Xatamov Asror Xudoyberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli hududlarda qorako‘l qo‘ylarini samarali urchitishning ilmiy va seleksion asoslari”, 06.02.01-Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Qx324
Ilmiy maslahatchi: Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.08/2025.27.12.Qx.02.03 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Bazarov Soli Rahmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ro‘ziboev Nuraddin Rahimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Omonov Mamatqobul Ismailovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli urchitish hududlarida qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligiga, seleksiya samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash asosida barcha hududlarda ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini bir-biriga tenglashtirishning samarali seleksion usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qumli cho‘l sharoitida yuqori tirik vaznga ega avlodlar olish, jun tolalari tig‘iz avlodlar olishni 24,02% ga oshirish va teri sathini 69,31 sm2 ga yiriklashtirish mumkinligi isbotlangan;
gipsli cho‘l sharoitida uzun gulli avlodlar olishni 19,02% ga, mustahkam gulli avlodlar olishni 25,87% ga, jun tolalarining ipaksimonligi kuchli avlodlar olishni 12,38% ga, yaltiroqligi kuchli va me’yorli avlodlar olishni 8,32% ga oshganligi aniqlangan;
adir sharoitida o‘rta gul o‘lchamli avlodlar olishni 7,09% ga, mustahkam gulli avlodlar olishni 25,87% ga, qimmatli gul rasmli avlodlar olishni 12,87% ga ko‘paytirish, jun tolalari uzun avlodlar olishni 4,32% ga kamaytirish, ipaksimonligi va yaltiroqligi yuqori avlodlar olishni 4,98 va 7,01% ga, yupqa terili avlodlar olishni 4,32% ga ko‘paytirish mumkinligi isbotlangan;
turli hududlarida belgilarning genetik parametrlarini (korrelyasiya va irsiylik koefisienti, seleksiya differensiali) o‘rganish asosida qumli cho‘lda jun tola tig‘izligi va teri sathi bo‘yicha seleksiya samrasi 24,02 va 6,93%,  gipsli cho‘lda gul uzunligi, mustahkamligi, jun tolalarining ipaksimonligi va yaltiroqligi bo‘yicha seleksiya samarasi 19,02, 25,87, 12,38 va 8,32%, adirda gullarning kengligi, mustahkamligi, joylashish rasmi, jun-tola uzunligi, ipaksimonligi, yaltiroqligi va teri qalinligi bo‘yicha seleksiya samrasi 7,09, 15,4, 12,87, 4,32, 4,98, 7,01 va 6,85% ni tashkil etganligi aniqlangan;
qumli va gipsli cho‘l hamda adir sharoitida qorako‘l qo‘ylarini urchitishda seleksion usullarni qo‘llash asosida olinadigan teri mahsulotining sifatini optimallashtirish yoʻllari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli hududlarda qorako‘l qo‘ylarini samarali urchitishning ilmiy va seleksion usullarini takomillashtirish yoʻnalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
gipsli cho‘l sharoitida gul uzunligi, mustahkamligi va jun tola sifati bo‘yicha maqsadli juftlash usuli Samarqand viloyati Nurobod tumani «Saxoba ota qorako‘l nasl» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-686-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini sotish bahosi 26,0 ming so‘mga ortib, rentabellik darajasi 44,83 foizni tashkil etgan; 
qumli cho‘l sharoitida tirik vazn, jun tolalari zichligi va teri sathi bo‘yicha maqsadli juftlash usuli Buxoro viloyati Peshku tumani «Jongeldi» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-686-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini sotish bahosi 19,0 ming so‘mga ortib, rentabellik darajasi 34,55 foizni tashkil etgan; 
qumli cho‘l sharoitida tirik vazn, jun tolalari zichligi va teri sathi bo‘yicha maqsadli juftlash usuli Buxoro viloyati Jondor tumani «Amir Temur» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-686-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini sotish bahosi 20,5 ming so‘mga ortib, rentabellik darajasi 37,27 foizni tashkil etgan; 
adir sharoitida gul o‘lchami, mustahkamligi, rasmi, jun tola uzunligi, sifati va teri qalinligi bo‘yicha maqsadli juftlash usuli Navoiy viloyati Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-686-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini sotish bahosi 38,0 ming so‘mga ortib, rentabellik darajasi 64,41 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish