Solieva Madinabonu Murodjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ta’lim samaradorligini oshirishda laboratoriya mashg‘ulotlarini takomillashtirish metodikasi (fizika fani misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9431 (B2025.1.PhD/Ped9431 )
Ilmiy rahbar: Sobirova Mahbubaxon Yusupjanovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar:
a) Ismanova Odinaxon To‘lqinboevna, Namangan davlat universtiteti, pedagogika fanlari doktori, professor;
b) Azimova Ziyoda Ergashevna – Andijon davlat pedagogika instituti, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim samaradorligini oshirishda laboratoriya mashg‘ulotlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Akademik liseylarda fizika fanini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari va undagi laboratoriya ishlarini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning tabiiy fanlarga qiziqishini jadallashtirishning pedagogik shart-sharoitlari hisoblangan interaktiv metodlar, ilmiy dunyoqarash, pedagogik kreativlik kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari tadbiq qilish zarurati bilan asoslangan;
Akademik liseyda fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy tamoyillarini boyitish va innovatsion yondashuv asosida olib boriladigan laboratoriya darslarining o‘tkazilish algoritmini ishlab chiqish uchun zamonaviy ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, muammoli vaziyatlarni yaratish va o‘quv jarayonini tashkillashtirishning yangi usullari hisoblangan “Vitaminlar”, “A4 format”, “Drama analiz”, “Keys-stadi”, “Fizik esse”, “X-faktor” texnologiyalarini tadbiq qilish asnosida takomillashtirilgan;
Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini mediatexnologiyalar asosida tashkil qilish fizik hodisalarni vizuallashtirish, tajribalarni xavfsiz muhitda o‘tkazish, parametrlarni o‘zgartirish va natijalarni real vaqt rejimida kuzatish kabi didaktik imkoniyatlarga ega bo‘lgan elektron simulyasiyalardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
Fizika darslari hamda laboratoriya ishlari samaradorligini oshirish uchun o‘quv-metodik ta’minotni boyitish maqsadida fizika ta’limi jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlariga zamonaviy usullar tadbiq qilingan, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsning didaktik va texnik imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan interaktiv simulyasiya, virtual laboratoriya ishlari yaratilgan va bu orqali fizika mashg‘ulotining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini innovatsion yondashuvlar va mediatexnologiyalar vositasida o‘qitishni takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
Akademik liseylarda fizika fanini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari va undagi laboratoriya ishlarini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning tabiiy fanlarga qiziqishini jadallashtirishning pedagogik shart-sharoitlari hisoblangan interaktiv metodlar, ilmiy dunyoqarash, pedagogik kreativlik kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari tadbiq qilish zarurati bilan asoslashga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyatidagi IIV Andijon akademik liseyida, Farg‘ona viloyatidagi IIV Farg‘ona akademik liseyida, Namangan viloyatidagi IIV Namangan akademik liseyida, Jizzax viloyatidagi IIV Jizzax akademik liseyida amaliyotga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2025-yil 2-maydagi 01/11-5-315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini innovatsion va mediatexnologiyalar yordamida tashkil etish, fan va texnika yutuqlarini amalda bajarish imkoniyati, eksperimentning maqsadini anglashlari, mashg‘ulotga shunchaki dars emas, kichik ilmiy tadqiqot ishi deb baho berishlariga erishiladi.
Akademik liseyda fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy tamoyillarini boyitish va innovatsion yondashuv asosida olib boriladigan laboratoriya darslarining o‘tkazilish algoritmini ishlab chiqish uchun zamonaviy ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, muammoli vaziyatlarni yaratish va o‘quv jarayonini tashkillashtirishning yangi usullari hisoblangan “Vitaminlar”, “A4 format”, “Drama analiz”, “Keys-stadi”, “Fizik esse”, “X-faktor” texnologiyalarini tadbiq qilish asnosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va tarqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarning 2025-yil fevral va aprel oylaridagi sonlari dastur va ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” davlat muassasasining 2025-yil 21-apreldagi 05-09-503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning mazmunan shakllanishi ta’limning interaktiv va ko‘ngilochar shaklini ishlab chiqishda, laboratoriya mashg‘uloti davomida erishgan natijalarini turli darajalarda ko‘rsatishga hamda ilmiy-texnik tafakkurlarni kamol topishiga olib keldi;
Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini mediatexnologiyalar asosida tashkil qilish fizik hodisalarni vizuallashtirish, tajribalarni xavfsiz muhitda o‘tkazish, parametrlarni o‘zgartirish va natijalarni real vaqt rejimida kuzatish kabi didaktik imkoniyatlarga ega bo‘lgan elektron simulyasiyalardan foydalanishga oid amaliy takliflardan geologiya fanlari universtitetida 2023-2025-yillarda bajarilgan “Yuqori aniqlikdagi tadqiqot usullarini qo‘llash orqali Turbay koni ma’danlarining mineral tarkibini asosiy va hamroh komponentlarning uchrash shakllarini aniqlash” deb nomlangan loyiha doirasida foydalanilgan (Geologiya fanlari universtitetining 2025-yil 10-sentyabrdagi 1849-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fizikadan laboratoriya ishlarida pedagogik va axborot texnologiyalari birligini ta’minlovchi didaktik va uslubiy vositalardan foydalanish imkoniyalari kengaytirildi;
Fizika darslari hamda laboratoriya ishlari samaradorligini oshirish uchun o‘quv-metodik ta’minotni boyitish maqsadida fizika ta’limi jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlariga zamonaviy usullar tadbiq qilingan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsning didaktik va texnik imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan interaktiv simulyasiya, virtual laboratoriya ishlarini yaratish va bu orqali fizika mashg‘ulotining didaktik ta’minotini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Fizika fanidan laboratoriya ishining elektron dasturiy ta’minoti” nomli elektron hisoblash mashinalari uchun ishlab chiqilgan dasturni yaratishda foydalanilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan 2024-yil 19-iyulda № DGU 41461-son guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2025-yil 2-maydagi 01/11-5-315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fizika o‘qitish jarayoninida foydalaniladigan innovatsion texnologiyalar orqali amaliy ko‘nikmalarni egallashlariga, ilmiy tajriba va kuzatuvlar orqali fizika qonuniyatlarini to‘g‘ri anglashlariga imkon yaratildi.