Mambetov Bayram Jaksimuratovichning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda olimpiya ta’limi va harakati rivojlanishining ijtimoiy-pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped304
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika Instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy maslahatchi: Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Mehriddin Junaydulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda olimpiya ta’limi va harakati rivojlanishining nazariyasi va amaliyotini o‘rganish orqali takomillashtirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar nazariy-metodologik asoslari, pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etish va o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtirishga oid ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda olimpiya harakati rivojlanishining ijtimoiy pedagogik asoslari olimpizm, olimpiya ta’limi, milliy-ma’naviy tarbiya konsepsiyalari, aksiologik, shaxsga yo‘naltirilgan, ijtimoiy konsruktivizm, kollaborativ yondashuvlarga asoslangan holda aniqlashtirilgan;
olimpiya ta’limi mazmuni gumanistik-qadriyatli, ilmiy-tarixiy, integratsiya, amaliy yo‘naltirilganlik, milliy hamda umuminsoniy qadriyatar uyg‘unligi prinsiplariga tayanib, tarixiy, aksiologik, ijtimoiy pedagogik, axloqiy-huquqiy, sog‘lom turmush tarzi, milliy-madaniy bilimlar blokini boyitishni nazarda tutgan holda takomillashtirilgan;
olimpiya ta’limi va harakatini rivojlantirish jarayoning pedagogik modelining tarkibiy qismlari maqsadli, mazmunli, metodik-texnologik, faoliyatli, ijtimoiy pedagogik, baholovchi-diagnostik, natijaviy komponentlarni o‘z ichiga olib keys-stadi, rolli o‘yinlar va simulyasiya, loyiha ta’limi, debat va dikussiya, volontyorlik va servis-learning, mentorlik, refleksiv kundalik, portfoliya kabi metodlar hamda periferik baholash mezonlari qadriyatli-xulqiy, ijtimoiy-madaniy integratsiya, motivatsion-emotsional, kommunikativ, sotsiometrik, fuqarolik va ijtimoiy faolllik, institutsional-tashkiliy, uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatish ko‘lamini kengayitirish asosida takomillashtirilgan;
talaba-yoshlar, o‘quvchi va murabbiylarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarning tarkibiy qismi sifatida qadriyatli-axloqiy, kommunikativ, ijtimoiy-fuqarolik, madaniy xilma xillikni qabul qilish, refleksiv va madaniy inklyuziv ko‘nikmalarni rivojlantirish strategiyalari: qadriyatlarga yo‘nalganlik, madaniy xilma xillikni tan olish va muloqot, ijtimoiy faollikka undash, shaxsga yo‘naltirilgan refleksiv, mexanizmlari: institutsional, faoliyatga yo‘nalganlik, ijtimoiy-psixologik, refleksiv-baholovchi, madaniy-integrativ kabilarni qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
O‘zbekiston olimpiya ta’limi va harakatida pedagogik jarayonning mavjud tuzilmaviy komponentlari asosiy yo‘nalishining darajasi va ko‘rsatkichlarni taqqoslash, prognozlash, samaradorligini bosqichma-bosqich aniqlash asosida olimpiya ta’limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan Grassroots dasturlari sport diplomatiyasi, virtual o‘quv muhiti, mentorlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda olimpiya harakati rivojlanishining ijtimoiy-pedagogik asoslariga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekistonda olimpiya harakati rivojlanishining ijtimoiy pedagogik asoslari olimpizm, olimpiya ta’limi, milliy-ma’naviy tarbiya konsepsiyalari, aksiologik, shaxsga yo‘naltirilgan, ijtimoiy konsruktivizm, kollaborativ yondashuvlarga asoslangan holda aniqlashga oid tavsiyalardan 51010601-Trener (faoliyat turlari bo‘yicha) malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 17-dekabrdagi 06-01/06/12/9288-son ma’lumotnomasi). Natijada, olimpiya ta’limining tarbiyaviy-pedagogik jihatlari, ijtimoiy-pedagogik asoslariga yo‘naltirilgan ilmiy-nazariy yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
olimpiya ta’limi mazmuni gumanistik-qadriyatli, ilmiy-tarixiy, integratsiya, amaliy yo‘naltirilganlik, milliy hamda umuminsoniy qadriyatar uyg‘unligi prinsiplariga tayanib, tarixiy, aksiologik, ijtimoiy pedagogik, axloqiy-huquqiy, sog‘lom turmush tarzi, milliy-madaniy bilimlar blokini boyitishni nazarda tutgan holda takomillashtirishga oid takliflar “Erkin go‘resh teoriyasi hám metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi 89-06-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, olimpiya ta’limi mazmuni milliy hamda umuminsoniy qadriyatar, tarixiy, aksiologik g‘oyalar bilan boyitilgan, o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy pedagogik, axloqiy-huquqiy, milliy-madaniy bilimlarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
olimpiya ta’limi va harakatini rivojlantirish jarayoning pedagogik modelining tarkibiy qismlari maqsadli, mazmunli, metodik-texnologik, faoliyatli, ijtimoiy pedagogik, baholovchi-diagnostik, natijaviy komponentlarni o‘z ichiga olib keys-stadi, rolli o‘yinlar va simulyasiya, loyiha ta’limi, debat va dikussiya, volontyorlik va servis-learning, mentorlik, refleksiv kundalik, portfoliya kabi metodlar hamda periferik baholash mezonlari qadriyatli-xulqiy, ijtimoiy-madaniy integratsiya, motivatsion-emotsional, kommunikativ, sotsiometrik, fuqarolik va ijtimoiy faolllik, institutsional-tashkiliy, uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatish ko‘lamini kengayitirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Erkin go‘res teoriyasi hám metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi 89-06-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda olimpiya ta’limi va harakati doirasida pedagogik jarayon loyihasini amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlari tizimini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan;
talaba-yoshlar, o‘quvchi va murabbiylarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarning tarkibiy qismi sifatida qadriyatli-axloqiy, kommunikativ, ijtimoiy-fuqarolik, madaniy xilma xillikni qabul qilish, refleksiv va madaniy inklyuziv ko‘nikmalarni rivojlantirish strategiyalari: qadriyatlarga yo‘nalganlik, madaniy xilma xillikni tan olish va muloqot, ijtimoiy faollikka undash, shaxsga yo‘naltirilgan refleksiv, mexanizmlari: institutsional, faoliyatga yo‘nalganlik, ijtimoiy-psixologik, refleksiv-baholovchi, madaniy-integrativ kabilarni qo‘llash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Sport pedagogikaliq sheberligin asiriw dzyudo” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 937348-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarga mahalliy va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishga yoshlarni samarali tayyorlash, ularning professional mahoratini oshirish, sportchilarning psixologik tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
O‘zbekiston olimpiya ta’limi va harakatida pedagogik jarayonning mavjud tuzilmaviy komponentlari asosiy yo‘nalishining darajasi va ko‘rsatkichlarni taqqoslash, prognozlash, samaradorligini bosqichma-bosqich aniqlash asosida olimpiya ta’limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan Grassroots dasturlari sport diplomatiyasi, virtual o‘quv muhiti, mentorlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Erkin go‘res teoriyasi hám metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-556-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, olimpiya ta’limi va harakati rivojlantirish, ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini akmeologik darajaga ko‘tarish imkoniyatini samarali aniqlashga erishilgan.