Tilyakov Xasan Azizovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashdan keyingi tiklanish bosqichlarida reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish», ixtisoslik shifri: 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib877.
Ilmiy maslaxatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.04.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Gulchexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Saidov Maksud Arifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Yamshhikov Oleg Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashidan keyingi davrda bemorlar uchun jismoniy, texnik hamda funksional-diagnostik chora-tadbirlarni integratsiyalashgan bosqichli yondashuv asosida tibbiy reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish va ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi bemorlarda reabilitatsiya jarayonida og‘riq sindromining VASh shkalasi bo‘yicha intensivligi statistik jihatdan ishonchli tarzda 68-72% ga kamayishi hamda uning yetakchi patogenetik komponenti erta operatsiyadan keyingi mexano-neyrofiziologik turidan tiklanishning 3-4 haftasiga kelib adaptatsion-reparativ turga almashishi aniqlangan;
chanoq-son bo‘g‘imi harakatlar ko‘lami va mushaklar kuchi tiklanishining chiziqli-progressiv xarakterga ega bo‘lib, aktiv kineziterapiya ta’siri ostida harakat hajmining 30% gacha, mushaklar kuchining esa 35–38% ga ortishi operatsiya qilingan segmentdagi tarkibiy, funksional va metabolik tiklanish jarayonlarining integratsiyalashuvi aniqlangan;
biomexanik dozalangan yuklama va mushaklar muvozanatining dinamik nazorati tamoyiliga asoslangan bosqichli reabilitatsiya dasturining HHS ko‘rsatkichi 67% ga oshishi, Lequesne indeksini 63% ga kamayishi hamda SF-36 bo‘yicha hayot sifatini 37–41% ga yaxshilanishi orqali yuqori funksional samaradorligi isbotlangan; 
chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi davrda asoratlar rivojlanish xavfini klinik-funksional, laborator va biomexanik ko‘rsatkichlar integratsiyasi asosida AUC = 0,87, sezgirlik 82% va maxsuslik 79% yuqori aniqlikda prognoz qilish imkonini beruvchi prediktiv model` ishlab chiqilgan;
jismoniy, texnik va funksional-diagnostik usullar integratsiyasiga asoslanib takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturini joriy etish natijasida harakat funksiyalari 25–27% ga, klinik-funksional samaradorlik 83–88% gacha yaxshilanishi hamda bemorlar qoniqish darajasi 92% gacha oshishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli yig‘ilish bayonnomasiga № 27/17 xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi bemorlarda reabilitatsiya jarayonida og‘riq sindromining VASh shkalasi bo‘yicha intensivligi statistik jihatdan ishonchli tarzda 68-72% ga kamayishi hamda uning yetakchi patogenetik komponenti erta operatsiyadan keyingi mexano-neyrofiziologik turidan tiklanishning 3-4 haftasiga kelib adaptatsion-reparativ turga almashishi aniqlangan. Taklif etilgan tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi (25 iyun 2025 yil, №11-protokol) tomonidan tasdiqlangan «Uxod i reabilitatsiya patsientov na etapax vosstanovleniya posle endoprotezirovanii tazobedrennogo sustava» i «Kliniko-funksional`noe obosnovanie etapnoy reabilitatsii patsientov posle endoprotezirovaniya tazobedrennix sustavov» nomli metodik tavsiyanomalar tarkibiga kiritildi. Shu materiallar asosida dastur amaliyotga joriy etildi: Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli viloyat shifoxonasi (16.07.2025y №151-ICh buyruq). Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hamda Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabr` oyidagi (№27/17) xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi bemorlarda og‘riq sindromining turli reabilitatsiya bosqichlaridagi dinamik baholashga asoslangan kompleks tahlili VASh shkalasi bo‘yicha og‘riq darajasining ishonchli ravishda 68–72 % ga kamayganini ko‘rsatdi. Reabilitatsiyaning dastlabki davrida mexano-nevrogen komponent ustun bo‘lgan bo‘lsa, 3–4 haftaga kelib adaptatsion komponent ustunlikka ega bo‘ldi. Bu holat bemorlarning hayot sifatining sezilarli darajada yaxshilanishiga, harakat faoliyatining tezroq tiklanishiga, tashqi yordamga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga va jarrohlikdan keyingi ijtimoiy moslashuvning tezlashishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Klinik-iqtisodiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi og‘riq sindromini kompleks baholashni o‘z ichiga olgan reabilitatsiya dasturini joriy etish VASh shkalasi bo‘yicha og‘riq darajasini 68–72 % ga kamaytirishga, anal`getiklardan foydalanish ehtiyojini 30–35 % ga qisqartirishga va statsionarda yotish muddatini 18 kundan 13–14 kungacha qisqartirishga imkon berdi. Bu esa har bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 5,6 mln so‘mdan 4,7 mln so‘mgacha kamaytirdi (o‘rtacha tejam – 0,9 mln so‘m), bu yillik 500 ta operatsiya sharoitida taxminan 450 mln so‘m iqtisodiy samara beradi. Mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishi qo‘shimcha 2,5 mlrd so‘mgacha iqtisodiy samarani ta’minlaydi. Shuningdek, dori vositalari va parvarish xarajatlarining 20–25 % ga qisqarishi hamda qayta gospitalizatsiya holatlarining yiliga 10–12 taga kamayishi qo‘shimcha 150 mln so‘m tejamga olib keladi. Xulosa: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi bemorlarda og‘riq sindromining kompleks tahlili joriy etilgan reabilitatsiya dasturining klinik samaradorligini tasdiqladi. Bu VASh shkalasi bo‘yicha og‘riq shiddatining 68–72 % ga kamayishi, anal`getiklar qo‘llanilishining optimallashishi va gospitalizatsiya muddatining 13–14 kungacha qisqarishi bilan namoyon bo‘ldi. Dastur harakat funksiyalarining tez tiklanishiga, bemorlarning mustaqilligining oshishiga hamda ijtimoiy moslashuvining yaxshilanishiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chanoq-son bo‘g‘imi harakatlar ko‘lami va mushaklar kuchi tiklanishining chiziqli-progressiv xarakterga ega bo‘lib, aktiv kineziterapiya ta’siri ostida harakat hajmining 30% gacha, mushaklar kuchining esa 35–38% ga ortishi operatsiya qilingan segmentdagi tarkibiy, funksional va metabolik tiklanish jarayonlarining integratsiyalashuvi aniqlangan. Taklif etilgan tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi (25 iyun 2025 yil, №11-protokol) tomonidan tasdiqlangan «Uxod i reabilitatsiya patsientov na etapax vosstanovleniya posle endoprotezirovanii tazobedrennogo sustava» i «Kliniko-funksional`noe obosnovanie etapnoy reabilitatsii patsientov posle endoprotezirovaniya tazobedrennix sustavov» nomli metodik tavsiyanomalar tarkibiga kiritildi. Shu materiallar asosida dastur amaliyotga joriy etildi: Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi (11.08.2025y №19 buyruq ). Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hamda Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabr` oyidagi (№27/17) xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Aktiv kineziterapiya qo‘llanilishi natijasida harakat hajmi 30 % gacha, son va bel soxasi mushaklari kuchi esa 35–38 % gacha oshishi ta’minlandi. Bu usul harakat funksiyalarining tiklanishini tezlashtirdi, bemorlarning mustaqilligini oshirdi, nogironlik va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirdi, sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchni mustahkamladi hamda bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Klinik-iqtisodiy tahlil natijalariga ko‘ra, aktiv kineziterapiya harakat hajmini 30 % gacha, mushak kuchini 35–38 % gacha oshirib, tiklanishni tezlashtirdi va davolash xarajatlarini kamaytirdi. Gospitalizatsiya muddatining 4–5 kunga qisqarishi har bir bemor bo‘yicha 1 mln so‘m tejamni ta’minladi (yiliga taxminan 500 mln so‘m). Asoratlar sonining 12 % dan 6 % gacha kamayishi va terapiya muddatining qisqarishi orqali umumiy iqtisodiy samara 1,15 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi reabilitatsiya dasturiga aktiv kineziterapiyani joriy etish harakat hajmini 30 % gacha, mushak kuchini 35–38 % gacha oshirdi. Bu strukturali-funksional tiklanishni tezlashtirib, bemorlarning mustaqilligini oshirdi, asoratlar xavfini kamaytirdi va ijtimoiy moslashuvni yaxshiladi.
 uchinchi ilmiy yangilik: biomexanik dozalangan yuklama va mushaklar muvozanatining dinamik nazorati tamoyiliga asoslangan bosqichli reabilitatsiya dasturining HHS ko‘rsatkichini 67% ga oshirishi, Lequesne indeksini 63% ga kamaytirishi hamda SF-36 bo‘yicha hayot sifatini 37–41% ga yaxshilash orqali yuqori funksional samaradorligi isbotlangan. Taklif etilgan tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi (25 iyun 2025 yil, №11-protokol) tomonidan tasdiqlangan «Uxod i reabilitatsiya patsientov na etapax vosstanovleniya posle endoprotezirovanii tazobedrennogo sustava» i «Kliniko-funksional`noe obosnovanie etapnoy reabilitatsii patsientov posle endoprotezirovaniya tazobedrennix sustavov» nomli metodik tavsiyanomalar tarkibiga kiritildi. Shu materiallar asosida dastur amaliyotga joriy etildi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (02.08.2025y №229-I buyruq).  Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hamda Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabr` oyidagi (№27/17) xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi bemorlar uchun takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturi (Harris, Lequesne, VASh va SF-36 shkalalari asosida) funksional natijalarni yaxshiladi (Harris — 67 %, Lequesne — 63 %, hayot sifatining jismoniy komponenti — 41 %, psixoemotsional — 37 %), harakat funksiyalarining tiklanishini tezlashtirdi, bemorlarning mustaqilligini oshirdi, tashqi yordamga ehtiyojni kamaytirdi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatga tezroq qayta kirishishni ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-iqtisodiy tahlil natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturi Harris Hip Score (67%), Lequesne (63%) va SF-36 (41% jismoniy, 37% psixoemotsional) ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshiladi. Gospitalizatsiya 3 kunga qisqarib, har bir bemor uchun 850000 so‘m tejam ta’minlandi, mehnat faoliyatiga erta qaytish hisobiga 1,6 mln so‘m qo‘shimcha samara olindi. Umumiy hisobda har bir bemor uchun sof iqtisodiy samara 2,25 mln so‘mni, yillik 500 operatsiyada — 1,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Takomillashtirilgan reabilitatsiya dasturi chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi davrda, bemorlarda yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samara berdi: funksional ko‘rsatkichlar (Harris Hip Score 67%, Lequesne 63%, hayot sifatining jismoniy 41%, psixoemotsional 37%) yaxshilandi, harakat funksiyalari tez tiklandi va bemorlar tezroq faol hayotga qaytdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi davrda asoratlar rivojlanish xavfini klinik-funksional, laborator va biomexanik ko‘rsatkichlar integratsiyasi asosida AUC = 0,87, sezgirlik 82% va maxsuslik 79% yuqori aniqlikda prognoz qilish imkonini beruvchi prediktiv model` ishlab chiqilgan. Taklif etilgan tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi (25 iyun 2025 yil, №11-protokol) tomonidan tasdiqlangan «Uxod i reabilitatsiya patsientov na etapax vosstanovleniya posle endoprotezirovanii tazobedrennogo sustava» i «Kliniko-funksional`noe obosnovanie etapnoy reabilitatsii patsientov posle endoprotezirovaniya tazobedrennix sustavov» nomli metodik tavsiyanomalar tarkibiga kiritildi. Shu materiallar asosida dastur amaliyotga joriy etildi: Qashqadaryo viloyati nogironligi bor shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (2025 yil 7 avgust, buyruq №18 ). Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hamda Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabr` oyidagi (№27/17) xulosasi bilan tasdiqlangan.  Ijtimoiy samaradorligi: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyin kechikib yuzaga keladigan asoratlar xavfini baholovchi prognostik model` (AUC=0,87; sezgirlik — 82 %; aniqlik — 79 %) yuqori xavfli bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika hamda reabilitatsiyani optimallashtirish imkonini berdi. Bu harakat funksiyalarining tiklanishini tezlashtirdi, og‘riq sindromini va asoratlarni kamaytirdi, hayot sifatini va ijtimoiy moslashuvni yaxshiladi, bemorlarning boshqalar yordamiga bog‘liqligini kamaytirdi hamda mehnat va kundalik faoliyatga tezroq qaytishini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-iqtisodiy tahlil natijalariga ko‘ra, chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyin kechikib yuzaga keladigan asoratlar xavfini baholovchi prognostik model`ni joriy etish (AUC=0,87; sezgirlik — 82 %; aniqlik — 79 %) yuqori xavfli bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktik hamda reabilitatsion chora-tadbirlarni optimallashtirish imkonini berdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarning har bir bemor uchun 6000000 so‘mdan 4800000 so‘mgacha qisqarishi 1200000 so‘m tejamni ta’minladi, bu yillik 500 operatsiya sharoitida 600 mln so‘mga teng. Asoratlar va takroriy gospitalizatsiyalar soni kamayishi hisobiga 400 mln so‘m, mehnat faoliyatiga erta qaytish esa har bir bemor uchun 1500000 so‘m iqtisodiy samara berdi. Dasturning umumiy yillik iqtisodiy samarasi 2,7 mlrd so‘mdan oshib, tiklanish jarayonining xavfsizligi va samaradorligini oshirdi. Xulosa: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyin kechikib yuzaga keladigan asoratlar xavfini baholovchi prognostik modelni joriy etish yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni namoyon etdi — tiklanish jarayonini tezlashtirdi, og‘riq va asoratlarni kamaytirdi, hayot sifatini va ijtimoiy moslashuvni yaxshiladi, shuningdek bemorlarning mehnat va kundalik faoliyatga tezroq qaytishini ta’minladi.
beshinchi ilmiy yangilik: jismoniy, texnik va funksional-diagnostik usullar integratsiyasiga asoslangan takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturini joriy etish natijasida harakat funksiyalari 25–27% ga, klinik-funksional samaradorlik 83–88% gacha yaxshilanishi hamda bemorlar qoniqish darajasi 92% gacha oshishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Taklif etilgan tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi (25 iyun 2025 yil, №11-protokol) tomonidan tasdiqlangan «Uxod i reabilitatsiya patsientov na etapax vosstanovleniya posle endoprotezirovanii tazobedrennogo sustava» i «Kliniko-funksional`noe obosnovanie etapnoy reabilitatsii patsientov posle endoprotezirovaniya tazobedrennix sustavov» nomli metodik tavsiyanomalar tarkibiga kiritildi. Shu materiallar asosida dastur amaliyotga joriy etildi: Samarqand viloyati nogironligi bor shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (26.08.2025y №22 buyruq). Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hamda Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabr` oyidagi (№27/17) xulosasi bilan tasdiqlangan.  Ijtimoiy samaradorligi: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturi harakat funksiyalarining tiklanishini 25–27 % ga tezlashtirdi, kliniko-funksional samaradorlikni 83–88 % gacha oshirdi hamda asoratlar chastotasini kamaytirdi. Bemorlar qoniqish darajasining 92 % gacha oshganini, hayot sifatining yaxshilanganini, mustaqillik darajasining ortib, boshqalar yordamiga bo‘lgan ehtiyoj kamayganini ta’kidladilar. Bu esa to‘g‘ri harakat stereotiplarini shakllantirishga, ijtimoiy moslashuvga va mehnat hamda maishiy faoliyatga tezroq qaytishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Jismoniy, texnik va funksional-diagnostik usullar asosida takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturi harakat funksiyalarini 25–27 % ga tezlashtirdi, kliniko-funksional samaradorlikni 83–88 % gacha oshirdi, asoratlar sonini kamaytirdi va bemorlar qoniqishini 92 % gacha etkazdi. Gospitalizatsiya muddatining 3–4 kunga qisqarishi, asoratlar va revizion operatsiyalar sonining kamayishi hamda mehnat faoliyatiga ertaroq qaytish hisobiga har bir bemor uchun sof iqtisodiy samara 1,97 mln so‘mni tashkil etdi. Yiliga 500 bemorda bu 985 mln so‘mlik umumiy iqtisodiy samarani ta’minlaydi. Xulosa: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi takomillashtirilgan bosqichli reabilitatsiya dasturi yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ega ekani aniqlandi. Dastur harakat funksiyalarining tiklanishini 25–27 % ga tezlashtiradi, kliniko-funksional ko‘rsatkichlarni 83–88 % gacha oshiradi, asoratlarni kamaytiradi va bemorlar qoniqish darajasini 92 % gacha oshiradi. Shu bilan birga, hayot sifatini yaxshilaydi, mustaqillikni oshiradi, boshqalar yordamiga ehtiyojni kamaytiradi, gospitalizatsiyani qisqartiradi va mehnat faoliyatiga ertaroq qaytishni ta’minlaydi. Bu natijalar dasturni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etishning maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish