Ikramov Farxod Aktamovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’limni tashkil etish asosida talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi (O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8190.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaynazarov Baxrom Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalari mustaqil ta’limini tashkil etish asosida talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rgatishning didaktik asoslari talabalarga faol fuqarolik kompetensiyasi (ma’lumot bilan ishlash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, to‘g‘ri muloqat)ni shakllantirish imkoniyatlari fan mazmunini qulay etkazishning (optimallashtirish, jadallashtirish, pragmatiklik) maqbulligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan; 
talabalar faol fuqarolik kompetentligi (zaruriy huquqiy ma’lumotlarni topish, bilimlarini shaxsiy faoliyatida qo‘llash, o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish)ni shakllantirish modeli o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlari (texnologiyalar, shakl va vositalari)ni qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim tizimida talabalar faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda qo‘llaniladigan ijodiy didaktik materiallar axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minotlar ishlab chiqish asosida mazmunan boyitilgan;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitishda talabalarning faol fuqarolik kompetensiyani shakllantirish metodikasining tashkiliy komponenti variativlik va individuallikni ta’minlashga xizmat qiladigan (ijodiy, kreativlikka yo‘naltirilgan, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan topshiriqlar, evrologik layoqatlar) mustaqil bilish faolligi bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi produktiv (faol fuqarolik)ligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitishda talabalarning faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rgatishning didaktik asoslarini hamda ularni ta’lim jarayoniga qo‘llashda talabalarning faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish imkoniyatlari fan mazmunini qulay etkazishning (optimallashtirish, jadallashtirish, pragmatiklik) maqbulligini ta’minlash bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-95 “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” mavzusidagi fundametal loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-martdagi 04/11-3683-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalariga O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mazmunini yoritishda faol fuqarolik ko‘nikmalari, kompetentlik me’zonlari joriy etilgan;
talabalar faol fuqarolik kompetentligi (zaruriy huquqiy ma’lumotlarni topish, bilimlarini shaxsiy faoliyatida qo‘llash, o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish)ni shakllantirish modeli o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlarini qo‘llashga ustuvorlik berish asosidagi tavsiyalardan IL-4821091548-sonli «Zamonaviy tahdid va da’vatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ongi shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari» amaliy loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-martdagi 04/11-3684-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari hamda mustaqil ta’limni tashkil qilish samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim tizimida talabalar faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish, xalqaro baholash talablariga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan ijodiy didaktik materiallar, axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minotlar ishlab chiqish asosida mazmunani «Kreativ pedagogika» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i, №779862 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning iqtisodiy va ijtimoiy bilim olishning o‘quv-didaktik imkoniyatlari yaratilgan;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitishda talabalarning faol fuqarolik kompetensiyani shakllantirish metodikasining tashkiliy komponenti variativlik va individuallikni ta’minlashga xizmat qiladigan mustaqil bilish faolligi bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi produktivligini ta’minlashga doir tavsiyalar «Kreativ pedagogika» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i, №779862 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, kreativlikka yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida talabalarda faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish