Rasulova Nargiza Fayzullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pilla chuvishda foydalaniladigan texnologik suv tayyorlash usulini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5978.
Ilmiy rahbar: Islambekova Nigora Murtozaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaxmedova Munisa Hakimjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Raximov Akmal Alisherovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sifatli xom ipak ishlab chiqarishga erishish uchun pilla chuvishda foydalaniladigan texnologik suv tayyorlash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    pilla chuvish jarayonida qo‘llaniladigan suvning xususiyatlarini ifodalovchi ko‘p faktorli regressiya bog‘lanishlarni tahlili  asosida texnologik suv tayyorlashning rasional ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
    suvning umumiy qattiqligi, ishqoriyligi va pH muhitini serisinning erish kinetikasiga va pilla qobig‘ining bo‘kishiga salbiy ta’siri suvning qattiqligini tahlil qilish asosida aniqlangan,  ion almashinish orqali suvni yumshatish usuli ishlab chiqilgan;
    pilallarni chuvishga tayyorlashda bir tekis bug‘lash va  ichiga suv to‘ldirishni yanada yaxshilash uchun ultratovush bilan ishlov berish orqali suv harakatini faollashtirish asosida  pillani bug‘lash uskunasi takomillashtirilgan;
    texnologik suvning pH, ishqoriyligi, qattiqligini rasional tarkibi va uni tayyorlash texnologik rejimlari  pilla chuvishda suv xossalarining xom ipak va boshqa ipak mahsulotlari chiqishiga ta’sirini tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Pilla chuvishda foydalaniladigan texnologik suv tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
 tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, jumladan Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan “Tashkent Silk Pro” QK  hamda “Turon Silk Pro” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 29 iyulgi 4-2/1305-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnologik suvni tayyorlash, bug‘lash jarayonini takomillashtirish asosida, amaldagi standart bo‘yicha A sinfiga mos sifatli xom ipak ishlab chiqarilib,  pillalarni chuvish jarayonidagi solishtirma sarf “Tashkent Silk Pro” QK da 3,1 kg dan 2,7 kg gacha, “Turan Silk Pro” MChJ da 3,2 kg dan 2,7 kg gacha qisqartirish, orqali bir kilogramm xom ipak ishlab chiqarish uchun ketadigan pilla xomashyosi sarfini 10–12% ga kamaytirilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish