Quryozov Izzatbek Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don uchun etishtirilgan makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral o‘g‘itlar me’yorlarini ta’siri (Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvilial tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1634.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Jaxongir Madaminovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining allyuvial o‘tloqi tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekinda don uchun etishtiriladigan makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekin sifatida don uchun etishtiriladigan makkajo‘xorida mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlari (N250P125K85 va N180P90K60) ishlab chiqilgan. 
Asosiy ekin sifatida parvarishlangan makkajo‘xorida mineral o‘g‘it N250P125K85 me’yorda qo‘llanilganda 8,83-9,16 t/ga don va 24,68-26,84 t/ga poya hosillari olish imkoniyatlari aniqlangan.
Takroriy ekin sifatida parvarishlangan makkajo‘xorida mineral o‘g‘it N180P90K60  me’yorda ishlatilganda yuqori don (4,98-5,37 t/ga) va poya (12,29-13,80 t/ga) hosillari olish mumkinligi asoslangan. 
Tajriba sharoitida asosiy ekinda etishtirilgan makkajo‘xorida APSIM modeli parametrizatsiya va verifikatsiya qilingan ushbu agronomik modeldan don hosilini prognozlash maqsadida agrotexnologiyaning elementlari bo‘yicha turli ko‘rinishlar yaratish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatining allyuvial o‘tloqi tuproqlarida asosiy va takroriy ekin sifatida parvarishlangan makkajo‘xorida mineral o‘g‘it me’yorlarining samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Xorazm viloyatining sug‘oriladigan allyuvial o‘tloqi tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekinda etishtiriladigan makkajo‘xorida mineral o‘g‘itlar me’yorlari” bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 30-maydagi 05/05-04-295-sonli sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar va ilmiy tadqiqotchilarga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida asosiy ekinda etishtirilgan makkajo‘xorida mineral o‘g‘itlarni maqbul (N250P125K85)  me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi “Oqmon usta” fermer xo‘jaligida 7,2 gektar maydonda,  PSUEAITI Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi ishlab chiqarish dalalarida 12 gektar va Tuproqqal’a tumanidagi “Xiva Tuproqqal’a” fermer xo‘jaligining 14,5 gektar, jami 33,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 30-maydagi 05/05-04-295-sonli sonli ma’lumotnomasi). Natijada asosiy ekinga N250P125K85 kg/ga me’yorda mineral o‘g‘it qo‘llash orqali fermer amaliyotiga nisbatan o‘rtacha 14,1 s/ga qo‘shimcha don hosil olish orqali rentabellik darajasi 33,5 foizgacha oshishiga erishilgan.
Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilgan makkajo‘xorida mineral o‘g‘itlarni maqbul (N180P90K60) me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi “Otabek-Garchak” fermer xo‘jaligida 10,1 gektar va Gurlan tumanidagi “Bekzodbek-Sardorbek” fermer xo‘jaligida 8,0 gektar, jami 18,1 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 30-maydagi 05/05-04-295-sonli sonli ma’lumotnomasi). Natijada takroriy ekinga N180P90K60 kg/ga me’yorda mineral o‘g‘it qo‘llash orqali fermer amaliyotiga nisbatan o‘rtacha 7,2 s/ga qo‘shimcha don hosil olish orqali rentabellik darajasi 20,5 foizgacha oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish