Tsukanova Elena Nikolaevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muhandislik yo‘nalishi talabalariga innovatsion texnologiyalar vositasida rus tilini o‘qitishning lingvokultural kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2293
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Babaeva Shoira Boymurodovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Muhandislik yo‘nalishi talabalariga innovatsion texnologiyalar vositasida rus tilini o‘qitishning lingvokultural kompetensiyasini takomillashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqa lingvokultural muhitdan kelgan muhandislik-texnologik yo‘nalishdagi talabalarga rus tilini o‘qitish jarayonida ularning kasbiy hamda shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari zamonaviy sanoat ehtiyojlari, malaka talablari hamda muhandislik kasbiga xos qobiliyatlar bilan integratsiyalangan kompetensiyalar darajasini baholash asosida tahlil qilingan;
interfaol va innovatsion metodlardan foydalangan holda boshqa lingvokultural muhitdagi muhandislik yo‘nalishidagi talabalarning rus tilida muloqot qilish qobiliyati “innovative engineering simulation” "hal qiluvchi injinering" (problem-solving engineering), raqamli keys-tahlil (digital case analysis), nutq klublari “speaking clubs” innovatsion diagnostika kabi pedagogik vositalar orqali ijodiy hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli takomillashtirilgan;
muhandislik yo‘nalishidagi talabalarga rus tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishga iod metodik tavsiyalar muloqot qilish ko‘nikmalari bilan birga, tanqidiy fikrlash, ijodiy echim topish, jamoaviy ishlash, axloqiy mas'uliyat, moslashuvchanlik kabi shaxsiy qobiliyatlarini yaxlitlik tamoyillari asosida rivojlantirish mazmuni amaliy ta'lim jarayoniga integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
umumkasbiy fanlarni interaktiv usullari orqali o‘zlashtirish asosida reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativlik kabi kasbiy tayyorgarlik darajalarini shakllantirish bo‘yicha leksik-terminologik savodxonlik, grammatik to‘g‘ri ifodalash, kommunikativ madaniyat, tanqidiy fikrlash baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Muhandislik yo‘nalishi talabalariga innovatsion texnologiyalar vositasida rus tilini o‘qitishning lingvokultural kompetensiyasini takomillashtirish metodikasini takomillashtirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqa lingvokultural muhitdan kelgan muhandislik-texnologik yo‘nalishdagi talabalarga rus tilini o‘qitish jarayonida ularning kasbiy hamda shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari zamonaviy sanoat ehtiyojlari, malaka talablari hamda muhandislik kasbiga xos qobiliyatlar bilan integratsiyalangan kompetensiyalar darajasini baholash asosida tahlil qilingan amaliy-uslubiy tavsiyalar "Innovatsionnie intensivnie metodi prepodavaniya russkogo yazika studentam iz raznix yazikovix i kul`turnix sred" elektron darsligi mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-iyundagi 02/01-01-213 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu pedagogik yondashuv kelajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirgan.
interfaol va innovatsion metodlardan foydalangan holda boshqa lingvokultural muhitdagi muhandislik yo‘nalishidagi talabalarning rus tilida muloqot qilish qobiliyati “innovative engineering simulation” "hal qiluvchi injinering" (problem-solving engineering), raqamli keys-tahlil (digital case analysis), nutq klublari “speaking clubs” innovatsion diagnostika kabi pedagogik vositalar orqali ijodiy hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli takomillashtirilgan metodik yondashuv AIF-2/20-“Texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida qo‘llanilib, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (1-2-4022-sonli ma’lumotnoma) tomonidan tasdiqlandi. Bu metodika texnik yo‘nalishdagi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.
muhandislik yo‘nalishidagi talabalarga rus tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishga iod metodik tavsiyalar muloqot qilish ko‘nikmalari bilan birga, tanqidiy fikrlash, ijodiy echim topish, jamoaviy ishlash, axloqiy mas'uliyat, moslashuvchanlik kabi shaxsiy qobiliyatlarini yaxlitlik tamoyillari asosida rivojlantirish mazmuni amaliy ta'lim jarayoniga integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan tavsiyalar “Rus tili” fanidan kognitiv elektron qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-iyundagi 02/01-01-213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim sifatini oshirish va talabalarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish imkonini bergan;
umumkasbiy fanlarni interaktiv usullari orqali o‘zlashtirish asosida reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativlik kabi kasbiy tayyorgarlik darajalarini shakllantirish bo‘yicha leksik-terminologik savodxonlik, grammatik to‘g'ri ifodalash, kommunikativ madaniyat, tanqidiy fikrlash baholash mezonlari takomillashtirilgan innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda "Innovative engineering simulation" nomli innovatsion interaktiv metod ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etildi. (Intellektual mulk agentligining 2025-yil 04 iyundagi 008952-raqamli guvohnomasi). Tarmoqli muhokama (networked discussion) - rus tilida muloqotni rivojlantirish hamda ijtimoiy-muhandislik vaziyatlari bo‘yicha guruhli munozaralarni o‘tkazishda kelajak muhandis-texnologlarning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.