Qahhorov O‘ktam Abduraximovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Poymadagi oqimni suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar yordamida ikki tomonlama siqilishini hisoblashning nazariy va eksperimental usullarini asoslash”, 05.09.06– “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T863
Ilmiy rahbar Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti  huzuridagi DSc.17/2025.27.12.T.01.01  raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaqulov Rustam, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Mavlanov To‘lqin  texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oqimning barqaror va nobarqaror rejimlari sharoitida o‘zan va poymalardagi oqimning o‘zaro ta’sirini, o‘zan va poymalarning turli g‘adir-budurligini hisobga olgan holda poymada joylashgan ikki tomonlama ko‘ndalang dambalarning konstruksiyalarini va hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qirg‘oqlarni himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida dambaning strelkasimon kallagi daryo tubining yuvilishini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
o‘zan va poymadagi chuqurliklar nisbatini inobatga olgan holda nosimmetrik poymali daryolarda o‘zan va poyma oqimlarining o‘zaro ta’sir zonalari o‘lchamlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
turbulent oqimlar nazariyasini inobatga olgan holda dambalar bilan simmetrik va nosimmetrik siqilgan oqimning siqilgan kesimdagi, siqilish va yoyilish zonalaridagi tezliklar maydonini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
 poymadagi tanasidan suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar bilan simmetrik va nosimmetrik siqilgan oqim parametrlarini aniqlash bo‘yicha grafik va analitik bog‘liqliklar ikkitadan bir jinsli zonalar shakllanishini inobatga olib takomillashtirilgan;
o‘zan va poymaning har xil g‘adir-budurligi sharoitida oqimning potensial energiyasini tiklanish zonasida plandagi o‘lchamlarini hisoblash usuli chegaralangan xududda taralayotgan turbulent oqimlar nazariyasini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan;
tanasidan suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar bilan ikki tomonlama siqilgan holat uchun poyma-o‘zan oqimlarining barqaror va nobarqaror xarakatlarini sonli modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poymadagi oqimni tanasidan suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar yordamida ikki tomonlama siqilishini hisoblashning nazariy va eksperimental usullarini asoslash natijalari asosida:
barqaror rejimda kichik va katta girdob zonalarini hisoblash usuli "Gidroproekt" Aksionerlik Jamiyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 fevraldagi 02/9-924-son ma’lumotnomasi). Natijada  qirg‘oqni himoyalash dambalarni loyihalashda dambalar orasidagi masofalarni aniqlash va ularni tizimda joylashtirish (kompanovkalash) masalalarini raqamlashtirish ikkoniyati yaratilgan;
ko‘ndalang dambalar va oqimni o‘zaro ta’sirining ishlab chiqilgan sonli modeli Chap qirg‘oq dambalari boshqarmasida Amudaryoning Xonqa uchastkasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 fevraldagi 02/19-924-son ma’lumotnomasi). Natijada qirg‘oqni himoyalovchi dambalardan foydalanishda ishonchlilik va xavfsizlikni oshirish imkoniyati yaratilgan;
nobarqaror rejimlarda ikki tomonlama dambalarni hisoblash usuli  Qirg‘oq himoya dambalari va o‘zan rostlash inshootlari boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 fevraldagi 02/19-924-son ma’lumotnomasi). Natijada dambalar kompanovkasi va tezliklar maydonini elektron hisoblash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish