Sulaymanova Nafisa Abdimuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Karpsimon baliqlar lerneozining tarqalishi, davolash va oldini olish tadbirlari”, 03.00.06 - Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V148
Ilmiy rahbar: Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Aktam Gafurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Kurbanov Feruz Enatillaevich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi sun’iy suv havzalarida boqilayotgan karpsimon turdagi baliqlarda lerneoz kasalligini tarqalish darajasini va mavsumiy dinamikasini aniqlash, ularga qarshi yangi preparatlarni sinovdan o‘tkazish hamda davolash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi sun’iy suv havzalarida boqilayotgan karpsimon baliqlarda lerneoz kasalligi bilan umumiy zararlanish 32,1% ekanligi aniqlangan;
karpsimon baliqlarda lerneoz bilan zararlanishning yil mavsumlari bo‘yicha dinamikasi tahlil qilinganida, yozda – 42,7%, qishda – 3,9 %, bahorda – 16,3 % va kuz faslida esa 20,1% ekanligi aniqlangan;
yangi antiparazitar “Emikon” va antibakterial “Antibak 100” preparatlari birga kompleks ravishda baliqlarni lerneoz kasalligiga qarshi qo‘llanilganda 100% terapevtik samara berishi aniqlangan;
baliqlarning lerneoziga qarshi samarali davolash va profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan, natijada 1 so‘m xarajat evaziga 8,17 so‘m iqtisodiy samara olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baliqlar lerneozini tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
“Baliqlar lerneozini tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari” (2025) bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda Samarqand viloyatini Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘om tumanlari hamda Toshkent viloyatidagi Baliqchilik ilmiy markazi tajriba xo‘jaliklariga va Qibray tumanidagi “Microcrop” baliqchilik xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-noyabrdagi 02/23-817-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlar lerneozini tarqatuvchi asosiy etiologik sabablarni aniqlashga va ularga tezkor tashxis qo‘yilishiga erishilgan;
Respublikamizning Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida lerneoz bilan zararlangan baliqlarni davolash maqsadida «Krustatsid» preparati 0,3 gr/kg miqdorda 14 kun davomida suspenziya shaklida qo‘llash joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-noyabrdagi 02/23-817-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlar lerneozini davolashda 90,8% ekstensamaradorlikga erishilgan;
tadqiqotlar davomida baliqlar lerneoziga qarshi «Emikon» antiparazitar (0,15gr/kg) preparati 5 kun va «Antibak 100» antibakterial preparatlarini (0,1gr/kg) 5 kun jami 10 kun davomida kuniga 1 mahal baliqlar ozuqasiga qo‘shib oziqlantirish kabi kompleks davolash sxemasi ishlab chiqilgan va Samarqand hamda Toshkent viloyatlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan lerneoz bilan zararlangan baliqlarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining (2025-yil 7-noyabrdagi 02/23-817-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqlar lerneoziga qarshi yuqori (100%) terapevtik samaradorlikka va har bir so‘m qilingan xarajatga 8,17 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.