SMANOVA Zulayxo Asanalievnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immobillangan organik reagentlar va ularning og‘ir zaharli metallarni aniqlashdagi analitik qo‘llanishi», 02.00.02–analitik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.K57.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. 16.07.2013.K.01.02.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor E.Abduraxmanov; kimyo fanlari doktori, professor A.A.Shabilalov;  kimyo fanlari doktori B.N.Babaev.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi organik reagentlarning tolali materiallarga immobillanishni nazariy prinsiplarini rivojlantirish va ular yordamida og‘ir va zaharli metallarni aniqlashda ekspress, yuqori tanlab ta’sir etuvchan, sezgir sorbsion-spektroskopik usullar va test-sistemalarni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

organik birikmalarining immobillanishlari funksional va analitik-faol guruhlarning tuzilishiga bog‘liq bo‘lgan holda analitik tavsiflari nazariy jihatdan ko‘rsatilgan;

arzon, mahaliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan poliakrilonitril (PAN) va polipropilenga (PP) immobillangan ORning kimyoviy analitik xususiyatlari asosida mexanizmi funksional-faol guruxlarning (FFG) joylashishiga bog‘liqligi va ion bog‘ tabiatiga egaligi isbotlangan;

analitik reaksiyalarning ximizmi va OZM ionlari  bilan reaksiyaga kirishadigan FFG asoslangan, ularning tuzilishini va o‘rindoshlar tabiatini analitik reagentlarning hamda ularning metall ionlari bilan hosil qilgan komplekslarining analitik xossalariga ta’siri topilgan;

ilk bor OZM ionlarining aniqlash uchunyangi immobillangan organik reagentlarni yo‘naltirilgan sintezi o‘tkazilgan va ular yordamida metall ionlari uchun sorbsion-spektroskopik usullar ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usullar «Navoiazot» va «Elektrokimyo zavod» aksiyadorlik jamiyat korxonalariga joriy etilgan («Navoiazot» AJ ning 2015 yil 21-apreldagi 03/3126-son ma’lumotnomasi, «Elektrokimyo zavod» AJ ning 2015 yil 1-maydagi 259-son ma’lumotnomasi). Sanoat korxonalarini oqava suvlarni monitoring qilish natijalari ruda va shlamlarni qayta ishlash, texnologik jarayonlarni optimallashtirishda, oqava suvlardan metallarni ajratib olish usullarini tanlashda va ularni og‘ir zaxarli metallardan tozalashda qo‘llanilgan. Ishlab chiqilgan usulda immobillangan reagentlardan foydalanganda 95-99% gacha  sorbsiyalangan metallarning miqdori ishlatilayotgan usullarga nisbatan (80-90%) oshishi ko‘rsatilgan, samaradorligi 10-20% ga oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish