Ismatov Abrorxon Asqar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz aksonal bosh miya shikastlanishini sud-tibbiy baholash», 14.00.24 - Sud tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4124.
Ilmiy rahbar: [Iskandarov Alisher Iskandarovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boymanov Farxod Xujmanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya shikastlanishi holatlarida diffuz aksonal shikastlanishni sud-tibbiy baholashning ob’ektiv morfologik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘ir bosh miya shikastlanishlarida diffuz aksonal shikastlanishlarning yuqori chastotasi asosan o‘rtacha yoshi 25,0 ± 5,6 yoshi bo‘lgan erkaklar populyasiyasi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
bosh miya shikastlanishlari bilan og‘rigan bemorlarda diffuz aksonal shikastlanishlarning gistologik tekshiruvi asosida qadoqsimon tanadagi oq moddaning asimmetrik degeneratsiyasi hisobiga shikastlangan sohalarda glial-mezenximal elementlar va argirofil tolalarga boy bo‘lgan chandiq to‘qimalarining shakllanishi kabi xarakterli morfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
bosh miya shikastlanishlaridan vafot etgan shaxslarda diffuz aksonal miya shikastlanishidan so‘ng kechgan davrga bog‘liq morfogenetik mexanizmi bo‘yicha 3-7 sutka davomida aksonal sharchalarning shakllanishi, 7-14 sutkada shikastlangan sohalarda mikroglioz o‘choqlari paydo bo‘lishi, 14-30 sutka oralig‘ida makroglial hujayralar sonining oshishi, 30 sutkadan ortiq muddatlarda esa glioz chandiqlarining rivojlanish tendensiyasi aniqlangan;
bosh miya shikastlanishlarida diffuz aksonal bosh miya shikastlanishini tashxislash uchun ekspert xulosalarining ob’ektivligini oshirishni imkonini beradigan sud-tibbiy algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diffuz aksonal bosh miya shikastlanishini sud-tibbiy baholashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘ir bosh miya shikastlanishlarida diffuz aksonal shikastlanishlarning yuqori chastotasi asosan o‘rtacha yoshi 25,0 ± 5,6 yoshi bo‘lgan erkaklar populyasiyasi bilan tavsiflanishi isbotlanganligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 24 iyulda 8N-r18-son bilan tasdiklangan «Bosh  miya travmatik  shikastlanishlarida  tan jarohatini  og‘irlik darajasini sud-tibbiy  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 24.06.2024 yildagi 16-T-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.06.2024 yildagi 96/1-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 86/4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ekspert amaliyotiga tavsiya etilgan morfologik usullarni joriy etish natijasida sud-gistologik tadqiqotlar sifatining sezilarli darajada oshishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyanomada taklif etilgan morfologik usullardan foydalanish orqali ekspertiza o‘tkazish muddatini 14-16 kundan 8-10 kungacha qisqartirish natijasida har bir holatni ekspertizasini o‘tkazish uchun sarflanadigan o‘rtacha 800000-1000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya shikastlanishlari bilan og‘rigan bemorlarda diffuz aksonal shikastlanishlarning gistologik tekshiruvi asosida qadoqsimon tanadagi oq moddaning asimmetrik degeneratsiyasi hisobiga shikastlangan sohalarda glial-mezenximal elementlar va argirofil tolalarga boy bo‘lgan chandiq to‘qimalarining shakllanishi kabi xarakterli morfologik o‘zgarishlar aniqlanganligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 24 iyulda 8N-r18-son bilan tasdiklangan «Bosh  miya travmatik  shikastlanishlarida  tan jaroxatini  og‘irlik darajasini sud-tibbiy  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 24.06.2024 yildagi 16-T-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.06.2024 yildagi 96/1-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 86/4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ekspert amaliyotiga tavsiya etilgan morfologik usullarni joriy etish natijasida sud-gistologik tadqiqotlar sifatining sezilarli darajada oshishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyanomada taklif etilgan morfologik usullardan foydalanish orqali ekspertiza o‘tkazish muddatini 14-16 kundan 8-10 kungacha qisqartirish natijasida har bir holatni ekspertizasini o‘tkazish uchun sarflanadigan o‘rtacha 800000-1000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya shikastlanishlaridan vafot etgan shaxslarda diffuz aksonal miya shikastlanishidan so‘ng kechgan davrga bog‘liq morfogenetik mexanizmi bo‘yicha 3-7 sutka davomida aksonal sharchalarning shakllanishi, 7-14 sutkada shikastlangan sohalarda mikroglioz o‘choqlari paydo bo‘lishi, 14-30 sutka oralig‘ida makroglial hujayralar sonining oshishi, 30 sutkadan ortiq muddatlarda esa glioz chandiqlarining rivojlanish tendensiyasi aniqlanganligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 24 iyulda 8N-r18-son bilan tasdiklangan «Bosh  miya travmatik  shikastlanishlarida  tan jaroxatini  og‘irlik darajasini sud-tibbiy  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 24.06.2024 yildagi 16-T-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.06.2024 yildagi 96/1-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 86/4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ekspert amaliyotiga tavsiya etilgan morfologik usullarni joriy etish natijasida sud-gistologik tadqiqotlar sifatining sezilarli darajada oshishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyanomada taklif etilgan morfologik usullardan foydalanish orqali ekspertiza o‘tkazish muddatini 14-16 kundan 8-10 kungacha qisqartirish natijasida har bir holatni ekspertizasini o‘tkazish uchun sarflanadigan o‘rtacha 800000-1000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya shikastlanishlarida diffuz aksonal bosh miya shikastlanishini tashxislash uchun ekspert xulosalarining ob’ektivligini oshirishni imkonini beradigan sud-tibbiy algoritmi ishlab chiqilganligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 24 iyulda 8N-r18-son bilan tasdiklangan «Bosh  miya travmatik  shikastlanishlarida  tan jaroxatini  og‘irlik darajasini sud-tibbiy  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 24.06.2024 yildagi 16-T-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.06.2024 yildagi 96/1-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 86/4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ekspert amaliyotiga tavsiya etilgan morfologik usullarni joriy etish natijasida sud-gistologik tadqiqotlar sifatining sezilarli darajada oshishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyanomada taklif etilgan morfologik usullardan foydalanish orqali ekspertiza o‘tkazish muddatini 14-16 kundan 8-10 kungacha qisqartirish natijasida har bir holatni ekspertizasini o‘tkazish uchun sarflanadigan o‘rtacha 800000-1000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish