Ibadullaeva Sharofat Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish”. 13.00.03-Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7220.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kasbiy o‘sishning xususiy identifikatsiya bosqichiga inklyuzivlik tamoyilini axborot-texnologik komponent tarkibida umumdidaktik maqsadlarda singdirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion mexanizmlari pedagogik qarorlar va qadriyatlarni real sintezda modellashtirishning refleksiv prognozlash metodlarini nuqsonlarni korreksiyalash jarayonida dinamik simulyasiyada qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning integrativ modeli kognitiv-motivatsion, amaliy-metodik va individual-refleksiv mezonlarda talabalarning profiprogress xaritasini inklyuziv va korreksion ta’lim metodlari integratsiyasida joriy nazoratlar bazasida klasterli yuritish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minoti kasbiy fobiya va stereotiplarni korreksiyalashga qaratilgan kasbiy portret va monitoring kompleksini nogironlik toifasi bo‘yicha amaliy traektoriyada individual transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini pedagogik amaliyot jarayonida kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kasbiy o‘sishning xususiy identifikatsiya bosqichiga inklyuzivlik tamoyilini axborot-texnologik komponent tarkibida umumdidaktik maqsadlarda singdirishga doir takliflari “Nutqning ontogenezda rivojlanishi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i bilan 546-son guvohnomasi). Natijada, talabalarning pedagogik amaliyot jarayonini kasbiy yo‘naltirishning didaktik ta’minotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion mexanizmlari pedagogik qarorlar va qadriyatlarni real sintezda modellashtirishning refleksiv prognozlash metodlarini nuqsonlarni korreksiyalash jarayonida dinamik simulyasiyada qo‘llashga oid tavsiyalari “Surdopsixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i va № 68-776-guvohnomasi). Natijada, talabalarning pedagogik amaliyoti davomida psixologik yondashuvlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak maxsus pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minoti kasbiy fobiya va stereotiplarni korreksiyalashga qaratilgan kasbiy portret va monitoring kompleksini nogironlik toifasi bo‘yicha amaliy traektoriyada individual transformatsiyalashga oid takliflari “Daktilologiya va imo-ishora o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 68-son buyrug‘i va № 55340-guvohnomasi). Natijada, pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning kasbiy-akademik ko‘nikmalarini intensiv rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.