Nabijonova Feruza Valijon qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasi (tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ____________________
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Vohidjon Tojimamatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/13.06.2025.B.05.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi p.f.d.(DSc), dotsent; Abdieva Oyjamol Tashbaevna p.f.n., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy fanlarni o‘qitishda oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari bilish faoliyati orqali ilmiy tasavvur va tafakkurni adekvat tarzda rivojlantirish, faktologik bilimlarni o‘zlashtirish hamda psixodidaktik jarayonlar bilan uzviylashtirish asosida aniqlashtirilgan;  
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarining yosh psixofiziologik xususiyatlarga mos, tabiiy fanlarda nazariya va amaliyotni takomillashtiradigan, empirik idrok qilishni ta’minlovchi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik-integrativ metodik tizim optimallashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasi tabiiy fanlar (science)ni o‘qitishda sensor-perseptiv tajribalarni reflektiv-analitik faoliyatga o‘tkazishga yo‘naltirilgan raqamli infratuzilma orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllanganlik darajasi spektiv, sistemali, kollaborativ  ko‘rsatkichlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
“Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasi (tabiiy fanlar misolida)” dissertatsiya ishi mavzusi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tabiiy fanlarni o‘qitishda oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari bilish faoliyati orqali ilmiy tasavvur va tafakkurni adekvat tarzda rivojlantirish, faktologik bilimlarni o‘zlashtirish hamda psixodidaktik jarayonlar bilan uzviylashtirish asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar ochib berilgan.
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarining yosh psixofiziologik xususiyatlarga mos, tabiiy fanlarda nazariya va amaliyotni takomillashtiradigan, empirik idrok qilishni ta’minlovchi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik-integrativ metodik tizimni optimallashtirish hamda tabiiy fanlar (science)ni o‘qitishda sensor-perseptiv tajribalarni reflektiv-analitik faoliyatga o‘tkazishga yo‘naltirilgan raqamli infratuzilma orqali ilmiy tafakkurni takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga yordam beruvchi ta’limiy resurslarni yaratish imkoniyatlari ta’minlanishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllanganlik darajasi spektiv, sistemali, kollaborativ  ko‘rsatkichlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid yangiliklardan 2022-yil 30-dekabrdagi Farmoyish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2022-yil 30- dekabrdagi S-PF-125-son buyrug‘iga muvofiq  “Rainbow academy” innovatsion SMART texnologiyalari asosida STEAM bog‘cha tashkil etish startap loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish