Nasimov Ikrom Xusanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt149.  

Ilmiy rahbar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: transport xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

iqtisodiyotda transport xizmatlari moddiy-texnika bazasining rivojlanishini va logistik bozor talabini hisobga oladigan “transport xizmatlari ko‘rsatish” va “transport xizmatlari bozori” tushunchalarining takomillashgan ta’riflari ishlab chiqilgan;

respublikada transport xizmatlari ko‘rsatishning sohaga oid korxonalar va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi samarali iqtisodiy munosabatlarini hisobga olgan optimal hududiy-tashkiliy tuzilmani shakllantirish, narxlarni differensiatsiyalash hamda transport raqamli iqtisodiyoti asosida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar taklif etilgan;

respublikada yuqori samara beruvchi transport xizmatlari ko‘rsatish tizimining uzluksiz faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy transport xizmatlari klasteri ishlab chiqilgan;   

transport xizmatlari ko‘rsatish sohasining 2019­­­­­-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Transport xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda qo‘llanilishi asosida:

iqtisodiyotda transport xizmatlari moddiy-texnika bazasining rivojlanishini va logistik bozor talabini hisobga oladigan “transport xizmatlari ko‘rsatish” va “transport xizmatlari bozori” tushunchalarining takomillashgan ta’riflari oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi buyrug‘i, 274-002m-son guvohnomasi). Natijada transport xizmatlari ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunish orqali uni tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy  bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga erishilgan;

respublikada transport xizmatlari ko‘rsatishning sohaga oid korxonalar va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi samarali iqtisodiy munosabatlarini hisobga olgan optimal hududiy-tashkiliy tuzilmani shakllantirish, narxlarni differensiatsiyalash hamda transport raqamli iqtisodiyoti asosida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarga oid  takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02-02/2112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi transport xizmatlari ko‘rsatishning samarali faoliyat tizimini shakllantirishga imkon yaratgan;

respublikada yuqori samara beruvchi transport xizmatlari ko‘rsatish tizimining uzluksiz faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy transport xizmatlari klasteri O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 4 apreldagi 02-30/1878-son ma’lumotnomasi). Ushbu klasterni amaliyotga joriy qilish turdosh korxonalar faoliyatini yagona maqsadga yo‘naltirishga xizmat qilgan;    

transport xizmatlari ko‘rsatish sohasining 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02-02/2112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada transport xizmatlari hajmining yuqori sur’atda o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish