Abiev Jahongir Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda turizm tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.Phd/Iqt203.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Rahmatullo Xidirovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Ziyod Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy iqtisodiyotda turizm tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistlarning qo‘shimcha xizmatlardan foydalangan sarf-xarajatlarini qo‘shib turizm sohasining hudud va mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
hudud iqtisodiyotini yuksaltirish va turizm infratuzilmasi ob’ektlarini qurish maqsadida bo‘sh turgan er maydonlarini xususiy va xorijiy tadbirkorlarga aniq investision majburiyatlari asosida elektron kimoshdi savdosi o‘tkazilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish tartibi ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatidagi madaniy me’ros ob’ektlari va muzeylarda qo‘shimcha xizmatlarni joriy qilish asosida turistlarning turkunlarini uzaytirish evaziga turistik xizmatlar samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
turizm sohasida mehnat samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi turistlar va aholi soni bilan bog‘liq omillar ta’sirini aniqlash metodikasi matematik modellardan foydalanib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotda turizm tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
turistlarning qo‘shimcha xizmatlardan foydalangan sarf-xarajatlarini qo‘shib turizm sohasining hudud va mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 13 dekabrdagi 03-09/4379-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya turizmda yaratilgan YaIM hajmi va uning mamlakat hamda hudud YaIMdagi ulushini aniq hisoblash imkonini bergan va turizmni mamlakat, har bir hudud bo‘yicha rivojlantirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan;
hudud iqtisodiyotini yuksaltirish va turizm infratuzilmasi ob’ektlarining qurish maqsadida bo‘sh turgan er maydonlarini xususiy va xorijiy tadbirkorlarga aniq investision majburiyatlari asosida elektron kimoshdi savdosi o‘tkazilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 03-22/2456-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish va qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, investorlarning mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, shuningdek davlat tuzilmalarining investorlar bilan ishlash mas’uliyatini oshirish imkoniyatini bergan;
Samarqand viloyatidagi madaniy me’ros ob’ektlari va muzeylarda qo‘shimcha xizmatlarni joriy qilish asosida turistlarning turkunlarini uzaytirish evaziga turistik xizmatlar samaradorligini oshirish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 03-22/2456-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya turizm sohasi sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirish, hududlarda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muhim o‘rin tutishi belgilangan;
turizm sohasida mehnat samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi turistlar va aholi soni bilan bog‘liq omillar ta’sirini aniqlash metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 03-22/2456-son ma’lumotnoma). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi turizmda mehnat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan.