Norov Jamshid Nurulloevichning falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Xorij adiblari asarlaridagi lingvokulturologik birliklarni o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti)
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5088
Ilmiy rahbar: Saidov Yoqub Siddiqovich filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, filologiya fanlari doktori, professor Odilov Yorqinjon Rahmonalievich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek umumta’lim maktablarida xorij adabiyoti namunalarini o‘qitishning lingvokulturologik jihatlarini tadqiq etib, o‘qitish samaradorligini oshirishning metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
chet el adabiyoti namunalarini o‘qitish samaradorligida asarlarda mavjud lingvokulturologik birliklarni izohlash va tavsiflash muhim ahamiyat kasb etishi aniqlanib, ularning mohiyat-mazmunini ochib berish usullari ishlab chiqilgan va ulardan amalda foydalanish metodikasi yaratilgan;
o‘quvchilarning chet el adabiyotidagi lingvomadaniy birliklar – o‘xshatish, metafora, maqol va matal, realiya va allyuziyalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini sinflar kesimida shakllantirish  bosqichlari evristik, produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirildi; 
xorij adiblari badiiy asarlaridagi lingvokulturologik birliklarning madaniy-ma’naviy va lingvistik omillari aniqlanib, ularni adabiy ta’limga tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan, o‘qitishda  samaradorlikka erishish tizimi takomillashtirilgan;
adabiy ta’limda lingvomadaniy birliklarni ularning ijtimoiy, leksik-semantik, majoziy-ramziy va madaniy xususiyatlarini e’tiborga olib o‘qitish yuqori darajadagi ta’limiy va didaktik samara berishi chet el adiblari asarlari tahlili misolida dalillangan, mavzularni mustahkamlashga doir ta’limiy jarayonlarni  Xalqaro baholash dasturlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiy ta’limda lingvomadaniy birliklarni ularning ijtimoiy, leksik-semantik, maҗoziy-ramziy va madaniy xususiyatlarini e’tiborga olib o‘qitish yuqori darajadagi ta’limiy va didaktik samara berishi chet el adiblari asarlari tahlili misolida dalillangan, mavzularni mustahkamlashga doir ta’limiy jarayonlarni xalqaro baholash dasturlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid yangiliklardagi konsepsiyalar asosida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilikka chet el adabiyoti namunalarini o‘qitish samaradorligida lingvokulturologik birliklarni izohlash, o‘quvchilarning chet el adabiyotidagi lingvomadaniy birliklarni sinflar kesimida shakllantirish bosqichlari va xorij adiblari badiiy asarlaridagi lingvokulturologik birliklarning madaniy-ma’naviy hamda lingvistik omillarni adabiy ta’limga tatbiq etish tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarni mazmunli tashkil etishda foydalanildi. Shuningdek, ushbu yangiliklardagi ilmiy g‘oyalar va kategoriyal tushunchalar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariyasida (2025 yil yanvar–mart oylar) foydalanildi. Natijada ssenariy mazmun-mohiyati so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan boyitildi va sifat jihatidan zamon talablari doirasida keng auditoriyani jalb etishda nazariy hamda pragmatik ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya ilmiy natijalari O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi KA-3-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amaliy manba sifatida foydalanilgan.( O‘zbekiston Milliy universiteti  2025 yil 3 –maydagi, №04/11-5764 raqamli dalolatnomasi). Tadqiqotda yaratilgan lingvokulturologik tahlil tamoyillari, metodik tavsiyalar hamda xorijiy adabiyotdagi murakkab lingvomadaniy birliklarni o‘rgatish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar mazkur loyiha doirasidagi ta’lim mazmunini boyitish, kompetensiyaviy yondashuvni takomillashtirish hamda madaniyatlararo kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilgan. Natijada, xorij adabiyoti asarlaridagi lingvokulturologik birliklarni o‘qitish bo‘yicha yaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ta’lim jarayonining sifatini oshirishga, o‘quvchilarda madaniy anglash, matn bilan ishlash, kontekstual talqin, madaniyatlararo muloqot va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022–2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida tadqiqotchi Norov Jamshid Nurilloevich 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Xorij adiblari asarlaridagi lingvokulturologik birliklarni o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasi bo‘yicha erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan mazkur xalqaro loyihani amalga oshirishda va o‘quv jarayonida tadbiq etishda foydalanilgan.
Xorij adiblari badiiy asarlaridagi lingvokulturologik birliklarning madaniy-ma’naviy va lingvistik omillari aniqlanib, ularni adabiy ta’limga tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan, o‘qitishda samaradorlikka erishish tizimini takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi KA-3-007- raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axlogiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalangan.(Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 10-iyuldagi №22-01-186/22-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada xorij adabiyoti namunalarini lug‘aviy va madaniy xususiyatlaridan kelib chiqib tahlil qilish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish