Kamalova Dilnoz Salaydininovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Amin guruxlari tutgan inulin xosilari sintezi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K743.
Ilmiy rahbar: Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.42.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Axmedov Oliy Ravshanovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: makromolekulyar zanjirida amin guruhlari tutgan inulinning yangi hosilalarini olish, fizik-kimyoviy xossalari va biologik faoligini asoslash va qo‘llanilishining yangi sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida faol xlor saqlagan inulin hosilalari olishning maqbul sharoitlari aniqlanib, dimetilformamid muhitida xlorlash samarasi asoslangan;
tionil xlorid bilan galogenlangan inulinning gidrazin va ammiak eritmalari bilan ta’siridan, tarkibida amin guruhi saqlagan inulin-etilendiamin va inulin-propilendiamin olinib, tuzilishi va molekulyar-massaviy xarakteristikalari asoslangan;
oksidlanish darajasi turlicha bo‘lgan dialdegidinulin makromolekulalariga quyi molekulyar diaminlarni immobillash bilan nukleofil almashinish reaksiyasining maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor amin guruhlarning inulin strukturasiga kiritilishi polisaxaridga antimikrob va zamburug‘larga qarshi xususiyat berishi aniqlanib, amin saqlovchi hosilalarning tuzilishi va biologik faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
ilk bor mahalliy o‘simlik «Mo‘jiza» topinambur navidan olingan azot tutgan inulin hosilalari yog‘och materiallarni turli namlik sharoitida mog‘ordan himoyalashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inulinning amin saqlovchi hosilalarini sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikroblarga va zamburug‘larga qarshi yuqori samarali, zaharsiz bo‘lgan inulinning yangi hosilalar ishlab chiqarish texnologiyasi «ECO PANEL TECh» MChJning «2027-2028 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar ro‘yihati»ga kiritilgan (Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasini 2025 yil 24 martdagi 2/16-172-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2 - 3 % inulin-etilendiamin va inulin-propilendiamin eritmalari bilan yuzasiga ishlov berilgan yog‘och materiallarini 20-30 % namlikda 6 oygacha saqlash imkonini beradi;
inulin-etilendiamin va inulin-propilendiamin ishlab chiqarish texnologiyasi «ECO PANEL TECh» MChJning «2027-2028 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar ro‘yihati»ga kiritilgan (Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasini 2025 yil 24 martdagi 2/16-172-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inulin hosilalarining turli konsentratsiyali eritmalari bilan ishlov berilgan yog‘och materiallarni namlik sharoitlarida mog‘orlashdan himoyalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish