tajriba guruhidagi tovuqlar fensid sinergitik aralashmali preparatni 288 grammdan 1 tonna em orqali olganlarida tovuqlarning saqlanuvchanlik darajasi 97,1 % ni, o‘rtacha 1 bosh tovuqning go‘sht chiqimi 2,385 kg ni, 1-qiyosiy nazorat tovuqlarining har 1 bosh chiqimidan 71 grammga yuqori va fensid premiks sinergitik aralashmali preparatni 1000 g/t oziqa bilan 12 kun davomida olganlarida ularning saqlanuvchanlik darajasi 97,3 % ni o‘rtacha bir bosh tovuqning go‘sht chiqimi 2,314 kgni tashkil qilgan. Fensid va fensid premiks preparatlari qonning morfologik ko‘rsatkichlari va leykotsitar formulasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini inobatga olib bu preparatlarni kelajakda qo‘llash tavsiya etilgan. Fensid preparati qo‘llanilganda samaradorlik 1 so‘m qilingan xarajat uchun 3 so‘m 64 tiyinni, Fensid premiks preparati qo‘llanilganda esa 3 so‘m 63 tiyinni tashkil etgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-noyabrdagi № 02/23-818-son ma’lumotnomasi). Ushbu joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqarish sharoitida kasalliklar assotsiativ kechganda fensid va fensid premiks preparatlarini qo‘llab parrandachilik xo‘jaliklaridagi tovuqlarning bosh sonini 98-100 % saqlab qolishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish