Ulmasova Oygul Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish” (samarqand viloyati misolida) 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.PhD/Iqt5354
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzaev Kulmamat Januzakovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxlieyv Iskandar Suyunovich; iqtisodiyot fanlari doktori,professor Nasimov Dilmurod Abdullaevich
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori samaradorlik hamda daromad olish imkoniyatini yaratuvchi «xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalari samaradorligi» tushunchasi mualliflik ta’rifi takomillashtirildi.
Respublika va uning hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasi kichik biznes korxonalarining innovatsion rivojlanish va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillari asoslanilib va unga ko‘ra innovatsion rivojlanish darajasi bevosita (Mn = 0.64) hamda bilvosita (Kn=0.36) omillar ta’sirini hisobga olgan holda (Ln(1.0)=Mn+Kn=0.64+0.36) takomillashtirilgan.
Hududlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida xizmatlar sohasida kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda “5 qadam raqamli modelli” asosida hamda “Kichik biznes korxonalarini raqamlashtirish platformasi” asosida xizmat ko‘rsatish sohasini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslanildi.
Respublika hududlari xususiyatidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda iqtisodiy matematik usullardan, jumladan Holt-Winters usulidan foydalanilgan holdan 2028-yilgacha kichik biznes subektlarini xizmatlar hajmini oshirishning prognoz parametirlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarni innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori samaradorlik hamda daromad olish imkoniyatini yaratuvchi «xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalari samaradorligi» tushunchasi takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-noyabrdagi 4-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 4-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalari rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlar kengayib, soha samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi;
respublika va uning hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasi kichik biznes korxonalarining innovatsion rivojlanish va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillari asoslanilib va unga ko‘ra innovatsion samaradorlik darajasi bevosita (Mn = 0.64) hamda bilvosita (Kn=0.36) omillar ta’sirini hisobga olgan holda (Ln(1.0)=Mn+Kn=0.64+0.36) takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi №04-07-27-5780-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirishga omillar ta’sirini ekspert baholash natijalaridan foydalanilgan holda baholash imkoniyatiga ega bo‘linib, qo‘shimcha innovatsion samaradorligi 5-6 foizga oshishi asoslanildi;
hududlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida xizmatlar sohasida kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda “5 qadam raqamli modelli” asosida hamda “Kichik biznes korxonalarini raqamlashtirish platformasi” asosida xizmat ko‘rsatish sohasini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish taklifi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi №04-07-27-5780-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyatida hudud xususiyalaridan kelib chiqib xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlanish darajasi
4-5 foizga oshishi asoslanildi;
respublika hududlari xususiyatidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda iqtisodiy matematik usullardan, jumladan Holt-Winters usulidan foydalanilgan holda 2028-yilgacha kichik biznes subektlarini xizmatlar hajmini oshirishning prognoz parametirlari taklifi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi №04-07-27-5780-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida kelajakda kichik biznes tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar xajmining o‘sish prognoz parametrlari ko‘rsatib berilgan. Natijada mazkur taklifdan foydalanish soha taraqqiyoti bo‘yicha istiqbolli dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.