Ibrohimov Boburmirzo Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrotadbirkorlik subektlarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish», 08.00.15 – tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4825.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxromjon Ibrohimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat texnika universiteti Israilov Rustam Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti G‘oyipnazarov Sanjar Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrotadbirkorlik subektlarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «agrar sohada innovatsion faoliyat samaradorligi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahsulotni qayta ishlash va ishlab chiqarish, texnologik, agro-ekologik, tashkiliy yo‘nalishlarga taqsimlash hamda ijtimoiy va ekologik jihatdan foydalilik darajasini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
agrotadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlanishining “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarini texnologik innovatsiya (Tiyu > 75; 50 < Tio‘ < 75; Tip < 50), innovatsion investisiyalar (Iisyu > 1,0; 0,5 < Iiso‘ < 1,0; Iisp < 0,5), innovatsion ishlab chiqarish samaradorligi (Ichyu > 1,0; 0,6 < Icho‘ < 1,0; Ichp < 0,6) tizimlari bo‘yicha toifalarga ajratish asoslangan;
tadbirkorlik subekti darajasida innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida baholash va tanlash mexanizmi innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish va tanlash taomillarining “moslashuvchan izchilligi”ni joriy etish orqali takomillashtirilgan;
Namangan viloyati bo‘yicha agrotadbirkorlik subektlarining innovatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik faoliyatida innovatsion muhitni tashkil etish samaradorligini oshirish yo‘llari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «agrar sohada innovatsion faoliyat samaradorligi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahsulotni qayta ishlash va ishlab chiqarish, texnologik, agro-ekologik, tashkiliy yo‘nalishlarga taqsimlash hamda ijtimoiy va ekologik jihatdan foydalilik darajasini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallaridan oliy oʼquv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 07 maydagi 149-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabarlarda «agrar sohada innovatsion faoliyat samaradorligi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni boʼyicha yangi bilim va koʼnikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan;
agrotadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlanishining “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarini texnologik innovatsiya (Tiyu > 75; 50 < Tio‘ < 75; Tip < 50), innovatsion investisiyalar (Iisyu > 1,0; 0,5 < Iiso‘ < 1,0; Iisp < 0,5), innovatsion ishlab chiqarish samaradorligi (Ichyu > 1,0; 0,6 < Icho‘ < 1,0; Ichp < 0,6) tizimlari bo‘yicha toifalarga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06/26-4-05/8272-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida viloyatdagi agrotadbirkorlik sub’ektlarida oʼzining texnologik innovatsiya, innovatsiya uchun investitisiyalar, innovatsion ishlab chiqarish samaradorligi tizimlari bo‘yicha baholash imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik subekti darajasida innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida baholash va tanlash mexanizmi innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish va tanlash taomillarining “moslashuvchan izchilligi”ni joriy etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06/26-4-05/8272-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalarda innovatsion loyixalarni qo‘llanilishi hisobiga ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari 3 foizga pasayishiga va mahsulot ishlab chiqarish xajmi 2 foizga oshirilishiga erishilgan;
Namangan viloyati bo‘yicha agrotadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06/26-4-05/8272-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasining 2028-yilga qadar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni asosiy ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasi oshirishga erishilgan.