Muminov Komiljon Axmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli Forsayt-texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped7288.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Innazarov Majid Amonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Mamatov Dilmurad Narmuradovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt texnologiyalar asosida takomillashtirish yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari o‘qitish jarayonida talabalarning akademik-ijtimoiy faoliyatini prognostik rejalashtirishga mo‘ljallangan elektron resurslarni kolloboratsiya jarayonda integrativ qo‘llash asosida aniqlashtirilgan; 
raqamli forsayt texnologiyalar asosida talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli tayanch bilimlarni jamlagan invariantiv bazani mustaqil yangilik yaratishga undovchi individual muhitda variativlanishga moslashuvchanligini texnologik ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt texnologiyalar asosida rivojlantirish mexanizmlari talabalarda original qarorlarni modellashtirish, kasbiy prognostika instrumentlarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi http://forsaytinfo.uz platformasini differensial-integral, spiralsimon o‘rganish jarayonida erkin va davriy monitoringda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;  
talabalarda kreativ kompetensiyalar rivojlanganligini baholash mezonlari texnologik yo‘l xaritalari va o‘zaro ta’sir tahlili bo‘yicha kognitiv tajribalarni kreativ prognozda emotsional intellekt dinamikasida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt-texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalar asosida:
talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari o‘qitish jarayonida talabalarning akademik-ijtimoiy faoliyatini prognostik rejalashtirishga mo‘ljallangan elektron resurslarni  kolloboratsiya jarayonda integrativ qo‘llashga oid tavsiyalari “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 438052-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘qitishda nazariy va amaliy axborot xavfsizligiga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt texnologiyalar asosida rivojlantirish mexanizmlari talabalarda original qarorlarni modellashtirish, kasbiy prognostika instrumentlarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi http://forsaytinfo.uz platformasini differensial-integral, spiralsimon o‘rganish jarayonida erkin va davriy monitoringda qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan “Kompyuterning texnik dasturiy ta’minoti” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 29-sentyabr 438-sonli burug‘i bilan tasdiqlangan 491024-raqmli guvohnoma). Natijada, platformaning o‘quv jarayoni bilan amaliy integratsiyasini texnologik ta’minlashga erishilgan;
talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli forsayt texnologiyalar asosida takomillashtirishning gorizontal tarmoqlar, platformalarni takomillashtirishda asosiy raqamli Forsayt ta’lim samaradorligini tarmoqli modeliga asoslangan metodik tuzilmasini takomillashtirilishga doir tavsiya va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitet 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (2024-yil 05-noyabr № 04/1-3150 son ma’lumotnoma). Natijada, raqamli forsayt ta’lim tizimini o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash asosida axborot–ta’lim muhiti (e–learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlash, o‘qitishda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlashda tizimli didaktik ta’minotini rivojlantirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish