Xalilova Zilola Farmonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning nemis tilini o‘rganishga qiziqishini rivojlantirish  metodikasini takomillashtirish (frazeologik birliklar  misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis  tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5216
Ilmiy rahbar: Pirmanova Gavxar Nazarkulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: Hamidova Muborak Xafizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;   Yaxyoeva  Gulnora Baxtiyorovna , pedagogika fanlari nomzodi,  NDKTU “O‘zbek va chet tillar kafedrasi” p.f.f.d (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:o‘quvchilarning nemis tilini o‘rganishga qiziqishini rivojlantirish metodikasini frazeologik birliklar orqali takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishning  didaktik imkoniyatlari bilish faolligini boshqarishning refleksiv namoyon boʻlishiga asoslanib, polileksik, barqarorlik, ideomatiklik metodik-funksional modellashtirish va ijodiy-semantik transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini frazeologik birliklar orqali rivojlantirish modeli salbiydan ijobiy faol darajaga oshirishning variativ rivojlanish, faol o‘qitish hamda ijodiy mustaqillik bosqichlari mazmuniga CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari va “experience exchange”, “rotation” ta’lim metodlarini singdirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini frazeologik birliklar orqali rivojlantirish metodikasi “Nemis tili” o‘quv kursiga ijtimoiy o‘yin modelini joriy etish orqali shaxsning oʻz imkoniyatlarini baholovchi muloqot muhitini tashkil etish orqali ta’lim jarayoni mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini frazeologik birliklar orqali rivojlanganligini baholash mezonlari o‘quv jarayonida tinglash va tushunish ko‘nikmalarining shakllanganligi hamda nemis tilini o‘zlashtirish darajasi orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini frazeologik birliklar orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan  tadqiqot natijalari asosida: 
o‘quvchilarning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishning  didaktik imkoniyatlari bilish faolligini boshqarishning refleksiv namoyon boʻlishiga asoslanib, polileksik, barqarorlik, ideomatiklik metodik-funksional modellashtirish va ijodiy-semantik transformatsiyalashga doir amaliy tavsiylardan 60111800 ‒ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari ushun mo‘ljallangan “Deusche und usbekische Phraseologismen”  nomli o‘quv qo‘llanmani tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i. Guvohnoma №899467). Natijada,  til o‘rganuvchilar  uchun frazemalardan unumli va o‘rinli foydalanish metodikasi tavsiya etilgan, shuningdek, metodik jihatdan zaruriy adabiyotlar ta’minotini boyitishga  erishilgan; 
o‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini frazeologik birliklar orqali rivojlantirish modeli salbiydan ijobiy faol darajaga oshirishning variativ rivojlanish, faol o‘qitish hamda ijodiy mustaqillik bosqichlari mazmuniga CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari va “experience exchange”, “rotation” ta’lim metodlarini singdirishga doir xulosalardan Toshkent davlat agrar universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-672205589-sonli “O‘rmonchilik sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha-nemischa illystrativ elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish”  mavzusidagi amaliy grant loyihasining “Oʻquvchilarda nemis frazeologik birliklarga bo‘lgan qiziqishini oshirishning metodik ta’minoti” qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat  agrar universitetiining  2025-yil 12- maydagi  №1/1-1-581-son maʼlumotnomasi). Natijada, loyihaning amaliy qiymati va serqirraligi oshishiga erishilgan;
o‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini frazeologik birliklar orqali rivojlanganligini baholash mezonlari o‘quv jarayonida tinglash va tushunish ko‘nikmalarining shakllanganligi hamda nemis tilini o‘zlashtirish darajasini takomillashtirishga oid nazariyalardan ta’lim jarayonida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 9-dekabrdagi 1974/13-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning nemis tilini o‘rganishga qiziqishini rivojlantirish metodikasini frazeologik birliklar orqali takomillashtirishga oid amaliy ko‘nikmalar shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish