Qalandarova Safiya Toxirovnaning fan doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3DSc/Ped949
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor (DSc) Axmedova Laylo Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor (DSc) Mardonov Shukrulla Qo‘ldoshevich, texnika fanlari doktori, (DSc) katta ilmiy xodim Sulaymonov Rustam Shennikovich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy-texnologik jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni mazmuni ilmiy-pedagogik tushunchalar mohiyatini fanlararo tahlil qilish, metodologik yondashuvlar va o‘ziga xos tamoyillarni asoslash hamda ushbu jarayonning yo‘nalishlari, amaliy texnologik jihatlarini integrativ dinamik tavsiflash, chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasining tarkibiy komponentlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va shart-sharoitlari texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy ishbilarmonlik muloqotning nazariy asoslari, samarali muloqot texnologiyasi va texnikasi, muloqotning verbal va noverbal vositalari, madaniyatlararo muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari bilan amaliy tanishtirishga mo‘ljallangan tanlov va qo‘shimcha fanlarni joriy etish, fanlararo integrasiyalashuvga asoslangan, ijodiy va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayonini interaktiv va refleksiv tavsiflovchi kompleks texnologik ta’minotni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli strukturasi tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga doir, kommunikativ, kompetensiyaviy yondashuvlarni hamda bo‘lajak mutaxassislarda kognitiv, kommunikativ, lingvistik, madaniyatlararo, AKTga oid, tashkilotchilik hamda kasbiy-shaxsiy-ishbilarmonlik integrasion kompetensiyalarni kompleks rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish mezon va ko‘rsatkichlari talabalarga muloqot strategiyalarini o‘rgatish (turli ishbilarmonlik ssenariylari - professional suhbatlar, elektron pochta orqali aloqa, muhokamalar va prezentasiyalar), kasbiy leksika va iboralarni kengaytirish (professional jargon va terminlarni o‘zlashtirishga qaratilgan maxsus seminar va treninglar), interaktiv o‘qitish usullari (rolli o‘yinlar va simulyasiyalar) tashkil qilish, ta’lim materiallarini (onlayn platforma va mobil ilovalardan foydalanish, yangi tendensiyalar va xalqaro standartlar)ga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning invariant texnologik algoritmi bosqichlari (motivasion – rag‘batlovchi, tahliliy, faollashtirish, produktiv, ijodiy, baholash-korreksiyalash, refleksiv)ga mos mazmun, metod, shakl va vositalarini tanlash va amaliyotga joriy etish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni mazmunini ilmiy-pedagogik tushunchalar mohiyatini fanlararo tahlil qilish, metodologik yondashuvlar va o‘ziga xos tamoyillarni asoslash hamda ushbu jarayonning yoʼnalishlari, amaliy texnologik jihatlarini integrativ dinamik tavsiflash, chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasining tarkibiy komponentlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqishga doir takliflardan texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan Nemis tili darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2024 yil 30.08 dagi 9-sonli bayonomasi- ro‘yxatga olish raqami 9-228). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida chet tili bo‘yicha mashg‘ulotlar mazmunini fanlararo integratsiyalash, talabalarning kasbiy ishbilarmonlik muloqotga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan;
talabalarning chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va shart-sharoitlarini texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy ishbilarmonlik muloqotning nazariy asoslari, samarali muloqot texnologiyasi va texnikasi, muloqotning verbal va noverbal vositalari, madaniyatlararo muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari bilan amaliy tanishtirishga mo‘ljallangan tanlov va qo‘shimcha fanlarni joriy etish, fanlararo integratsiyalashuvga asoslangan, ijodiy va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan, ta’lim jarayonini interaktiv va refleksiv tavsiflovchi kompleks texnologik ta’minotni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar English for learners” nomli elektron darslik mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining ID:778288837450174 raqamli mualliflik guvohnomasi). Natijada talabalarning chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetentligini fanlararo integratsiyalashuvga asoslangan, ijodiy va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan, ta’lim jarayonini interaktiv va refleksiv tavsiflovchi kompleks texnologik ta’minotni ishlab chiqish asosida rivojlantirishga erishilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli strukturasi tizimli, shaxsga yoʼnaltirilgan, faoliyatga doir, kommunikativ, kompetensiyaviy yondashuvlarni hamda bo‘lajak mutaxassislarda kognitiv, kommunikativ, lingvistik, madaniyatlararo, AKTga oid, tashkilotchilik hamda kasbiy-shaxsiy-integratsion kompetensiyalarni kompleks rivojlantirish orqali takomillashtirishga oid takliflar texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan Nemis tili darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2024 yil 30.08 dagi 9- sonli bayonomasi - ro‘yxatga olish raqami 9-228). Natijada talabalarning chet tilida so‘zlashuv, yozish, tinglash va o‘qish kabi kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, texnik sohada kasbiy ishbilarmonlik muhitida samarali muloqot qilish imkoniyatlari yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish mezon va ko‘rsatkichlarini talabalarga muloqot strategiyalarini o‘rgatish (turli ishbilarmonlik ssenariylari - professional suhbatlar, elektron pochta orqali aloqa, muhokamalar va prezentatsiyalar), kasbiy leksika va iboralarni kengaytirish (professional jargon va terminlarni o‘zlashtirishga qaratilgan maxsus seminar va treninglar), interaktiv o‘qitish usullari (rolli o‘yinlar va simulyasiyalar) tashkil qilish, ta’lim materiallarini (onlayn platforma va mobil ilovalardan foydalanish, yangi tendensiyalar va xalqaro standartlar)ga moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan Nemis tili darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2024 yil 30.08 dagi 9- sonli bayonomasi - ro‘yxatga olish raqami 9-228). Natijada talabalarga o‘z kasbiy sohasiga oid terminologiyani va texnik matnlarni mobil ilovalar orqali o‘zlashtirish, o‘z kasbiy sohasidagi yangi tendensiyalar va xalqaro standartlar bilan yaqindan tanishish, chet el mutaxassislari bilan samarali kasbiy ishbilarmonlik muloqotni amalga oshirishga imkoniyatlar yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kasbiy ishbilarmonlik muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning invariant texnologik algoritmini bosqichlari (motivatsion – ragʼbatlovchi, tahliliy, faollashtirish, produktiv, ijodiy, baholash-korreksiyalash, refleksiv)ga mos mazmun, metod, shakl va vositalarini tanlash va amaliyotga joriy etish asosida ishlab chiqish bo‘yicha takliflar texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan Nemis tili darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2024 yil 30.08 dagi 9- sonli bayonomasi - ro‘yxatga olish raqami 9-228). Natijada talabalarning o‘z faoliyatlarini baholash va o‘zgarishlarni kiritish, o‘z-o‘zini baholash, tengdoshlarini baholash, o‘zaro bir-birini baholash, o‘z xatolarini tahlil qilish, ularni tuzatish va rivojlantirishga imkoniyatlar yaratilgan.