Lutfullaev Pulatxon Muxibullaevichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarjimonlarni tayyorlashda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish (“Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili” yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1073
Ilmiy rahbar: yuq.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash (PhD).
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umrzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; To‘rabaeva Muqaddas Yoqubjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarjimonlarni tayyorlashda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarjimonlik sohasida talabarlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tarjimonlik etikasi va uning tarkibiy qismlarini (maxfiylik, xolislik, professionallik, madaniy sezgirlik, shaffoflik, uzlyuksiz o‘sish) o‘rgatishning innovatsion metodikasi kognitiv, interpretativ, metakognitiv strategiyalar, pragmatik va adekvat tarjima nazariyasi asosida takomillashtirilgan;
tarjimonlar tayyorlash va tarjimonlik faoliyatini olib borishning xalqaro tajribalari AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya mamlakatlari misolida qiyosiy tahlil qilingan, O‘zbekistonda tarjimonlarni tayyorlash tizimini zamonaviylashtirish boyicha tavsiyalar pedagogik, lingvodidaktik va psixolingvistik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
sinxron va ketma-ket tarjimaning umumiy, farqli (tasnif, vaqt intervali, jihozlanish, tarjimonlik faoliyati, xatti-harakat, kommunikatsiya) hamda o‘xshash (shakl, o‘zlashtirish, taqqoslash, real kommunikatsiya, ko‘nikmalar umumiyligi) xususiyatlari tarjima sifatini baholashda mikro, mezo va makro darajalardagi baholash mezonlari yordamida aniqlangan;
bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodologiyasining innovatsion yondashuvi sifatida, terminologik bilimlarni shakllantirish, sinxron va ketma-ket tarjima uchun taktik va strategik usullar, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan (onlayn platformalar, tarjimonlikni avtomatlashtirish dasturlari) samarali foydalanish bo‘yicha integratsiyalashgan pedagogik va metodik texnologiyalar takomillashtirilgan;
sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari (Google Translate, DeepL) va boshqa mashinaviy tarjima tizimlaridan foydalanish, kompyuter yordamida tarjima qilish dasturlari (CAT tools, SDL Trados Studio, MemoQ, OmegaT, MTPE, korpus lingvistikasi kabi) orqali talabalarda tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish va tarjima sifatini yaxshilash metodik imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
tarjimonlarni tayyorlashda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirsh doir tadqiqotlar natijalari asosida:
bo‘lajak tarjimonning kasbiy kompetensiyasini termonologik yondashuv, sinxron va ketma-ket tarjima taktik va strtegik usullari, tarjimonlik etikasi va uning tarkibiy qismlarini o‘rgatish metodikasi kognitiv interpretativ, ijtimoiy konstruktivizm, pragmatik va adekvat tarjima nazariyasini o‘qitish orqali rivojlantirish borasidagi xulosa va natijalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ Capacity Building yo‘nalishi projekti “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entreprenership, Empowerment, Employability and Self-confidence” loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 12-sentyabrdagi 2112-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabarlarning tarjimonlik qilish qobiliyatini yanada oshirish imkoniyati yaratilgan;
dunyoning yetakchi davlatlarida tarjimonlar tayyorlashda olib borilgan ilg‘or tajribalar asosida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi bo‘lajak tarjimonlarga sinxron va ketma-ket tarjimani o‘rgatishda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha “Methodology of teaching languaGES and educational technologies” nomli darslik (OTFIVning 2025 yil 14 apreldagi 136-sonli buyrug‘i asosidagi 540743 sonli nashr ruxsatnomasi) va “Tarjima yo‘nalishi talabalari kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish” nomli monografiyasi yaratilgan. Natijada, talabarlarning tarjimonlik qilish qobiliyatini yanada oshirilgan;
talabalarda tarjimaga oid fanlarni o‘qitish jarayonida sinxron va ketma-ket tarjima kompetentligini rivojlantirish uchun didaktik materiallarni tanlash va tahlil qilishning innovatsion yondashuvlari o‘quv materiallarini lingvistik, madaniy va kommunikativ mezonlarga asoslangan holda selektiv-didaktik tanlash metodikasi, ularni interaktiv o‘qitish texnologiyalari yordamida integratsiyalashgan shaklda qo‘llash hamda o‘quv materiallari kontent va mazmunini baholashning diagnostik usullarini ishlab chiqish yuzasidan takliflari va materiallaridan Samarqand davlat chet tillari institutda 2022-2024-yillarda bajarilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Accesss Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2025 yil 18 avgustdagi 1018/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabarlarning sinxron va ketma-ket tarjimonlik kompetensiyalari rivojlantirishga erishilgan;
tarjimonlik yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitish uchun zamonaviy kompetensiyalar modeliga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan, innovatsion va integrallashgan texnologiyalar O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida 2020-2022 yillarga bajarilgan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan “English as a school subject” (1683580) nomli xalqaro ilmiy loyihasi doirasida foydalanilgan (O’zDJTUning 2025-yil 28-oktyabrdagi 11-25/215-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zDJTUning tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi talabarining mutaxassislik fanlari kontentlari boyitilgan;
talabalarda sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari (Google Translate, DeepL) va boshqa mashinaviy tarjima tizimlaridan foydalanish, kompyuter yordamida tarjima qilish dasturlari (CAT tools, SDL Trados Studio, MemoQ, OmegaT kabi) orqali talabalarda tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish va tarjima sifatini yaxshilash imkoniyatlari “Erasmus+ Programme Inter-institutional agreement KEY ACTION 171 Learning mobility for higher education studens and staff” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 19-avgustdagi 2887/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.