Tashkenbaeva Taxmina Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tayanch-harakat tizimi buzilgan insonlar uchun kiyim loyihalash usulini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.04–“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari) mutaxassisligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3 PhD/T5997.
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashkura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, professor; Sharipova Saodat Tolkunovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tayanch-harakat tizimi buzilgan insonlar uchun kiyimining qulayligi, funksional va ergonomik, hamda tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarini oshirishni ta’minlovchi loyixalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanch-harakat tizimi buzilgan insonlarning kundalik vaqt byudjeti va hayot tarzini tahlil qilish asosida turli mo‘ljaldagi buyumlarni manzilli loyihalash jarayonini optimallashtirish imkonini beruvchi "nogiron – moslashuvchan kiyim – muhit" tizimining qulaylik modeli ishlab chiqilgan; 
o‘xshashlik nazariyasidan foydalanib materiallarning sifat ko‘rsatkichlarini taxlil qilish asosida etalon tizimning bazaviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra kiyim materiallarini konfeksiyalash uslubi turli mo‘ljaldagi kiyim gigienik ko‘rsatkichlarini aniqlash misolida ishlab chiqilgan;  
 nogironligi bo‘lgan shaxs tanasining terlash xususiyatlarini hisobga olgan holda,  lokal havo almashinuvi  va bakterial himoya soxalarining topografik joylashuviga asoslangan adaptiv kiyimni loyihalash uslubi ishlab chiqilgan;
nogironlik aravachasidan foydalanuvchi insonlarning ekspluatatsion ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlovchi moslashuvchan  kiyimlarning ratsional konstruktiv-texnologik echimlari nogironning dinamik xarakatlarini xisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tayanch-harakat tizimi buzilgan insonlar uchun funksional va ergonomik xususiyatlarini oshirish, hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga ko‘maklashishni ta’minlovchi kiyimlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va tajribaviy tadqiqot natijalari asosida:
nogironlik aravachasida harakatlanuvchi shaxslarning bahor-kuz mavsumida kundalik kiyishiga mo‘ljallangan erkaklar ko‘ylagi, polo va  shimi, sport komplektining me’yoriy-texnik xujjatlari “Golden Home Textile” MChJ, “Nurtex” MChJ, “BHR OUTPUT” MChJ va “IMRON TEXTILE GROUP” XK korxonalarida sinovdan o‘tkazildi va ishlab chiqarishga joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2025 yil 15 dekabrdagi №02/06-2898 guvohnomasi). Natijada, kundalik va sport komplektlarning konstruksiyasi va o‘ziga xos ishlov berish texnologiyasining qulayligiga, echish va kiyishda harakatini cheklamasligiga va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarish hisobiga iqtisodiy xarajatlar kamayishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish