Alimova Shamsiya Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped 4720
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Narziqulova Dilnoza Hoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonova O‘lmasoy Usmonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirish mazmuni va pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo’uisha taklif va tavsiualar ishlab shiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida ma’naviyat tushunchasi va uning shaxs kamolotidagi ahamiyatini rivojlantirishning innovatsion yondashuv asosida ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar kabi pedagogik omillariga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’sirini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va mezonlari milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy kabi ma’naviyatni yuksaltirish ko‘rsatkichlari mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan hamkorlik, istiqbolli, rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash talablari asosida takomillashtirilgan;
xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-qadriyatli, kognitiv, texnologik, kompetensiyaviy talablarning samaradorlik darajasi tajriba-sinov asosida aniqlashtirilgan hamda metodik tavsiualar ishlab shiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi:
oliy ta’lim tizimida ma’naviyat tushunchasi va uning shaxs kamolotidagi ahamiyatini rivojlantirishning innovatsion yondashuv asosida ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar kabi pedagogik omillariga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’sirini ochib berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Umumiy pedagogika va psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 02-iyuldagi 452-sonli buyrug‘i). Natijalar xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirish manbalarini va resurslarini kengaytirishga xizmat qilgan;
xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va mezonlari milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy kabi ma’naviyatni yuksaltirish ko‘rsatkichlari mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosa va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 20-iyun, 2024-yildagi 01-04/3418-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan;
xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli, rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga oid xulosa va tavsiyalar “Xalq pedagogikasi” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 09.07.2024-yildagi 4/17-4/4-11733-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishning asosiy metodologik tamoyillari, qoidalarini aniqlashga va asoslashga xizmat qilgan;
xalq pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-qadriyatli, kognitiv, texnologik, kompetensiyaviy talablarning samaradorlik darajasiga oid xulosa va tavsiyalar oliy taʼlim jarayoni sifatini oshirish imkonini bergan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 09.07.2024-yil yildagi 4/17-4/4-11733-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq pedagogikasi vositasida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va pedagogik jarayon tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan;