Allayorov Baxodir Kurambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19 sabab pnevmoniya bilan asoratlangan ayollarda homiladorlikni olib borish taktikasini takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Tib4798.
Ilmiy raxbar: Nadirxanova Natal`ya Suratovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01. 
Rasmiy opponentlar: Gafurova Feruza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusli infeksiyalar tomonidan chaqirilgan pnevmoniya bilan kasallangan homilador ayollarni olib borish va davolash taktikasini ilmiy jihatdan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor virusli pnevmoniya kuzatilgan homilador ayollarda fetoplatsentar etishmovchilikni prognoz qilish uchun integrativ model ishlab chiqilgan, ushbu model an’anaviy diagnostika usullariga nisbatan asoratlarni prognoz qilish aniqligini 35% ga oshirishi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda o‘pka to‘qimasining 50% dan ortiq zararlanishi FPE rivojlanishini 45% ga oshirishi sababli o‘pka to‘qimasi zararlanish va fetoplatsentar etishmovchilik darajasi o‘rtasida yuqori korrelyasiya mavjudligi aniqlangan;
o‘rtacha og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajadagi pnevmoniyani boshdan kechirgan homilador ayollarda antikoagulyant terapiyani erta boshlamaslik sababli gemostaz tizimidagi giperkoagulyasiya natijasida muddatidan oldin tug‘ruq chastotasini 30% ga va homila antenatal o‘lim xavfi 25% ga ortishi aniqlangan;
 COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniya fonida fetoplatsentar etishmovchilik asoratlari homilador ayollarda antikoagulyantlarni asosiy terapiya sifatida erta qo‘llanilishi muddatidan oldin tug‘ruq chastotasini 1,4 martaga va perinatal o‘limni 1,5 martaga kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
COVID-19 sabab pnevmoniya bilan asoratlangan ayollarda homiladorlikni olib borish taktikasini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor virusli pnevmoniya kuzatilgan homilador ayollarda fetoplatsentar etishmovchilikni prognoz qilish uchun integrativ model ishlab chiqilgan, ushbu model an’anaviy diagnostika usullariga nisbatan asoratlarni prognoz qilish aniqligini 35% ga oshirishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert komissiyasi tomonidan 2024-yil 17-dekabrdagi №15-son  bilan tasdiqlangan «Vnebol`nichnie pnevmonii koronavirusnoy etiologii u beremennix: differensial`naya diagnostika, osobennosti techeniya, akusherskaya taktika» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2024-yil 27-avgustdagi 121A-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filialining 2024-yil 27-avgustdagi 107I-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi:  taklif etilgan yondashuv homilador ayollarda fetoplatsentar etishmovchilikni erta aniqlash imkonini kengaytirib, asoratlarning oldini olish, perinatal xavflarni kamaytirish va akusherlik yordamining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: FPE ni prognoz qilishga qaratilgan integrativ model` hamda uning asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni qo‘llash hisobidan xavf guruhidagi homilador ayollarda fetoplatsentar asoratlarni erta aniqlash va profilaktika qilish imkoni yaratilib, qo‘shimcha qimmat diagnostik tekshiruvlar, uzaytirilgan statsionar davolash va asoratlar bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishi hisobiga 850000 so‘m miqdorida iqtisod qilinishini ta’minladiiy samaraga erishilishini ta’minladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda o‘pka to‘qimasining 50% dan ortiq zararlanishi FPE rivojlanishini 45% ga oshirishi sababli o‘pka to‘qimasi zararlanish va fetoplatsentar etishmovchilik darajasi o‘rtasida yuqori korrelyasiya mavjudligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 2024 yil 17 dekabrdagi №15-son qarori bilan tasdiqlangan «Vnebol`nichnie pnevmonii koronavirusnoy etiologii u beremennix: differensial`naya diagnostika, osobennosti techeniya, akusherskaya taktika» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritildi. Mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali (2024 yil 27 avgust, №121A) hamda Xorazm viloyati filiali (2024 yil 27 avgust, №107I) buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi №25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda klinik menejmentni optimallashtirish, xavf guruhlarini aniqroq stratifikatsiya qilish va ortiqcha instrumental tekshiruvlarni qisqartirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘ldoshdagi morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlarini, erta etilish belgilari hamda etilmagan yo‘ldosh elementlarini aniq tavsiflash asosida qo‘shimcha diagnostik va davolash xarajatlarini kamaytirishga erishilib, har bir bemor hisobidan 500000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara ta’minlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rtacha og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajadagi pnevmoniyani boshdan kechirgan homilador ayollarda antikoagulyant terapiyani erta boshlamaslik sababli gemostaz tizimidagi giperkoagulyasiya natijasida muddatidan oldin tug‘ruq chastotasini 30% ga va homila antenatal o‘lim xavfi 25% ga ortishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 2024 yil 17 dekabrdagi №15-son qarori bilan tasdiqlangan «Vnebol`nichnie pnevmonii koronavirusnoy etiologii u beremennix: differensial`naya diagnostika, osobennosti techeniya, akusherskaya taktika» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritildi. Mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali (2024 yil 27 avgust, №121A) hamda Xorazm viloyati filiali (2024 yil 27 avgust, №107I) buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi №25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: antikoagulyant terapiyani erta boshlash zaruriyatini asoslash orqali homilador ayollarda og‘ir perinatal asoratlarning oldini olish, antenatal yo‘qotishlar chastotasini kamaytirish va akusherlik yordamining xavfsizligini oshirish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir asoratlar va shoshilinch akusherlik holatlarining kamayishi hisobiga qo‘shimcha intensiv davolash, reanimatsion yordam va uzaytirilgan statsionar davolash xarajatlari qisqartirilib, har bir bemor hisobidan iqtisodiy samara ta’minlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniya fonida fetoplatsentar etishmovchilik asoratlari homilador ayollarda antikoagulyantlarni asosiy terapiya sifatida erta qo‘llanilishi muddatidan oldin tug‘ruq chastotasini 1,4 martaga va perinatal o‘limni 1,5 martaga kamaytirishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert komissiyasi tomonidan 2024-yil 17-dekabrdagi №15-son  bilan tasdiqlangan «Vnebol`nichnie pnevmonii koronavirusnoy etiologii u beremennix: differensial`naya diagnostika, osobennosti techeniya, akusherskaya taktika» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2024-yil 27-avgustdagi 121A-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filialining 2024-yil 27-avgustdagi 107I-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ayollar salomatligida xavfli holatlarni erta bashoratlash orqali COVID-19 pnevmoniyasi tufayli rivojlangan FPE bilan kasallangan homilador ayollar sonini kamaytirish imkoni yuzaga keldi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pnevmoniyasi tufayli rivojlangan FPE bilan kasallangan homilador ayollarni kech bosqichlaridagi qimmat davolash va diagnostika usuli jarayonlarini kamaytirish hisobiga bir bemor uchun 1210000 so‘m iqtisod qilinishi ta’minlanadi. Xulosa: Taklif etilgan algoritmning samaradorligi homiladorlik natijalarini yaxshilashda isbotlandi hamda u postkovid davrida, shuningdek mavsumiy virusli infeksiyalar va o‘tkazilgan virusli pnevmoniyalardan keyingi holatlarda ham amaliyotda qo‘llanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish