To‘ychieva Ra’no Almamatovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Hindiston tashqi siyosiy strategiyasi” mavzusidagi 23.00.04 – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ss82
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02
Rasmiy opponentlar: 
Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor.
Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor
Raximov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Hindiston tashqi siyosiy strategiyasining konseptual asoslari, ustuvor yo‘nalishlari va siyosiy-institutsional mexanizmlarini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqaviy va global darajadagi tashqi siyosatini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Hindiston tashqi siyosatining tarixiy-genetik evolyusiyasi – mustamlakachilikdan keyingi suverenitetni mustahkamlash, bloklarga qo‘shilmaslik, strategik avtonomiya, mintaqaviy yetakchilik va Global Janub diskursi asosida tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish amaliyotidagi operatsion ifodasini tushuntiruvchi “Dinamik ko‘p vektorli tashqi siyosat” modeli ishlab chiqilgan va asoslab berilgan;
Hindistonning Global Janub maydonidagi rolini “diskursiv pozisiya – institutsionalashuv – tashabbus/loyiha – xalqaro natija” ketma-ketligida baholashga mo‘ljallangan “diskursiv-konversiya modeli” ishlab chiqilib, u adolat, tenglik va inklyuzivlikka tayangan pozisiyalarni sammitlar va qo‘shma formatlar orqali institutsional mexanizmlarga, keyin esa loyiha portfeli, sheriklar tarmog‘i, koalision barqarorlik hamda inqirozlarda vositachilik kabi amaliy natijalarga aylanishini aniqlashga xizmat qilishi isbotlangan;
Hindiston tashqi siyosatida ichki va tashqi determinantlar o‘zaro ta’sirini tavsifiy tahlildan o‘lchovli baholash bosqichiga o‘tkazuvchi amaliy indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, mazkur tizim tashqi siyosiy qarorlarni “aktor–institut–resurs–risk” zanjiri asosida milliy–mintaqaviy–global darajalarda dekompozisiya qilib, strategiya variantlarini solishtirma baholash va risk–imkoniyat profilini aniqlashga xizmat qilishi dalillangan;
Zamonaviy davrda Hindiston tashqi siyosati institutsional strukturasida kechgan transformatsiyalar tahlili asosida “institutsional adaptatsiya konturi” ishlab chiqilib, mazkur kontur institutsional o‘zgarish parametrlarining, qaror qabul qilishdagi koordinatsiya, resurs mobilizatsiyasi mexanizmlari hamda tashqi siyosiy natija o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini operatsion indikatorlar va qiyosiy keys tahlili asosida aniqlashga xizmat qilishi dalillangan;
Hindistonning “muvozanatli ko‘p tomonlama sheriklik” konsepsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi diversifikatsiya ehtiyoji va mavjud institutsional infratuzilmasi kontekstida metodologik asos sifatida olinib, tashqi siyosatni boshqarishning uch yo‘nalishli modeli (“Geo-diplomatic 3D model” – diplomatiya, diversifikatsiya, raqamli xavfsizlik) ishlab chiqildi. Mazkur model doirasida geosiyosiy tahdidlar, resurslarga bog‘liqlik va tashqi bosimlar dinamikasini raqamli monitoring qilishga ixtisoslashgan “Geo-balance monitoring” hamda milliy tahlil markazlari va vakolatli idoralarning axborot manbalari bilan integratsiyalashuvchi “UzStrategicWatch” platformalarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida ishlab chiqilgan asosiy ilmiy yangiliklar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Hindistonning Global Janub maydonidagi rolini “diskursiv pozisiya – institutsionalashuv – tashabbus/loyiha – xalqaro natija” ketma-ketligida baholashga mo‘ljallangan “diskursiv-konversiya modeli” ishlab chiqilib, u adolat, tenglik va inklyuzivlikka tayangan pozisiyalarni sammitlar va qo‘shma formatlar orqali institutsional mexanizmlarga, keyin esa loyiha portfeli, sheriklar tarmog‘i, koalision barqarorlik hamda inqirozlarda vositachilik kabi amaliy natijalarga aylanishini aniqlashga xizmat qilishi haqidagi xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2025 yil 2 maydagi №05-5/695-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa va takliflar Institutning axborot-tahliliy bazasini boyitish, tashqi siyosiy vaziyatlarni ssenariy asosida tahlil qilish va strategik qarorlar uchun risk–imkoniyatlar xaritasini shakllantirishga xizmat qilgan.
Hindistonning “muvozanatli ko‘p tomonlama sheriklik” konsepsiyasi asosida O‘zbekiston tashqi siyosatini diversifikatsiya qilishga qaratilgan geo-diplomatik uch yo‘nalishli model (“Geo-diplomatic 3D modeli” – diplomatiya, diversifikatsiya, raqamli xavfsizlik) taklif etilgani, ushbu model strategik sheriklikni kengaytirish, geosiyosiy tahdidlarni raqamli tahlil qilish va tashqi siyosatda institutsional neytrallikni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Geo-balance monitoring” tizimi hamda “UzStrategicWatch” platformasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy-amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti faoliyatida foydalanilgan (Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 27 maydagi №9/dn-112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar Institut tomonidan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va xorijiy tajribaga doir qiyosiy tahlillar o‘tkazishga xizmat qilgan.
Hindiston tashqi siyosatida ichki va tashqi determinantlar o‘zaro ta’sirini tavsifiy tahlildan o‘lchovli baholash bosqichiga o‘tkazuvchi amaliy indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, mazkur tizim tashqi siyosiy qarorlarni “aktor–institut–resurs–risk” zanjiri asosida milliy–mintaqaviy–global darajalarda dekompozisiya qilib, strategiya variantlarini solishtirma baholash va risk–imkoniyat profilini aniqlashga xizmat qilishi bilan bog‘liq taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatida analitik materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025 yil 20 iyundagi №04/9-08/8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi faoliyatida xalqaro munosabatlar hamda xavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy-analitik materiallarni tayyorlash va ularning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Hindiston tashqi siyosatining tarixiy-genetik evolyusiyasi – mustamlakachilikdan keyingi suverenitetni mustahkamlash, bloklarga qo‘shilmaslik, strategik avtonomiya, mintaqaviy yetakchilik va Global Janub diskursi asosida tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish amaliyotidagi operatsion ifodasini tushuntiruvchi “Dinamik ko‘p vektorli tashqi siyosat modeli” konseptual asos sifatida taklif etilgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatida analitik materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025 yil 20 iyundagi №04/9-08/7-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining faoliyatida xalqaro ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha analitik materiallarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Zamonaviy davrda Hindiston tashqi siyosati institutsional strukturasida kechgan transformatsiyalar tahlili asosida “institutsional adaptatsiya konturi” ishlab chiqilib, mazkur kontur institutsional o‘zgarish parametrlarining, qaror qabul qilishdagi koordinatsiya, resurs mobilizatsiyasi mexanizmlari hamda tashqi siyosiy natija o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini operatsion indikatorlar va qiyosiy keys tahlili asosida aniqlashga xizmat qilishi haqidagi xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025 yil 22 iyuldagi №18/238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosa va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi faoliyatida integratsion loyihalarda ishtirok etishga doir nazariy-amaliy ko‘rsatmalar tayyorlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish