Kabilova Kamola Mumindjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qadoqlash mahsulotlarini chop etish sifatini ta’minlash uchun to‘qimachilik chiqindilarini qo‘shib qog‘oz massasini modifikatsiyalash” mavzusidagi dissertatsiya ishi 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5346.
Ilmiy rahbar: Djalilov Anvar Abdugafarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktor, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc. 03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Dilshod Chorshanbievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadoqlash mahsulotlarini chop etish sifatini ta’minlash uchun to‘qimachilik chiqindilari asosida qog‘oz massasini modifikatsiyalash imkoniyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tolali tarkibi paxta sellyulozasi va 50% gacha miqdorda to‘qimachilik mato chiqindilaridan iborat modifikatsiyalangan massani 45 °ShR qiymatda yanchish orqali qadoqlash qog‘ozini olishning resurstejamkor texnologiyasi takomillashtirilgan;
tarkibida to‘qimachilik mato chiqindilari mavjud qadoqlash qog‘ozini olish uchun gidroksipropilmetilsellyuloza va modifikatsiyalangan kation kraxmali asosidagi elimlovchi moddalardan 2% gacha miqdorda foydalanishda qog‘oz mustahkamligining oshishi aniqlangan;
tarkibida to‘qimachilik mato chiqindilari mavjud qadoqlash qog‘ozining fizik-mexanik va bosma-texnik xususiyatlari, qog‘oz kompozisiyasi tarkibining bosma nusxalari sifatiga bog‘liqlik darajasi IQ-spektroskopik va rang parametrlari tahlili asosida aniqlangan;
paxta sellyulozasi va to‘qimachilik mato chiqindilaridan tayyorlangan qadoqlash qog‘ozi fizik-mexanik ko‘rsatkichlari (silliqligi va zichligi)ning nusxalarni chop etishda optik zichliklarning shakllanishiga ta’siri natijalarni qayta ishlashning kichik kvadratlar usuli orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy xomashyodan foydalanib yangi tarkibli to‘qimachilik mato chiqindilari asosida qadoqlash qog‘ozi tayyorlash, fizik-mexanik va bosma-texnik xossalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida tolali chiqindilar bo‘lgan qadoqlash qog‘ozi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va MChJ “G‘.G‘ulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida joriy qilingan (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 2025 yil 5 noyabrdagi 2/21-147-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi modifikatsiyalangan tarkibli, yuqori darajadagi mexanik mustahkamlikka ega qadoqlash qog‘ozi olish imkoniyati yaratilgan hamda mahalliy xomashyo va chiqindilar asosida olingan qadoqlash qog‘ozi sifat bo‘yicha meyoriy hujjatlar talablarga javob beruvchi rangli nusxalar olishga va 42% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.