Soatov Oybek Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er tuzish ishlarini takomillashtirish”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1729
Ilmiy maslahatchi: Avezbaev Sa’dulla, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Babajanov Allabergan Ruzimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Saidova Munisa Ergashevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er tuzish ishlarini tashkil etish mexanizmlari va mezonlarini takomillashtirish orqali erlardan samarali foydalanishga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitlarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan oqilona foydalanishni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy va nazariy asoslarini takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan foydalanish holati va istiqbollari baholangan hamda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi holatini tahlil qilish, agrar tarmoqni obektiv rivojlantirishga imkon beradigan asosiy yo‘nalishlari asoslangan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er tuzish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlarini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi erlari bozorini shakllantirish mexanizmlari ochib berilgan va bozor qiymatini aniqlash usuli taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va mahsulot etishtirish (ishlab chiqarish) bo‘yicha ixtisosligini o‘zgartirish mezonlari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan foydalanishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er tuzish ishlarini tashkil etish mexanizmlari va mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan foydalanishdagi erlarni er fondining boshqa toifasiga o‘tkazmaslik hamda unga nisbatan er solig‘ini miqdori qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar sifatida hisoblash tartibi ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 594-son qarorini ishlab chiqishda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni xususiylashtirmaslik hamda unga nisbatan er solig‘ini miqdorini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar sifatida hisoblash orqali ushbu erlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarini qayta ijaraga berish mexanizmi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabridagi PF-172-son Farmonini ishlab chiqishda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarining bir qismini er uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berish orqali qishloq xo‘jaligi erlari bozorini shakllantirish va uni bozor aktiviga aylantirishga imkon bergan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan erlarda infratuzilma obektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xo‘jalik er tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti Vazirlar Mahkamasining norma ijodkorligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti 2025-yil 15-avgustdagi 11-sonli dalolatnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obektlarni ichki xo‘jalik er tuzish loyihasiga muvofiq joylashtirish (qurish) orqali fermer xo‘jaliklari erlaridan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 614-son qarori bilan tasdiqlangan Er uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obektlarining yagona klassifikatorining qishloq xo‘jaligiga oid qismlarini yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining norma ijodkorligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti 2025-yil 15-avgustdagi 11-sonli dalolatnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish (ishlab chiqarishi)ning ixtisosligiga muvofiqlashtirilgan;
Toshkent viloyatida “paxtachilik-g‘allachilikka” ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari er maydonining foydalanish turini “uzumchilikka” o‘zgartirishga qaratilgan er tuzish loyihasi ishlab chiqilgan va viloyatning Piskent tumani A.Do‘stbekov nomli hududida faoliyat yuritib kelayotgan 16 ta fermer xo‘jaliklarining 420,2 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er tuzish loyihasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 180 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgan, suv sarfi 2 barobar kamaygan, daromad esa 10 barobar oshgan hamda loyihani amalga oshirish uchun sarflangan kapital quyilmalar 4-yilda qoplanishi prognoz qilingan.