Nasirov Muslimjon Maxsutali-o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nazar Eshonqul asarlarining kognitiv-semantik hamda assotsiativ-struktur tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Fil5471
Ilmiy rahbar: Xasanov Akbarjon Abdurashidovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xojaliev Ismoiljon Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Nazar Eshonqul asarlarini kognitiv hamda assotsiativ aspektda tahlil qilish va muallif asarlaridagi badiiy konseptlar hamda assotsiatsiya mexanizmlarini ko‘rsatish orqali ijodkorning o‘ziga xos uslub mahoratini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy matn tahliliga konseptual aspektda yondashgan holda uni semantik jihatdan shakllantiruvchi kognitiv birliklar va assotsiativ bog‘lanishlarning matn konseptual strukturasidagi o‘zaro aloqasi, badiiy tafakkurning individual kognitiv modellar asosida shakllanishi Nazar Eshonqul asarlarini kognitiv-semantik hamda assotsiativ-struktur yondashuvlar asosida o‘rganish orqali ko‘rsatilgan;
olamning badiiy manzarasini yaratishdagi assotsiativ tafakkurning o‘rni hamda muallif tafakkuri bilan bog‘liq individual dunyoqarash modellari yozuvchining shaxsiy ideolektiga xos kognitiv metaforalar va matn makropropozisiyasini tahlil qilish orqali asoslangan;
yozuvchi asarlaridagi markaziy konseptlar olamni qayta idrok etishga asoslangan individual kognitiv modellar orqali yuzaga chiqishi, badiiy konseptlarning o‘zbek tilining lug‘at boyligi uchun potensial imkoniyat bo‘lishi hamda ularning lisoniy, semantik hamda assotsiativ bog‘liqliklari muallif asarlaridan olingan misollar tahlili yordamida dalillangan;
ijodkor shaxsiy uslubini belgilashda konseptual va psixomental tajribalarga asoslangan assotsiatsiativ bog‘liqliklar aniqlashtirilib, muallif asarlarida faol qo‘llanuvchi stimul birliklar ishtirokida shakllangan o‘xshatish va metaforalarning badiiy matnning semantik yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati assotsiatsiya mexanizmlari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nazar Eshonqul asarlarining kognitiv-semantik hamda assotsiativ-struktur tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
badiiy matn tahliliga konseptual aspektda yondashgan holda uni semantik jihatdan shakllantiruvchi kognitiv birliklar va assotsiativ bog‘lanishlarning matn konseptual strukturasidagi o‘zaro aloqasi, badiiy tafakkurning individual kognitiv modellar asosida shakllanishi Nazar Eshonqul asarlarini kognitiv-semantik hamda assotsiativ-struktur yondashuvlar asosida o‘rganish orqali ko‘rsatilganligi, shuningdek, olamning badiiy manzarasini yaratishdagi assotsiativ tafakkurning o‘rni hamda muallif tafakkuri bilan bog‘liq individual dunyoqarash modellari yozuvchining shaxsiy ideolektiga xos kognitiv metaforalar va matn makropropozisiyasini tahlil qilish orqali asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihada foydalanilgan (2025-yil 16-maydagi 277/1-son ma’lumotnoma). Natijada ushbu loyiha kognitiv modellashning so‘z yasalishi va matn strukturasida ahamiyati xususidagi ilmiy  dalillar bilan boyitilgan;
yozuvchi asarlaridagi markaziy konseptlar olamni qayta idrok etishga asoslangan individual kognitiv modellar orqali yuzaga chiqishi, badiiy konseptlarning o‘zbek tilining lug‘at boyligi uchun potensial imkoniyat bo‘lishi hamda ularning lisoniy, semantik hamda assotsiativ bog‘liqliklari muallif asarlaridan olingan misollar tahlili yordamida dalillanganligiga doir xulosalardan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli amaliy loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan (2025-yil 8-apreldagi 521/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihada badiiy matnni lingvokognitiv aspektda tahlil qilishda kognitiv modellash tamoyillarini aniqlash bilan bog‘liq ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
ijodkor shaxsiy uslubini belgilashda konseptual va psixomental tajribalarga asoslangan assotsiatsiativ bog‘liqliklar aniqlashtirilib, muallif asarlarida faol qo‘llanuvchi stimul birliklar ishtirokida shakllangan o‘xshatish va metaforalarning badiiy matnning semantik yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati assotsiatsiya mexanizmlari asosida isbotlanganligiga oid tahlillardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlarning 2024-2025-yillardagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (2025-yil 15-apreldagi 05-09-475-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv hozirgi adabiy jarayonda muallif shaxsiy ideolekti olamning qayta idrok etilishi natijasida paydo bo‘luvchi assotsiatsiya mexanizmlariga tayanishi xususidagi ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish