Yuldasheva Nilufar Nazarovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6684.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sapa Matchanov, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temur Ismoilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqodchilik kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni tadqiqotchilik kompetensiyasini bosqichma-bosqich shakllantirish va rivojlantirish jarayonini tartibga soluvchi ilmiylik, uzlyuksizlik, fasilitatsiya hamda refleksivlik tamoyillarini o‘zaro integratsiyalashgan pedagogik shart-sharoitlarga muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantiruvchi metodik model maqsad, tashkiliy-mazmuniy, jarayon, tashhis va natija bloklarini qamrab olgan bo‘lib, integtativ yondashuv, raqamli ta’lim resurslari hamda motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv monitoringni o‘z ichiga oluvchi algoritmlashgan uzlyuksiz qayta aloqa mexanizmi asosida takomillashtirilgan;
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodlar an’anaviy ta’lim shakllarini loyihalash texnologiyasi hamda “ATT”, “Art-radar”, “Digital history”, “Jurnalistik surishtiruv”, “Arxiv izquvari” kabi usullarni o‘z ichiga olgan lokal modulli texnologiyadan iborat innovatsion ta’lim shakllari bilan integratsiyalashtirib tashkiliy-pedagogik hamda didaktiv shart-sharoitlarni 3D rekonstruksiyalar, interaktiv xaritalar va elektron darsliklardan iborat raqamli platformalar asosida takomillashtirilgan;
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllanish, rivojlanish va ijodiy tanqid etish bosqichlarida baholash motivatsion, kognitiv, faoliyatli hamda refleksiv mezonlar tizimi orqali amalga oshirilib, u raqamli monitoring, portfolio tahlil va evristik topshiriqlarga tayangan kompleks indikatorlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni tadqiqotchilik kompetensiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirish jarayonini tartibga soluvchi ilmiylik, uzlyuksizlik, fasilitatsiya, refleksivlik tamoyillarini o‘zaro integratsiyalangan pedagogik shart-sharoitlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tarixiy o‘lkashunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan 712299-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tarixiy o‘lkashunoslik fanini o‘qitishning didaktik ta’minotini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantiruvchi tashkiliy-mazmuniy, jarayon, tashxis va natija bloklarini integrativ yondashuv, raqamli ta’lim resurslari hamda motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv monitoringni o‘z ichiga olgan metodik model amaliyotga joriy qilingan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyundagi 11-05-3701/04-raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur model talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodlar tashkiliy-pedagogik hamda didaktik shart-sharoitlarni 3D rekonstruksiyalar, interaktiv xaritalar va elektron darsliklarni yaratish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar “Tarixiy o‘lkashunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan 712299-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
tarixiy o‘lkashunoslik manbalari vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv kabi mezonlarini raqamli monitoring, portfolio tahlili va evristik topshiriqlardan iborat kompleks indikatorlar orqali takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 12-martdagi 105-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tadqiqotchilik kompensatsiyasini rivojlantirish darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv kabi mezonlarini umumlashtirish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.