Yuldoshova Zarnigor Sayfullo qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sterjenning harakatlanuvchi dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi tebranishlari dinamikasini baholash” (Osenka dinamiki kolebaniy sterjnya v sochetanii s podvijnim dinamicheskim gasitelem) 01.02.01 – Nazariy mexanika (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD/FM1355
Ilmiy rahbar: Xodjabekov Muradjon Usarovich fizika matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.FM/T.16.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ravshan Shukurovich Indiaminov – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xaydarov Ilxom Qudratovich – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘quv-metodik ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, ta’lim xizmatlari markazi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitet
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali sterjenning harakatlanuvchi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarini matematik modellashtirish va dinamikasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali sterjenning harakatlanuvchi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
sterjenning harakatlanuvchi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarida uzatuvchi funksiyasini analitik ko‘rinishda sistema parametrlariga bog‘liq holda aniqlangan;
sterjenning harakatlanuvchi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarida dinamik so‘ndirgichning optimal parametrlarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
dinamik so‘ndirgichning harakati davomida sterjenning turli nuqtalarda bo‘lganda uning zararli tebranishlarni so‘ndirishdagi effektivligi sistema parametrlarining turli qiymatlari uchun aniqlangan; 
sistema konstruktiv parametrlari va o‘zgaruvchilarining turli qiymatlarida tebranishlardan himoyalanuvchi sterjen dinamikasini baholashning sonli tahlil etish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sterjenning harakatlanuvchi dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi tebranishlari dinamikasini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
harakatlanuvchi dinamik so‘ndirgich va sterjenning birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarida dinamik so‘ndirgichining optimal parametrlarini aniqlash usuli hamda konstruktiv parametrlarining turli qiymatlarida dinamikasini baholashning sonli tahlil etish algoritmidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Tramvay liniyalarini ekspluatatstya qilish direksryasi” davlat korxonasida transport vositalari qismlari harakatlarini matematik modellashtirishda va dinamikasini baholashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 02.06.2025 yildagi № 04/6098 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transport vositalari qismlarining tashqi ta’sirlardagi tebranishlarini matematik modelini ishlab chiqishga va dinamikasini baholashga hamda zararli tebranishlar amplitudasini materiallar turiga qarab 42-55 % gacha kamaytirishga, materialllarning yaroqlilik muddatini oshirish uchun tekis taqsimlangan parametrli transport vositalari qismlarning qo'shimcha mustaxkamlanishini yoki kuchaytirilishini aniq baholashga erishilgan. 
tebranishlarning matematik modelidan va sistema konstruktiv parametrlari, o‘zgaruvchilarining turli qiymatlarida tebranishlardan himoyalanuvchi sterjen dinamikasini baholashning sonli tahlil etish algoritmidan davlat dasturlari doirasida 2021-2023 yillarda Andijon davlat texnika istitutida bajarilgan UZB-IND 2021-85 “Nano-termoplast (polipropilen), reaktoplast (epoksid smolasi asosida), nano o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik hamda tribologik xossalarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda qo‘llanilgan (Andijon davlat texnika istitutining 29.11.2025 yildagi № 01-03-3752 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polimer materialli konstruksiya elementlarining harakatlarida matematik modelini ishlab chiqish va dinamikasini sonli tahlil etish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish